Intizomiy uslublar noto‘g‘ri xatti-harakatlar uchun hayfsan e'lon qilish,
ogohlantirish, imtiyozlardan maxrum etish, ishdan bo‘shatish va boshqa choralar
ko‘rishidan iboratdir. Ular barcha muammolarni hal etish vazifasini o‘tay olmaydi.
Jazolangan inson aksariyat hollarda yaxshiroq ishlashga emas, balki kelajakda
jazolanmaslikka harakat qiladi.
Intizomiy uslublar xodimlar xatti-harakatini tartibga solish uchun ularni tanqid etishni ham
nazarda tutadi. Ammo, hyech vaqt tanqid xodim shaxsiyatiga tegib ketmasligi kerak.
1. Rahbar mehnat intizomiga rioya qilinishini nazorat qilib borishi kerak. Bu
nazorat har bir xodimning mas'uliyat hissi va o‘z-o‘zini nazorat qilishini hisobga
olgan holda amalga oshirilishi zarur.
2. Ortiqcha jazolamaslik kerak. Ba'zan jazoning jiddiyligi rag‘batlantirish
darajasidan bir necha barobar ko‘p bo‘ladi. Holbuki, bir martaxatoga yo‘l qo‘ygan inson
o‘z qobiliyatiga ishonchni yo‘qotib qo‘yishi mumkin.
3. Foydali tanqidni ham ehtiyotkorlik bilan, kam me'yorda ishlatgan ma'qul.
Tanqid qilayotganda rahbar vazmin va muloyim bo‘lishi kerak.
4. Rahbar xodimlarni ular ustidan tushgan shikoyatlar to‘g‘risida xabardor qilishi
lozim. Bu to‘g‘ri qarorni birgalikda topishga ko‘maklashadi.
Maqsadli uslub. Xodimning xatti-harakati u oldiga qo‘ygan maqsadlar orqali
belgilanadi. Zero, u belgilangan maqsadlarga erishish uchun muayyan xatti-
harakatlar qiladi. Bugungi kunda, menejerlar ma'naviy rag‘batlantirish uslublaridan
foydalanib, katta samaradorlikka erisha oladilar. Ular, shuningdek, maqsadli
uslubning tashkiliy jarayondagi va insonlar ijodiy faolligini oshirishdagi rolini
yaxshi biladilar. Maqsadlar diqqat-e'tiborni muayyan jihatlarga yo‘naltirilishiga,
natijalarni taqqoslash uchun me'yorlar bo‘lishiga, tashkiliy tizimlar tarkibiy tartibiga
ta'sir ko‘rsatishiga xizmat qiladi. Ular ham personalning, ham korxonaning o‘ziga xos
xususiyatlarini aks ettiradi.
Qiyin maqsadlar yengillariga qaraganda ko‘proq qiziqtirish kuchiga ega
bo‘ladi. Ayni paytda qiyin maqsad inson tomonidan qabul qilingan taqdirdagina
samaradorlik ortishiga yordam beradi. Inson oldiga qo‘ygan maqsadga erisha olishiga
ishonishi kerak.
Maqsadli uslub tamoyillari quyidagicha:
1. Maqsad va unga erishish vositalari oqilona bo‘lishi darkor.
2. Maqsad aniq, ravshan va tushunarli bo‘lishi lozim.
3. Maqsad
iloji
boricha
xodimning
shaxsiy
manfaatlariga
mos
tushishi kerak.
4. Maqsad o‘lchana va baholana olishi darkor.
5. Natijalar aniq bo‘lishi kerak.
6. Maqsad aniq muddatga mo‘ljallanishi lozim.
7. Maqsad
qiziqtirish
kuchiga
ega
bo‘lishi
va
unga
erishish
mumkin bo‘lishi zarur.
8. Maqsad doimiy nazorat ostida bo‘lishi lozim.
9. Xodim
o‘z
korxonasining
maqsadlari
va
joriy
vazifalarini,
shuningdek, ularni bajarish uchun qo‘shadigan o‘z hissasi ahamiyatini
hamisha bilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: