Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

O
ʻ
Z MANBALARI 
 
6.1. Korxonalarda o
ʻ
z mablag
ʻ
larini shakllantirishning 
ichki manbalari 
Korxonalarda moliyaviy ta’minot uzluksizligini ta’minlash takror 
ishlab chiqarish jarayonining davomiyligiga xizmat qiladi. Faoliyatni 
moliyaviy ta’minlash oʻz va qarz mablagʻlari hisobiga amalga 
oshirilishi mumkin. Oʻz navbatida, moliyaviy ta’minotning oʻz va 
qarz manbalari ham qator xususiyatlariga koʻra tasniflanadi. 
Jumladan, korxonalarning oʻz manbalari hisobiga moliyalashtirish 
shakllari sifatida ichki va tashqi moliyalashtirish manbalari keltiriladi. 
Oʻz mablagʻlarining ichki manbalari moliyaviy-xoʻjalik faoliyati 
jarayonida shakllantiriladi va har qanday korxonada muhim ahamiyat 
kasb etadi va oʻz-oʻzini moliyalashtirish qobiliyati sifatida baholanadi. 
Shunday ekan, korxona oʻz moliyaviy talablarini toʻliq yoki zaruriy 
darajada qoplay olishi qoʻshimcha kapitalni jalb qilish boʻyicha 
talabning kamayishi va mablagʻlar jalb qilish bilan bogʻliq risklarni 
pasaytirish hisobiga iqtisodiy oʻsish uchun qulay imkoniyatlar va 
sezilarli darajada raqobatdagi ustunlikka ega boʻladi. 
Har qanday tijorat korxonasida moliyalashtirishning asosiy ichki 
manbalari sifatida sof foyda, amortizatsiya ajratmalari, foydalanil-
mayotgan aktivlarni sotish yoki ijaraga berish va boshqalarni keltirish 
mumkin.
Hozirgi sharoitda korxona ixtiyorida qolgan foydasini mustaqil 
taqsimlaydi. Foydadan toʻgʻri foydalanish korxonaning istiqboldagi 
rivojlanish boʻyicha rejalarini amalga oshirish, shuningdek, 
mulkdorlar, investorlar va xodimlar manfaatdorligini ta’minlash 
imkonini beradi. Umumiy holatda foyda qanchalik koʻproq moliyaviy-
xoʻjalik 
faoliyatini 
kengaytirishga 
yoʻnaltirilsa, 
qoʻshimcha 



91 - 
moliyalashtirishga boʻlgan talab shunchalik kamroq boʻladi. 
Taqsimlanmagan foyda miqdori xoʻjalik faoliyati rentabelligi, 
shuningdek, mulkdorlarga toʻlovlar boʻyicha munosabatlarga 
qaratilgan korxona siyosati (dividend siyosati)ga bogʻliq.
Foydani reinvestitsiyalashning afzalliklari sifatida quyidagilarni 
keltirish mumkin: 
- tashqi manbalardan kapital jalb qilish bilan bogʻliq 
xarajatlarning oldi olinishi; 
- mulkdorlar tomonidan korxona faoliyati ustidan nazorat 
qilishning saqlab qolinishi; 
- moliyaviy barqarorlikni oshirish va tashqi manbalardan 
mablagʻlar jalb qilish uchun qulay imkoniyatlar yuzaga kelishi. 
Oʻz navbatida, mazkur manbadan foydalanishning kamchiliklari 
sifatida koʻrsatkichlarning oʻzgaruvchanligi va chegaralanganligini, 
prognozlashning murakkabligini, shuningdek, korxona boshqaruvi 
tomonidan korxona faoliyatiga ta’sir qiluvchi tashqi omillar (bozor 
kon’yunkturasi, iqtisodiy sikl fazasi, talab va narx oʻzgarishi va 
boshqalar) bilan bogʻliq jihatlarni nazorat qilish imkonini bermasligi 
kabilarni keltirish mumkin. 
Amortizatsiya 
ajratmalari 
korxonalarda 
oʻz-oʻzini 
moliyalashtirishning yana bir muhim manbasi sifatida xizmat qiladi. 
Ular asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishini oʻzida aks 
ettirib korxona xarajatlariga kiritiladi, sotilgan mahsulot va xizmatlar 
hisobiga tushgan pul mablagʻlari tarkibida mavjud boʻladi. Ularning 
asosiy vazifasi asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni qayta sotib 
olish uchun imkoniyat yaratishdan tashqari takror ishlab chiqarish 
jarayonini kengaytirish ham hisoblanadi.
Moliyalashtirish manbasi sifatida amortizatsiya ajratmalarining 
afzalligi shundaki, u korxonaning har qanday moliyaviy holatida amal 
qiladi va har doim oʻz ixtiyorida qoladi. 
Investitsiyalarni moliyalashtirish manbasi sifatida amortizatsiya 
miqdori koʻp jihatdan davlat tomonidan oʻrnatilgan tartibga, shuning-
dek, tanlangan hisoblash usuliga bogʻliq. 



92 - 
Amortizatsiya hisoblashning tanlangan usuli korxona hisob siyo-
satida qayd etiladi va asosiy vositadan foydalanish muddati davomida 
qoʻllaniladi. 
Tezlashtirilgan amortizatsiya hisoblash usullarini qoʻllash asosiy 
vositalardan foydalanishning dastlabki yillarida amortizatsiya ajratma-
larini yuqori miqdorda hisoblash va bu oʻz navbatida, qoʻshimcha 
aylanma mablagʻni korxona ixtiyorida qoldirish imkonini beradi.
Ayrim holatlarda foydalanilmayotgan asosiy vositalar va 
nomoddiy aktivlarni sotish yoki ijaraga berish hisobiga ham oʻz 
moliyaviy resurslarini shakllantirish mumkin. Lekin bu amaliyot bir 
martalik xususiyatga ega hisoblanadi va pul mablagʻlarini tizimli 
ravishda jalb qilish imkonini bermaydi.
Korxonaning oʻz-oʻzini moliyalashtirish (
self financing
– 
SF

qobiliyatini baholash uchun va mos davrlar boʻyicha uning miqdorini 
prognozlash quyidagi formuladan foydalangan holda aniqlanishi 
mumkin: 
SF = (EBIT – I) x (1 – T) + DA x T – DIV
Bu yerda: 
EBIT – 
foiz va soliqlar toʻlangunga qadar foyda; 
I – 
qarzlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlar (foiz 
toʻlovlari);
 
T – 
foyda soligʻi stavkasi; 
DA – 
amortizatsiya;
 
DIV – 
mulkdorlarga dividend toʻlovlari. 
Yuqoridagi formuladan koʻrinib turibdiki, korxonaning oʻz-oʻzini 
moliyalashtirish qobiliyatiga moliyaviy-xoʻjalik faoliyati davomida 
amalga oshiriladigan qarz, amortizatsiya va dividend siyosati bevosita 
ta’sir koʻrsatadi. 
Moliyalashtirishning ichki manbalari afzalliklariga qaramasdan, 
ular miqdor jihatdan korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini kengayti-
rishga, investitsion loyihalarni amalga oshirishga, yangi texnologiya-
larni joriy etishga va boshqalarga yetarli emas. Shundan kelib chiqqan 
holda tashqi manbalar hisobiga oʻz moliyaviy resurslarini qoʻshimcha 
shakllantirish zarurati yuzaga keladi. 



93 - 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin