Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

 
8.2. Qarz mablag
ʻ
lari hisobiga moliyalashtirish 
shakllari va ularning tasniflanishi 
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning asosiy shakllari 
bank krediti 
(bank loan)
, obligatsiyalar (
bond
), ijara yoki lizing 
(
leasing
) hisoblanadi.
Bank krediti. 
Kredit 
(lotinchadan 
credo
– ishonaman) korxonalarda qarz 
mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning eng keng tarqalgan va 
koʻpchilikka ma’lum boʻlgan shakli hisoblanadi. 
Kreditorlar tomonidan qarz oluvchilardan talab qilinadigan 
shartlarga javob beruvchi va qarz munosabatlari asosida pul 
mablagʻlarini olishga talabgor yuridik va jismoniy shaxslar 
kreditlash 
subyektlari 
hisoblanadi.

Yuridik shaxslar uchun kredit olish imkoniyati quyidagi omillarga 
bogʻliq: 
- makroiqtisodiy holat; 
- biznes yuritishning tashkiliy-huquqiy shakli; 



113 - 
- tarmoq xususiyatlari va faoliyat turi; 
- korxonaning moliyaviy holati va kreditni qaytarib toʻlay olishga 
qodirligi. 
Qarz oluvchining mablagʻ talab qilayotgan maqsadlari kreditlash 
obyektlari hisoblanadi. Odatda, korxona tomonidan kredit olish 
jarayonida quyidagi maqsadlar kuzatiladi: 
- aylanma kapitalni moliyalashtirish (joriy faoliyat uchun); 
- investitsion loyihalarni moliyalashtirish (kapital qoʻyilmalar 
uchun); 
- oldin jalb qilingan qarz mablagʻlarini qayta moliyalashtirish; 
- birlashish va ajralib chiqish boʻyicha bitimlarni moliyalashtirish 
va boshqalar. 
Aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kreditlar
qisqa muddatli 
hisoblanadi va odatda ularni olish xalqaro amaliyotda ikki haftagacha 
boʻlgan muddat talab qiladi. Aksariyat holatlarda banklar tomonidan 
bunday kreditlar taqdim etishda asosiy vosita koʻrinishidagi garov 
ta’minoti talab qilinmaydi. Bunda korxonaning kelgusidagi tushumlari 
yoki likvidli tovar zaxiralari ta’minot vositasi boʻlib xizmat qiladi. 
Lekin tijorat banklari tomonidan tovar zaxiralarini nazorat qilish 
imkoniyati cheklanganligi qoʻshimcha talab qoʻyishga sabab boʻlishi 
mumkin. Qoʻshimcha sifatida keltirish mumkinki, yuqori nufuzga ega 
va moliyaviy holati barqaror boʻlgan korxonalarning aylanma 
mablagʻlarni toʻldirish uchun kedit olishlari bir muncha yengil 
hisoblanadi. Milliy va xalqaro amaliyotda bank mijozi hisoblangan 
yirik korxonalar aylanma kapitalini kreditlar orqali moliyalashtirish 
boʻyicha alohida dasturlar har bir bankda amal qiladi.
Kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish – 
murakkab jarayon 
boʻlib, odatda, katta miqdordagi mablagʻlarni talab qiladi va kreditlash 
muddati bir yildan ortiqni tashkil etadi. Bunda korxonaning moliyaviy 
koʻrsatkichlari, nufuzi, faoliyat koʻlamidan qat’iy nazar tijorat 
banklariga garov ta’minoti taqdim etiladi. Investitsion loyihalarni 
moliyalashtirish uchun bank kreditlaridan foydalanishni alohida 
yoʻnalish sifatida belgilash mumkin. 



114 - 
Ilgari jalb qilingan qarz mablagʻlarini
qayta moliyalashtirish – 
shartlari nisbatan foydali boʻlgan yangi kredit olish va uning 
yordamida oldingi qarz mablagʻini qoplashni anglatadi. Qayta 
moliyalashtirish boʻyicha bunday operatsiyalar bir tomondan foiz 
stavkalardagi farq sabab obyektiv asosga ega hisoblanadi, lekin 
boshqa tomondan, muddat va talab qilinadigan xarajatlar tufayli 
operatsiya samaradorligi past hisoblanadi. 
Qarz mablagʻlaridan foydalangan holda 
birlashish va ajralib 
chiqish boʻyicha bitimlarni moliyalashtirish –
yuqori darajada riskli 
operatsiyalar sifatida tavsiflanadi. Bunday maqsadlar uchun kreditlar 
taqdim etishda tijorat banklari oʻz risklarini pasaytirishni ta’minlash 
uchun yuqori darajada garov ta’minoti va yuqori foiz stavkalarini 
belgilashga intiladi. 
 
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishda kredit va kredit 
liniyasini oʻzaro farqlash lozim. Kreditni taqdim etish natijasida mijoz 
hisobraqamida berilgan kredit summasi toʻliq aks etadi va bu 
summaga nisbatan kredit shartnomasiga muvofiq foiz hisoblanadi. 
Bunda qarz oluvchi bilan kredit shartnomasi imzolanadi. Kredit 
taqdim etish mijozning hisob-kitob yoki valyuta hisobraqamiga kredit 
summasini bir marta yoki koʻrsatilgan hisobraqamga kelishilgan 
grafik boʻyicha aniq sanalarda oʻtkazib berish orqali amalga 
oshiriladi. 
Kredit liniyalarini taqdim etish holatida qarz oluvchi tomonidan 
haqiqatda foydalanilgan qarz mablagʻini oʻzida ifodalab, aynan shu 
qiymat boʻyicha foiz hisoblanadi. Bunda qarz oluvchi foydalanishi 
mumkin boʻlgan doirada kredit resurslari boʻyicha chegara 
belgilanadi.
Moliyaviy amaliyotda kreditlarning turli shakllari qoʻllaniladi. 
Eng keng tarqalgan kredit shakli 
muddatli yoki oddiy kredit
deb 
nomlanadi va bank tomonidan qat’iy belgilangan muddatda aniq foiz 
asosida maqsadli foydalanish uchun taqdim etiladi. 
Overdraft
– ta’minot rasmiylashtiruvisiz mijoz hisobraqami 
boʻyicha mablagʻlarning belgilangan limit koʻrsatkichidan yuqori 
boʻlishini ta’minlashga qaratilgan kredit shaklidir. Bu amaliyot 



115 - 
mijozning kredit tarixi, bankdagi oʻrtacha oylik oboroti barqarorligi va 
boshqa omillarni hisobga olgan holda oddiy ta’minotga ega 
kreditlarga nisbatan yuqori foizda amalga oshiriladi.
Investitsion kredit
– bu faoliyat yuritayotgan korxonalarda 
loyihalar yoki dasturlarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladigan uzoq 
muddatli kredit (kredit liniyasi) shaklidir. Bunda qarz oluvchiga 
nisbatan kredit berish boʻyicha talablar oddiy kreditlar kabi amal 
qiladi. Mazkur amaliyotda tijorat banklari tomonidan amalga oshirish 
uchun mablagʻ soʻralayotgan loyiha (dastur) boʻyicha bines-reja yoki 
texnik-iqtisodiy asosnoma diqqat bilan oʻrganib chiqiladi. 
Sindikatsiyalashgan kredit
bitta qarz oluvchining keng koʻlamli 
xoʻjalik dasturlari yoki yirik investitsion loyihalarni amalga oshirishni 
moliyalashtirish maqsadida kreditorlar tomonidan oʻzaro birlashgan 
holda taqdim etiladigan uzoq muddatli kredit hisoblanadi. Bunday 
kreditlarning asosiy xususiyatlari quyidagilar: 
- umumiy javobgarlik – qarz oluvchi bilan munosabatlarda 
kreditorlar bitta tomon sifatida ishtirok etadi, ya’ni barcha kreditorlar 
qarz oluvchi oldida umumiy javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi; 
- kreditorlarning teng huquqliligi – banklardan birortasi ham 
qarzni undirish boʻyicha alohida ustunlikka egalik qila olmaydi; 
- kreditni qoplash boʻyicha tushgan barcha mablagʻlar taqdim 
etilgan summaga proporsional tartibda ishtirokchilar oʻrtasida teng 
taqsimlanadi; 
- hujjatlashtirishning yagonaligi – barcha shartnomalar koʻp 
tomonlama imzolanadi; 
- bitimning barcha ishtirokchilari uchun axborotning yagonaligi 
amal qiladi. 
Kredit olish shakllari va shartlarining xilma-xilligi korxonalarda 
bu jarayonni boshqarishning aniq siyosatini ishlab chiqish zaruratini 
belgilaydi. Kredit olish jarayonini shartli ravishda toʻrtta bosqichga 
boʻlish mumkin. Har bir bosqich xususida batafsil toʻxtalamiz. 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin