*
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotning
sifati
va
uning
raqobatbardoshligi;
*
ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo’lgan
ichki va tashqi talabni
qondirish uchun mas’uldir. Vazirlikka O’zbekiston Prezidenti tomonidan
tayinlanadigan vazir boshchilik qiladi. Vazirlik
zimmasiga yuklatilgan
majburiyatlarning bajarilishi hamda vazirlik tizmidagi korxonalar,
tashkilotlar va muassasalar faoliyati uchun vazir tqliq javobgardir.
Vazirlikda vazir (rais), uning o’rinbosarlari va
vazirlikning boshqa rahbar
xodimlaridan iborat
kollegiya tuziladi. Kollegiya o’z majlislarida tarmoqni
rivojlantirishga, korxonalarga amaliy rahbarlik qilishga
doir asosiy masalalrni
ko’rib chiqadi, quyi organlar rahbarlarining hisobotini tinglaydi. Kollegiya
qarorlari vazir buyrug’i bilan amalga oshiriladi.
Boshqarish amaliyotida tarmoqlararo
xarakterdagi zarurat, ya’ni turli
tarmoqlar uchun umumiy bo’lgan bir qancha maxsus
vazifalarni amalga oshirish
zarurati kelib chiqadi. Tarmoqlararo xarakterga ega bo’lgan maxsus masalalar
bo’yicha bunday koordinatsion rahbarlikni maxsus kompetentsiyaga ega bo’lgan
organlar, ya’ni Davlat qqmitalari amalga oshiradi.
Davlat qqmitalari - bu vazirlik va idoralarning
faoliyatini tartibga solish,
nazorat qilish va muvofiqlashtirish yo’li bilan sotsial-iqtisodiy rivojlanishga
rahbarlik qilishga mo’ljallangan markaziy tarmoq boshqaruv organlaridir.
Qqmitaga O’zbekiston Prezidenti tomonidan tayinlanadigan rais boshchilik qiladi.
Bugungi kunda Respublikamizda 18 ta vazirlik va 13
ta Davlat qqmitalari
mavjud. (1-ilovaga qarang).
Dostları ilə paylaş: