Uchinchi bosqichda
hamkorlik qiladigan bank belgilab
olingandan soʻng kredit olishning tegishli shartlari kelishilgandan
soʻng korxona tomonidan yuridik hujjatlar, moliyaviy hisobotlar,
texnik-iqtisodiy asosnoma yoki biznes-reja va boshqa hujjatlar taqdim
etiladi: talab qilinadigan hujjatlar tarkibi bank talablari va kreditning
aniq parametrlariga bogʻliq hisoblanadi. Mazkur bosqichning
davomiyligiga barcha zaruriy hujjatlarning mavjud emasligi yoki
talabga javob bermasligi sezilarli darajada ta’sir koʻrsatadi.
Yuqorida qayd etib oʻtilganidek bank mutaxassislari tomonidan
koʻp holatlarda taqdim etilgan loyihalarning biznes-rejalari va texnik-
iqtisodiy asosnomalari sifatining pastligini aniqlanishi ham bosqich
davomiyligiga oʻz ta’sirini koʻrsatadi. Shuning uchun ham kredit
maqsadini asoslashga boʻlgan jiddiy yondashuv mos ravishda kredit
olish jarayonining soddalashuviga xizmat qiladi. Bunda qoʻshimcha
ravishda korporativ miqyosda moliyaviy boshqaruv sifatining
yuqoriligi kredit komissiyasining yakuniy qaror qabul qilishida
muhim rol oʻynashini unutmaslik lozim.
Toʻrtinchi bosqichda
zarur
hujjatlar bankka taqdim etilgandan
soʻng qarz oluvchini baholash jarayoni boshlanadi va asosiy e’tibor
kreditga layoqatlilikni aniqlashga yoʻnaltiriladi.
Odatda, banklar qarz oluvchi va kredit arizasi boʻyicha koʻp
tomonlama ekspertiza oʻtkazadi. Bu jarayonda asosiy uchta omillar
guruhi baholanadi: huquqiy, moliyaviy va boshqa ijtimoiy omillar.
Huquqiy omillar tahlili jarayonida yuridik xizmat ta’sis
hujjatlarini, bank bilan shartnoma imzolash vakolatiga ega mansabdor
shaxslar vakolat doiralarini, ta’minot boʻyicha hujjatlarni tekshirib
chiqadi. Agarda kredit investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun,
aniq shartnoma va kelishuvlar boʻyicha hisob-kitoblar uchun
moʻljallangan boʻlsa bank majburiy tartibda bu hujjatlar boʻyicha
yuridik ekspertiza oʻtkazadi.
-
118 -
Moliyaviy baholash biznes-reja ma’lumotlari va korxona
moliyaviy hisobotlari asosida oʻtkaziladi. Har bir bank oʻz uslubi
boʻyicha baholashni amalga oshiradi, lekin aniqlanadigan
koʻrsatkichlar barcha banklar uchun amalda bir xil – likvidlilik,
rentabellik, toʻlovga layoqatlilik koeffitsientlari. Amaliyotda koʻplab
banklar tovar realizatsiyasi boʻyicha tushum, bozorda egallagan ulushi
va boshqa baholash mezonlari asosida korxonaning faoliyat koʻlamiga
ham jiddiy e’tibor qaratadi. Shuningdek, qarz oluvchi korxonaning
asosiy hamkorlari, ta’sischilari, shoʻba korxonalari ham oʻrganib
chiqiladi.
Boshqa ijtimoiy omillarga korxonaning nufuzi, kredit tarixi va
boshqaruv sifati kabilarni kiritish mumkin.
Umuman, mamlakatimiz va xalqaro bank amaliyotida qarz
oluvchining kreditga layoqatliligini baholash mezonlari sifatida
quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
- qarz oluvchi korxona faoliyatining qonuniyligi;
- qarz oluvchi korxonada boshqaruv sifat darajasi;
- kredit amal qilish muddatidagi shart-sharoitlar;
- kreditning ta’minlanganligi;
- korxonaning xususiy kapitali holati va moliyalashtirilayotgan
operatsiyaga oʻz kapitalini yoʻnaltirish darajasi;
- kredit olgach moliyaviy-xoʻjalik faoliyati davomida qarzni uzish
uchun pul oqimi harakatining tashkil etilish sifati.
Barcha banklarda kredit taqdim etish jarayoni deyarli bir xil.
Bank xizmatchilari taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va oʻz
xulosalarini beradi. Agar xulosalar ijobiy boʻlsa, kredit taqdim etish
toʻgʻrisidagi masala bank kredit qoʻmitasiga koʻrib chiqish uchun
taqdim etiladi. Kredit qoʻmitasi tasdiqlagach, korxona bilan kredit
shartnomasi tuziladi. Shu oʻrinda ta’kidlash kerakki, mahalliy
korxonalarda loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit resurslariga
boʻlgan talab juda yuqori.
-
119 -
Dostları ilə paylaş: |