Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə17/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

Nazorat savollar: 
1. Tashkiliy munosabatlarning mohiyati nima?
2. Rasmiy va norasmiy tashkillashtirishning farqi nimadan iborat?
3. Nima uchun tashkiliy munosabatlar ahamiyati kundan kunga oshib bormoqda?
4. Ijtimoiy tashkilotlarni loyihalashtirish printsiplari nimalardan iborat?
5. Zamonaviy tashkiliy munosabatlarda qaysi omillar ko’proq ahamiyat kasb etmoqda?





Adabiyotlar: 
1.В. Н. Iванова “СоцIальный менеджмент”. M.: “ВысShая Shкола” 2010 г.
2. Е.В. Вергес. Meнеджмент (практIческIе навыкI): УчеBное посоBIе – M. 2010.-80с.*
3. Е.М. ВоронIна. Meнеджмент предпрIятIя I органIзацII: УчеBно практIческое посоBе. -
M.: 2010.-256с.*
4. М.В. Самофаловю, M.В. РезнIченкоko. МотIвацIя трудовой деятельностI: УчеBное
посоBIе. Прог.\ M.:MEСI,2010.- 116с*
5. http: // www.cfin.ru - KoрпоратIвный менеджмент
6. http: // www.salesmanagment.ru – УправленIе перодажамI
7. http: // managmenttoday.ru –Meнеджмент сегодня
8.http: // www.hedging.ru- Сайт рIск менеджеров





2-MAVZU:KORXONA BYUDJETI VA SIYOSATI 

Byudjet va strategiyaning o’zaro bog’liqligi.


Quvvatlovchi tizimlar
Tayanch ibоralar: Kompaniya byudjeti, strategiyani quvvatlovchi siyosat, strategiyani
muvaffaqiyatli bajarish, operatsiya byudjet mablag'lari, quvvatlovchi tizimlarni o’rnatish,
Ishonchli axborot, strategik axborotlarni to’plash, aniq axborot, strategiyaning bajarilishini
nazorat qilish.

1. Byudjet va strategiyaning o’zaro bog’liqligi 
Stratеgiyani bajarish mеnеjеr oldiga byudjеt tuzish vazifasini zarur qilib qo`yadi.
Stratеgiyani bajaruvchi kim qancha olishini oldindan ko`ra bilishidan tashqari, byudjеt kiritilgan
har bir so`mdan iloji boricha ko`proq foyda olish maqsadida tuzilishi zarur.
Stratеgiyadagi o`zgarishlar dеyarli har doim byudjеtning qayta taqsimlanishiga olib kеladi.
Stratеgiyaning muvafaqiyatga erishishishda muhim rol o`ynovchi tuzilmalarni yеtarli
darajada moliyalashtirmaslik butun stratеgiyani amalga oshirish jarayoning zarar yеtkazishi
mumkin.
Kompaniyaning mavjud stratеgiyasiga aniqlik va puxtalik bilan kiritilgan o`zgartirishlar
kamdan-kam hollarda odamlar va rеsurslarning bir faoliyat sohasidan boshqasiga o`tishini talab
qiladi.
Strategik rejani o'ziga tegishli qismini bajarish uchun tashkiliy birliklar resurslarga
muhtojdir.
Bu vazifa strategiyani muvaffaqiyatli bajarish uchun yetarlicha malakali insoniy resurslarga
ega bo'lishini talab qiladi. Strategiyani amalga oshiruvchilar o'z ijrochilarining yangi kapital
loyihalarga va katta hajmdagi operatsiya byudjet mablag'lariga talablarini tahlil etishlari hamda
strategiyani tadbiq etishga xizmat qiladigan xarajatlarni amalga oshirishlari lozim.
Strategiyani tadbiq etilishi byudjet bilan bog'liq. Moliyaning yetishmasligi strategiyani
tadbiq etishni sekinlashtiradi.
Haddan tashqari katta hajmda moliyalash esa tashkilotni resurslarini noo'rin sarflanishiga
sabab bo'ladi va uning ko'rsatgichlarini yomonlashtiradi. Strategiyani tadbiq etuvchilar byudjetni
yaratish jarayoniga, dasturlashga va byudjet talablariga jiddiy e'tibor berishlari lozim.



Strategiyani amalga oshiruvchilar strategik tashabusskorlikni va ustun yo'nalishlarni


qo'llab-quvvatlash uchun resurslarni qayta taqsimlashga tayyor bo'lishlari shart. Strategiyani
o'zgarishi odatda resurslarni qayta taqsimlashni taqozo etadi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin