Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə27/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

A. Maslou nazariyasi qiziqtirishning eng mashhur nazariyasi hisoblanadi. Bu
nazariyaga asosan, insonlar hamisha qandaydir narsaga ehtiyoj sezadilar.
Ehtiyojlar birlamchi va ikkilamchi, besh darajali bo‘ladi, (3.4- rasm).





1 - даража

2 - даража
3 - даража 
4 - даража 
5 - даража 

3.4 – rasm. A.Maslou nazariyasi bo‘yicha ehtiyojlar piramidasi. 
Ehtiyojlar qondirilmagan bo‘lsa, u insonni faoliyatga undaydi, qondirilgan
ehtiyojlar esa insonlarda qiziqishni so‘ndiradi. Birorta ehtiyoj qondirilgan bo‘lsa,
uning o‘rnini boshqa ehtiyoj egallaydi. Odatda, inson birdaniga bir necha narsaga
ehtiyoj sezadi. Piramidaning pastki qismidagi ehtiyoj birinchi navbatda
qondirilishi talab etiladi. Quyi darajadagi ehtiyojlar qondirilgandan so‘ng, yuqori
darajadagi ehtiyojlar insonga kuchliroq ta'sir ko‘rsata boshlaydi. Yuqori darajadagi
ehtiyojlarni quyi darajadagi ehtiyojlarga qaraganda ko‘proq vositalar orqali
qondirish mumkin.
D. Mak-Klelland nazariyasi insonning uch ehtiyojiga asoslangan:
Maqsadga erishish ehtiyoji. Bu insonning o‘z oldida turgan maqsadga
avvaldagiga qaraganda samaraliroq erishishga intilishini anglatadi.
Sheriklik ehtiyoji insonning atrofdagilar bilan do‘stona munosabatda bo‘lishga
intilishida namoyon bo‘ladi.
Hokimiyatga ehtiyoj insonlarning jamoaga rahbarlik qilish, resurslarni
taqsimlash va hukmronlik qilishning boshqa vositalariga intilishlarida seziladi.
Физиологик эҳтиёжлар
Барқарорлик эҳтиёжи
Ижтимоий гуруҳга мансублик
эҳтиёжи
Ҳизмат ва эътирофга
эришиш эҳтиёжи
Ўзини намоён этиш
эҳтиёжи
Қобилиятини намоён
қилиш, билимларни
кўпайтириш, ваколатни
кенгайтириш.
Касбий малака, ишда
мустақиллик.
Жамият томонидан
эътироф этиш.
Кафолатли иш, барқарор
иш ҳақи, пенсия
таъминоти.
Озиқ-овқат, уй-жой,
рўзғор буюмлари ва
ҳоказолар



Yuqoridagi nazariyaning asosiy mohiyati quyidagichadir:


D. Mak-Klellandning ehtiyojlar nazariyasida ko‘rsatilgan hokimiyatga 
ehtiyoj boshqa insonlarga ta'sir ko‘rsatish xohishi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu
ma'noda boshqaruv hokimiyatidan foydalanish, bunday ehtiyoj sezayotgan
insonlarning o‘z maqsadlarini amalga oshirish imkoniyatlari bilan jalb etadi. Bu
toifa insonlar shijoatli, irodali, qat'iyatli shaxslar bo‘lib, ular o‘z nuqtai-nazarlarini
qattiq turib himoya qiladilar, o‘zgacha fikrlarga qarshilik ko‘rsatadilar. Ular ko‘p
hollarda yaxshi notiq bo‘lib, boshqalarni o‘ziga jalb eta oladilar.
Maqsadga erishish ehtiyoji esa ko‘zlangan, rejalangan narsaga erishish
jarayoni orqali qondiriladi. Ya'ni, bunga ehtiyoj sezuvchilar faqat muayyan
lavozimni egallash (bu ko‘p hollarda ro‘y bersa ham) bilan qanoatlanib qola
olmaydilar. Ana shunday shaxslar tavakkalchilikni ehtiyotkorlik bilan
qiladilar. Ular muammoni hal qilish mas'uliyatini o‘z zimmasiga olishdan
cho‘chimaydilar. Ayni vaqtda bu insonlar erishgan natijalari uchun aniq
rag‘batlantirishni xohlaydilar. Ular ishda tashabbuskorlar. Bu shaxslar erishilgan
natijalariga qarab muntazam taqdirlanib turilishlari kerak.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin