-
107 -
kirib kelishi kutilayotgan bo‘lsa, u o‘z dividend to‘lovlarini
ko‘paytiradi. Uzoq muddatli loyihalardagi
sarmoyalar tufayli yuzaga
keluvchi yetishmovchiliklarga aksiya yoki uzoq muddatli
shartnomalar kabi uzoq muddatli kapital manbalar orqali mablag‘
ajratiladi.
Qisqa muddatli moliyaviy rejalashtirishda vaqtinchalik va qisqa
muddatli
bo‘lgan
keragidan
ortiqcha
mablag‘
yoki
yetishmovchiliklarga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Kompaniya
qisqa muddatli moliyaviy ehtiyojlarini tahlil qilayotganda odatda
choraklar o‘rtasidagi pul oqimlarini tekshiradi. Bunda savdoning
o‘sishi hisobiga pul oqimlarini to‘g‘ri
boshqarish yoki savdoning
pasayishi natijasida zarur bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘larga e’tibor
qaratiladi. Ayrim korxonalarda ortiqcha pul mablag‘larining yuzaga
kelishi keyingi yil va undan keyin ham uzoq muddat davom etishi
ehtimoldan holi emas. Shunday sharoitda rivojlangan davlatlardagi
korxonalar ortiqcha pul mablag‘larini dividend sifatida to‘lash yoki
xususiy aksiyalarni sotib olish amaliyotlar,
faoliyatni kengaytirish
masalalariga e’tibor qaratadi.
Odatda firmalar uch sababga ko‘ra qisqa muddatli moliyalash-
tirshga ehtiyoj sezadi: mavsumiylik, pul oqimining salbiy zarbasi, pul
oqimining ijobiy zarbasi.
Ko‘plab firmalar uchun savdo mavsum bilan bog‘liqdir. Savdo bir
necha oy davomida jamlansa, manbalar va xarajatlar ham
mavsumiydek tuyuladi. Bunday holatda firmalarning bir necha oylar
davomida olgan ortiqcha mablag‘lari qolgan oylarda yuzaga keluvchi
yetishmovchiliklarni qoplashga ham etadi.
Shunga qaramay, vaqtlar
orasidagi
farq
tufayli
bunday
firmalar
qisqa
muddatli
moliyalashtirishga ehtiyoj sezadi.
Mavsumiy savdoning boshlanishi qisqa muddatli mablag‘lar
oqimlarida jiddiy o‘zgarishlarga olib keladi. Pul mablag‘laridagi
mavsumiylik ikki natijaga olib keladi. Birinchisi, tovarlar narxi savdo
bilan tengma-teng o‘zgarayotgan bir paytda boshqa xarajatlar
(ma’muriy xarajatlar) o‘zgarmaydi va firmaning choraklik sof
-
108 -
foydasida keskin o‘zgarishlarga olib keladi. Ikkinchisi,
sof aylanma
kapital o‘zgarishlari yaqqol namoyon bo‘ladi.
Vaqti vaqti bilan kompaniya kutilmagan sabablarga ko‘ra pul
oqimi manfiyligi hisobiga noqulay holatlarga tushib qoladi. Biz pul
oqimining salbiy zarbasi deb ataluvchi ana shunday holatga e’tibor
qaratamiz. Mavsumiylik kabi, pul oqimining salbiy zarbasi ham qisqa
muddatli mablag‘ ajratishga bo‘lgan ehtiyojlarni yuzaga keltirishi
mumkin. Bunday holatda qisqa muddatli moliyalashtirishga ehtiyoj
tug‘iladi. Shu boisdan qisqa muddatli moliyaviy rejalashtirishda
manfiy pul oqimlarining ortib ketish
holatlari oldindan bashorat
qilingan holda qisqa muddatli kapital jalb qilish imkoniyatlarini
rejalashtirish talab etiladi.
Endi esa biz qisqa muddatli moliyalashtirish ehtiyojlariga pul
oqimining ijobiy zarbasi ta’sir ko‘rsatgan holatni tahlil qilamiz.
Garchi bunday holat yaxshi yangilik bo‘lsa ham, u hali hanuz qisqa
muddatli moliyalashtirishga ehtiyojni yuzaga keltiradi. Firmaning
umumiy savdosi hajmi ortishi ko‘zda tutilayotgan joriy xarajatlarning
ham ortishiga olib keladi. Shuningdek savdoning o‘sishi
talab
qilinadigan aylanma kapitalga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: