Domino
,
s Pizza har bir savdo nuqtasida kompyuter tarmoqlariga ega bo’lib, ular
buyurtmalarni bajarish, inventarlash, xodimlarni hisobga olish, naqd pul harakatlanishini tahlil
qilish va ba’zi nazorat funkstiyalarini bajarishni yengillashtirib, Menejerlarga umumiy
boshqaruv, xaridorlarga xizmat ko’rsatish va biznesni rivojlantirish operastiyalariga ko’proq vaqt
ajratishga imkon yaratadi. Telefon kompanyalari, energetika, kommunal xo’jalik va
teleradiokompaniyalarning katta qismi zarur hollarda bir soniya ichida yuzaga keluvchi
muammolarni hal qilish hamda o’z xizmatlari ishonchliligi va samaradorligini oshirish uchun
doimiy nazorat va monitoring tizimlariga ega.
Mrs. Fields
,
Cookies kompaniyasida bunday tizimlar har 15 daqiqa mobaynida sotuvni
nazorat qilishi hamda yangi mahsulotlarni taklif qilishi, sotuvni rag’batlantirish taktikasi yoki
xaridorlar manfaatlarini oshirish uchun zarur chora-tadbirlarni taklif etishi mumkin.
Yaxshi asoslangan va hayotga oqilona tatbiq etilgan ta’minot tizimlari strategiyani amalga
oshirish mexanizmini yaxshilashdan tashqari, kompaniyaning tashkilotchilik imkoniyatlarini
oshirishi hamda uning raqobatchilarga nisbatan ustunlikka erishishini ta’minlashi mumkin.
Masalan, birinchi darajali sifatga asoslangan differentsiatsiya strategiyasiga ega kompaniya
jo’natilgan barcha tovarlarning sifat standartlariga mos ekanligiga to’liq ishonch hosil qilishlari
uchun xodimlarni ishlab chiqarishning har bir bosqichida sifatni boshqarish masalalari bo’yicha
tayyorlash tizimiga muhtojlik sezadi. Mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga
intiluvchi kompaniyalar uchun xarajatlarni qisqartirishning barcha yo’llaridan foydalanish
imkoniyatini beruvchi tizim bo’lishi zarur. Tez o’sib borayotgan kompaniyalar uchun esa katta
miqdorda malakali mutaxassislarni jalb qilishi mumkin bo’lgan ishchi kuchini yollash tizimi
talab qilinadi.
Mustaqil auditorik faoliyati va boshqaruv maslahatlari bilan bog’liq biznesda ko’p sonli
professional xodimlar barcha texnik nou-xaular bilimiga muhtojlik sezadi. Demak, bu
kompaniyalar xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun doimiy tizimga ega bo’lishi va
ularning zamonaviy ilmiy axborotlar olish imkoniyati bilan ta’minlashi zarur.
Strategik menejment tizimi. Zamonaviy, mohirona loyihalashtirilgan ta’minot tizimlari
korxonaga raqobatchilarda yo’q bo’lgan imkoniyatlarni taqdim etganda raqobatli afzillikning
asosi bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: