Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


Strategiyani quvvatlovchi siyosat va muolajalar yaratish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə18/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

Strategiyani quvvatlovchi siyosat va muolajalar yaratish. Strategiyadagi o’zgarishlar
odatda ichki jarayonlarni boshqarish usul va uslublarida ba’zi bir o’zgarishlar kiritilishiga olib
keladi.
Quyida ko’rib chiqilgan siyosat va jarayonlar strategiyani bir necha xil usul bilan amalga
oshirishga imkon beradi:
1. Yangi yoki yaqinda tekshirilgan jarayonlar yuqoridan pastga xodimlarni nazorat qiluvchi
bo’linma Menejerlariga, barcha xodimlarga mazkur sharoitlarda ma’lum bir xatti-harakatlarni
qay tarzda amalga oshirish bo’yicha buyruq va ko’rsatmalarni yetkazib berilishini ta’minlaydi.
2. Kompaniya siyosati va jarayonlari xatti-harakatlarni birlashtirish hamda butun tashkilot
bo’yicha amalga oshirish, mustaqil harakatlarni cheklab qo’yish, individiual va guruh
harakatlarini bir yo’nalishga yo’naltirishga ko’maklashadi.
3. Siyosat va standartlashtirilgan jarayonlar ayrim strategik ahamiyatli harakatlarni
geografik jihatdan tarqoq struktura bo’linmalarida bajarish lozimligiga ta’sir ko’rsatishga
ko’maklashadi.
4. Eski siyosat va jarayonlarni yo’qotish va ularning o’rniga yangilarini o’rnatish
kompaniya ishiga, uning ichki ishlab chiqarish muhitiga ta’sir ko’rsatishi sababli strategiyani
amalga oshiruvchi shaxslar siyosatni o’zgartirish jarayonidan korporativ madaniyatni yangi
strategiyaga mos keladigan tarzda o’zgartirishga ta’sir ko’rsatish vositasi sifatida foydalanishi
mumkin.
Demak, strategiyani tadbiq etilishi nuqtai-nazaridan kompaniya menejerlari siyosatni va
ko’nikmalarni yaratishga ijodiy yondoshishlari maqsadga muvofiq.
Strategiyani takomillashtirishning eng yaxshi amaliyotini kiritish. Qadriyatlar zanjirini
yaratishda samarali va mahsuldor ko’rsatkichlarga erishish uchun har bir tashkilot va bo’lim
maxsus vazifalarni tarmoq yoki jahon standartlari darajasida bajarish jarayonini kuzatish
maqsadida asos yaratishlari lozim. Ishni bajarishning eng yaxshi usullarini izlab topish va
qo’llash (eng yaxshi amaliyot) uchun javobgarlikning yuqoriligi strategiyani samarali amalga
oshirishning uzviy bir qismi bo’lib, bu ayniqsa strategik ahamiyatli va yirik pulli operastiyalarga
taalluqli. Bunda ishni eng sifatli bajarish yoki xarajatlarni kamaytirish ishni takomillashtirishga
maqsadli yo’nalgan impulsga aylantirilishi mumkin.
Ishni bajarishning eng yaxshi usullarini aniqlash, o’rganish va amalga oshirish bo’yicha
faoliyat intensiv reinjiniring (ishbilarmonlik jarayonlarini qayta loyihalashtirish), umumiy sifat
menejmenti va doimiy takomillashtirish dasturlarini ishlab chiqishning boshlanishiga turtki



bo’lib xizmat qildi. Direktorlar kengashlari hisobotlarining ko’rsatishicha, 1991 yilda tovar


ishlab chiqarish sohasidagi kompaniyalarning 93% va xizmat ko’rsatish sohasidagi
kompaniyalarning 69% qismi sifatni yaxshilash bo’yicha ba’zi dasturlarning bajarilshini
ta’minlab bo’lgan. Boshqa bir tadqiqotga ko’ra amerikalik rahbarlarning 55% va yaponiyalik
rahbarlarning 70% qismi sifatni yaxshilash bo’yicha axborotlardan kamida oyiga bir marta
ishning yakuniy natijalarini baholash dasturining ajralmas qismi sifatida foydalangan.
Haqiqatdan ham, so’nggi paytlarda sifatni yaxshilash jarayonlari kompaniya ishlab chiqarish
strategiyasining benuqson ishlab chiqarish, mahsulotlar sifatining yuqoirligi, xizmat ko’rsatish
darajasining yuqoriligi va iste’molchilar talabini to’liq qondirishga olib keluvchi muhim bir
qismiga aylanib bormoqda.
Rahbariyatning sifatni yaxshilash dasturlaridan manfaatdorligi kompaniyaning turli faoliyat
sohalarida – korxonalarda tayyor mahsulotlarni yig’ishda, bank operatsiyalari jarayonida,
mahsulotlarni korxona kataloglari bo’yicha navlarga ajratish, tanlash va jo’natish yoki xizmat
ko’rsatuvchi tashkilotlarda xaridorlar bilan hamkorlik qilishda namoyon bo’lmoqda. Bu
masalalarga qiziqish sifatni boshqarish sohasidagi yangiliklardan xabardor, umumiy sifat
menejmenti muaamolari to’g’risida o’qigan yoki sifatni boshqarish dasturlari foyda keltirgan
boshqa kompaniyalar vakillari bilan muloqotda bo’lgan rahbarlarda ham kuzatilmoqda. Odatda
pirovard natijalardan manfaatdor rahbarlar mahsulot sifatini oshirish va xaridorlar talabini
qondirish bilan bog’liq muammolarni hal qilishga harakat qiladilar.
Eng yaxshi amaliyotni aniqlash va undan foydalanish doimiy izlanish bo’lib, yakuniy
natijani anglatmaydi.
Sifatni boshqarish sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va xaridorlarga yuqori darajali xizmat
ko’rsatishga qaratilgan bir paytda katta muvaffaqiyatga erishish uchun shuningdek, barcha
sohalarda: kadrlar bilan ishlash, hisob varaqlari yozib berish, tadqiqotlar va izlanishlar, axborot
tizimlari, buxgalteriya hisobida, ya’ni mijozlar bilan ishlashda bevosita rag’batlantirish
bo’lmagan sohalarda tashkilotchilik ishlarini kengaytirish zarur. Doimiy takomillashtirish
dasturlari va eng yaxshi amaliyotni joriy etish o’z ichiga biznes falsafasi va korporativ
madaniyatini o’zgartirish, korxonani doimiy, to’liq va sifatli takomillashuvga yo’naltirish,
tashkilotning barcha jihatlarini qamrab olishni kiritadi. Umumiy sifat menejmentining maqsadi
tashkilotning barcha bo’linmalarida tashabbuskorlik va ishni to’g’ri bajarish uchun javobgarlikni
rivojlantirish hisoblanadi. Bu esa takomillashuv yo’llarini doimiy izlash, olg’a tomon har kuni
kichik-kichik qadamlar bilan siljishga olib keladi, yaponlarning iborasiga ko’ra kaizen, umumiy
sifat menejmenti –marrasiz poyga.
Boshqaruvning vazifasi odamlarda bajarilayotgan ishlarning sifatini oshirishda ixtirochilik
va tashabbuskorlikdan foydalanish istagini rag’batlantirishdan iborat. Umumiy sifat menejmenti



har bir shaxsning o’z bajargan ishi natijalari uchun javobgarligi va uni doimiy


takomillashtirishda ishtirok etishini nazarda tutadi.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin