Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


Mukofotlarni ish natijalariga bog’lashning zarurligi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə35/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

4.Mukofotlarni ish natijalariga bog’lashning zarurligi 
Rag’batlantirishdan foydalanish – bu strategik rejani bajarish uchun mehnat
jamoasini safarbar etishda qo’llaniladigan kuchli vosita hisoblanadi. Ushbu
vositadan unumli foydalana olmaslik strategik rejani tadbiq etish jarayonini xavf
ostida qoldiradi. Ish haqini oshirish, mukofotlash, yuqori xizmat lavozimiga
ko’tarish, tayanch lavozimlarga belgilash, taqdimlash va xizmatlarning e’tirof
etilishi to’g’risidagi qarorlar – bu strategiyani yurituvchining ta’sir vositalari
hisoblanadi.
Mukofotlash tizimining qanday tashkil etilganligiga qarab, rahbariyat qanaqa
xulq-atvorni va natijalarni istashini bilish mumkin. Menejerlarni ustama va
mukofotlarni qanday taqsimlashiga qarab, kim hammadan yaxshi ishlayotganligini



bilish mumkin. Bularni tashkilot xodimlari sinchkovlik bilan kuzatadilar. Shu


sababli strategiyani amalga oshirishda mukofotlash tizimsi muhim o’rin to’tadi.
Odatda menejerning chora-tadbirlari salbiy elementlarga nisbatan ijobiy
elementlarni o’zida ko’proq mujassam etadi, chunki insonlar boshliqning
buyruqlariga nisbatan ijobiy rag’batlantirishga xayrihohlik bilan qaraydilar. Lekin
rag’batlantirishning hajmi va sifati vazifani murakkabligiga bog’liq. Rahbariyat
motivlash usullarni samaradorligini oshirish uchun ham moddiy, ham ma’naviy
rag’batlantirishlardan foydalanadi. Menejer ijrochilarning ehtiyojlarini qanchalik
yaxshi bilsa, rag’batlantirish shunchalik ta’sirli bo’ladi. Ushbu hol kompaniya
strategiyasini amalga oshirishga shunchalik ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Rag’batlantirish va mukofotlash tizimidan foydalanish menedjerning
xodimlarning strategik rejani bajarishdan manfaatdorligini oshirishdagi asosiy
quroli hisoblanadi. Ish haqini oshirish, mukofotlar to’lash, xizmat bo’yicha
ko’tarilish, asosiy lavozimlarga tayinlanish, ma’naviy rag’batlantirish usullari
(maqtov va hamma tomonidan tan olinish) to’g’risidagi qarorlar menejer
siyosatining asosiy vositalari hisoblanadi. Rag’batlantirish xodimlarni strategik
vazifalar rejasida aks ettirilgan natijalarga erishi uchun zarur barcha narsani o’zi
amalga oshirishga undaydi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin