Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə38/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

4.1. Korporativ madaniyat manbalari. 
Kompaniyaning korporativ madaniyati tashkilotdagi qadriyatlar, maslaklar,
an’analar, tashkilotdagi ichki muhit va ish stiliga bog’liq bo’ladi.
Korporativ madaniyatning asosi kompaniyaning falsafasi va maslaklari bo’lib,
ishni qanday yuritish lozimligini va nima uchun boshqacha emas, balki aynan
shunday yuritish lozimligi sabablarini ko’rsatish hisoblanadi.
Korporativ madaniyat asosida yotuvchi kompaniya maslaklari va ish amaliyoti
turli xil manbalar asosida shakllanishi mumkin. ular ayrim shaxslar, ishchi
guruhlar, kompaniyaning turli xil bo’limlari yoki bo’linmalari bo’lishi mumkin.



Korporativ madaniyat tamoyillari xulq-atvori va maqsadlari kompaniya stiliga


mos keluvchi yangi jamoa a’zolarini to’plash, yangi xodimlarni korxonaning
asosiy tamoyillari bilan tizimti tanishitirish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Korporativ madaniyat kompaniyadagi o’zaro munosabatlarning bir marta
belgilab qo’yiladigan, doimiy shakli emas. Iqtisodiyotda ro’y berayotgan
o’zgarishlar va inqirozlar ko’p hollarda yangi ish yuritish usullari va yangicha
xulq-atvor standartlarni izlab topishga majbur qiladi.
Kompaniya yetakchilari va rahbariyatini almashtirish ham korxona
madaniyatining paydo bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin. Korporativ madaniyat
konsepsiyasidagi o’zgarishlar ko’p hollarda kompaniyaning yangi biznes sohasiga
kirib borishi, yangi bozorlarni egallashi va uning tez suratlarda o’sishi va xodimlar
sonining o’sishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin.


4.2. Korporativ madaniyat kuchi. 
Menejerlarning ko’pchiligi o’z tajribalaridan kelib chiqqan yoki matbuotda
keltirilgan misollarga asoslangan holda korporativ madaniyat korporativ
strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishga ta’sir ko’rsatuvchi muhim omil
bo’lishi mumkin deb hisoblaydilar. IBM kompanyaisining ijrochi direktori
lavozimida otasiga nisbatan ko’proq muvaffaqiyat qozongan kichik Tomas Uotson
1962 yilda Kaliforniya universitetida so’zlagan nutqida korporativ strategiya va
korporativ madaniyat o’rtasidagi aloqa birinchi qaragandagiga nisbatan juda kuchli
ekanligini ta’kidlagan.
Korxona strategiyasida belgilab qo’yilgan maqsad va maslaklar hamda
amaliyot ichki korxona madaniyatining asosiy tamoyillariga mos kelishi yoki ular
bilan keskin farqlanishi mumkin. Odatda ikkinchi holatda belgilangan strategiyaga
amal qilish qiyin kechadi, xizmatchilarni o’z salohiyatidan to’liq foydalanishga
undovchi kompaniya strategiyasi va madaniyati o’rtasida kuchli aloqa esa mazkur
strategiyani amalga oshirish samaradorligini ancha oshirishi mumkin.



Uzoq muddatli rejalar va kompaniya madaniyati o’rtasida mutanosiblik


mavjud bo’lgan hollarda kompaniya yaxshi natijalarga erishishi mumkin.
Kuchli korporativ madaniyat va uning korxona strategieyasi bilan aloqasi
xodimlar ishini yaxshilash maqsadida ularni boshqarishning kuchli vositasi
hisoblanadi.
Agar korxona madaniyati strategik muvaffaqiyatga erishish uchun zarur
bo’lgan faoliyat tamoyillariga zid keladigan bo’lsa, unga o’zgartirishlar kiritish va
buni juda tez amalga oshirish kerak, chunki korxona madaniyati va strategiyasi
o’rtasidagi uzoq muddatli va chuqur ziddiyatlar menejerlarning tanlangan
strategiyani amalga oshirish bo’yicha hatti-harakatlarini susaytirishi va hattoki
yo’qqa chiqarishi mumkin.
Korporativ strategiya va madaniya o’rtasida kuchli aloqaga xodimlarni
boshqarishning amaliy usuli yordamida amalga oshirshi mumkin bo’lib, u
kompaniya strategiyasiga mos ravishda samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Bunga ikki xil yo’l bilan erishish mumkin:
1) Madaniyatning to’liq mos kelishini hisobga olgan holda yaratilgan ish
sharoitlarini kompaniya ichida xodimlar vazifalarini qanday tushunishi va
bajarishini belgilab beruvchi o’zaro munosabatlar qoidalari ta’milaydi. Korporativ
madaniyat yuqori darajada tashkil etilgan kompaniyalar xodimlari ularning nimani
qanday bajarshini aniqlash uchun vaqtni behuda sarflashlariga hojat qoldirmaydi –
korporativ madaniyat har bir xodimning odatlari va xulq-atvorini aniq belgilab
beruvchi ichki qoida va ko’rsatmalarga ega. Korporativ madaniyat yaxshi
rivojlanmagan tashkilotlarda strategiya va madaniyat o’rtasida aloqa bo’lmagan
hollarda aniq ko’rsatmalarning yo’qligi va noaniqlik muhiti xodimning ishonchi
komil emasligiga va uning xatti-harakatlarining bekor ketishiga olib keladi.
2) Yuqori darajada tashkil etilgan madaniyat strategiyani qo’llab-quvvatlaydi
hamda ishni turmush tarziga aylantiradi, xodimlarni tarbiyalaydi va motivlashtirali;
u o’z tuzilmasi, normalari va qadriyatlar tizimiga ega bo’lib, xodimlarning
korporastiya ideallariga moyilligini ta’minlaydi. Natijada xodimlar nimani qilish



va nimani qilmaslik kerakligini yaxshi tushunadilar hamda korxonaning yuqori


natijalar va katta muvaffaqiyatlarga erishishi uchun katta kuch sarflaydilar.
Quyida keltirilganlar ham korxona strategiyasini amalga oshirishda rahbariyat
uchun muhim vazifa hisoblanadi: strategik rejani qo’llash va hayotga tatbiq etish
uchun korporativ madaniyat korporastiyaning strategik liniyasiga hamnafas
bo’lishi lozim. Korporativ strategiya bilan strategik yo’nalishning eng yuqori
samaradorlik ko’rsatkichlarini ta’minlovchi darajada faoliyat ko’rsatuvchi ishchi
muhit eng optimal sharoit hisoblanadi. Bir jurnalistning to’g’ri qayd etganidek:
“Yaponiya korporastiyalariga amerikaning avtomobil bozorini egallab olishga
faqat amalga oshirilayotgan strategiyaning o’zigina yordam bergani yo’q. Aynan
yuzaga kelgan madaniyat ishchilari avtomobillarni yig’ish, site’molchi uchun
ko’proq mos keluvchi konstrukstiya materiallarini ishlab chiqishga ilhomlantiradi.
Korporativ madaniya tufayli Toyota ishchilarning ko’plab ratsionalizatorlik
takliflaridan foydalanishga erishdi. Ikki yil ichida takliflar soni 10 mingtadan
milliontagacha o’sdi va kompaniyaga 250 mln dollar hajmida foyda keltiradi”.
1

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin