tomondan esa boshqaruv jarayonining harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi tadqiq
qilish ob'ektidir, (3.1- rasm).
Shaxs — individga jamiyat a'zosi sifatida tavsif beruvchi ijtimoiy muhim
xususiyatlarning barqaror tizimidir.
Ayni paytda shaxs bilan birga, insoniyat avlodiga mansub alohida vakil — individ
hamda ushbu individni boshqalardan farqlovchi xususiyatlar yig‘indisi — individuallik
tushunchalari ham mavjuddir.
Qiziqtirish
(motivatsiya) tushunchasi fanda bir necha ma'noga ega.
Boshqaruv nazariyasida bu o‘zini va boshqalarni korxona maqsadiga erishishga
qaratilgan muayyan faoliyatga qiziqtirish jarayonidir.
Psixologik nuqtai-nazardan esa, qiziqish xodim sub'ektiv faoliyati jarayoni,
deb tushuniladi.
Qiziqtirishning boshqaruvdagi hamda shaxsiy-psixologik mazmuni o‘zaro
bog‘liqligi personalni boshqarishda texnika tizimlarini boshqarishdan farqli
o‘laroq, boshqaruv ob'ekti va sub'ekti maqsadlarining muvofiqlashtirilishi bilan belgilanadi.
Bunday muvofiqlashtirish turlicha tarzda amalga oshirilishi mumkin. Lekin, bu
jarayonda albatta ikki tomon — ob'ekt ham, sub'ekt ham ishtirok etadi. Buning
natijasida esa, boshqaruv ob'ektining muayyan mehnat faoliyati, pirovard natijada
bu faoliyatning muayyan natijasi bo‘ladi.
Qiziqtirish jarayoni negizida qiziqishning moddiy, ijtimoiy-psixologik, ma'naviy,
ijodiy va boshqa omillari yotadi. 10.2-rasmda menejerlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda
samarali mehnat qilishga nima qiziqtirishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar keltirilgan.
Qiziqtirish nazariyalarini ikki guruhga ajratish mumkin:
—
mohiyat bo‘yicha qiziqtirish nazariyasi;
—
jarayon bo‘yicha qiziqtirish nazariyasi.
Dostları ilə paylaş: