Ehtiyoj — insonning hayot kechirishi, shaxs va ijtimoiy guruhni
rivojlantirish uchun ob'ektiv zaruriyatdir. Biologik va ijtimoiy ehtiyoj bir-biridan
farq qiladi.
Biologik ehtiyoj — suv, havo, oziq-ovqatga, hayot kechirish uchun zarur
boshqa narsalar — uy-joy, kiyim-kechak, ro‘zg‘or buyumlari, shuningdek, avlodni
davom ettirishga ehtiyoj.
Ijtimoiy ehtiyoj — millat, ijtimoiy guruhga mansublikka, o‘z shaxsini,
erishgan muvaffaqiyatlarini rivojlantirish, o‘z qobiliyatini namoyon etish,
boshqalar tomonidan o‘sish qobiliyatlari e'tirof etilishiga ehtiyojdir.
Personal ehtiyojlarini qondirish hisobiga mehnatga qiziqtirishda inson, shaxs eng
asosiy masaladir. Zamonaviy menejmentda inson — boshqaruvning bosh
sub'ektidir. Ushbu yondashuvga muvofiq inson korxona uchun emas, balki
korxona inson uchun zarurdir. Personalni boshqarish strategiyasi, tuzilmasi va
jarayoni xuddi ana shu xodimlar shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishga
asoslanadi.