Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


 Boshqarishning umumdavlat mahalliy va tarmoq organlari



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə57/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

6. Boshqarishning umumdavlat mahalliy va tarmoq organlari 
Organ-bu biror boshqaruv tizimi tarkibiga kiruvchi muassasa, tashkilotdir.
Boshqarish organi esa ijtimoiy mehnat taqsimoti, xususan boshqaruv mehnati
taqsimoti natijasida vujudga kelgan boshqaruv apparatidir.
Boshqarish apparatini tuzish jarayoni boshqarishning qabul qilingan
strukturasi doirasida uning funktsiyalarini amaldagi qoidalariga binoan taqsimlash
va vazifalarini aniqlashdan boshlanadi. So’ngra harbir funktsiyalar:



• guruhi;


• ularning hajmi;
darajasi va bosqichi;
• ixtisoslashtirilishi;
• markazlshtirilishi va kooperatsiyalashtirilishi tahlil qilinadi.
Ana shulardan keyin aniq ishlar yo’nalishi aniqlanadi, yangi organ tuzish
yoki mavjud bo’linmadan mustaqil organ ajratish, yoxud mavjud organlarga
qo’shimcha funktsiyalarni topshirish to’g’risida qaror qabul qilinadi.
Boshqarish organlarini tuzishda quyidagi ikki tamoyilga e’tibor beriladi:
Birinchi tamoyil-bu boshqarish doirasi boshqarish normasi cheklashni,
ya’ni bir rahbarga muayyan va qat’iy cheklangan xodimlar va bo’linmalar sonining
bqysinishi nazarda tutiladi. Bunda hozircha yagona normalar belgilanmagan. Ba’zi
chet el mutaxassislari bqysinuvchi ijrochilar va bo’linmalar soni 5-6 kishidan
oshmasligi kerakligini tavsiya qiladilar.
Bizning iqtisodchilar boshqarish normasi 6-12 kishigacha bo’lishi mumkin
va master darajasida boshqarilish normasi 30 tagacha ishchi miqdorida belgilash
tavsiya etiladi. Amalda esa ularning soni 17 va 20 kishigacha etadi.
Ikkinchi tamoyil-bu boshqarish strukturasidagi ierarxik bosqichlar sonini
cheklashni nazarda tutadi. Bizdagi va chet ellardagi amaliyot shuni tasdiqlaydiki,
rahbar bilan ishchi o’rtasidagi darajalar 4-5 tadan oshmasligi kerak. Aks holda
bosqich va bo’g’inlar sonining ko’payishi natijasida axborotlarning o’tishi
sekinlashadi, boshqarishning tezkorligiga va ishonchligiga putr etadi.
Bqysinuvchi xodimlar va ierarxik bosqichlar sonini cheklashni ko’zda
tutadigan bu ikkala tamoyil bir biriga ziddir. Bqysinuvchilar sonini oshirib,
bosqichlar soini kamaytirish va aksincha qilib boshqarish strukturasini
takomillashtirish mumkin (3.9-javdvalga qarang).
Mamlakatimizning ulkan xududida murakkab xalq xo’jaligini boshqarish
uchun ko’p tarmoqli boshqaruv-organlari tuzilgan. Ular respublika miqyosidagi
oliy vakolatli organlar bo’lib tarkibi quyidagilardan iborat.



Hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’li-


nishi Konstitutsiyamizning 11-moddasi bilan qonunlashtirilgan. Bu organlarning
har biri o’zaro chamabarchas harakat qilishi bilan birga o’z vakolatlari doirasida
mustaqil va erkin faoliyat ko’rsatadilar. Bu esa hokimiyatning bitta organ
ixtiyoriga haddan tashqari mujassam bo’lmasligini ta’minlaydi, ularning xalq va
qonun oldidagi huquqlarini aniq taqsimlab berishga xizmat qiladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqarishning umumdavlat organlari
tarkibiga qonun chiqaruvchi organlar ham kiradi. Qonun chiqaruvchi organ-bu
Oliy Majlisdir.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1994 yil 25 dekabrda saylangan
bo’lib, mamlakatda demokratiya tarao’qiyotining yangi bosqichini o’zida
ifodalaydi.
O’zbekiston Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi organi - bu Vazirlar
Mahkamasidir. Uning tarkibini O’zbekiston Respublikasi Prezi-denti tuzadi va u
Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni bir
vaqtning o’zida Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 98-moddasiga binoan Vazrlar Mahkamasi:
 iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga
rahbarlikni;
 qonunlar Oliy Majlisning boshqa qarorlari;
 O’zbekiston Respblikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va
farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamsi amaldagi qonunlarga muvofiq O’zbekiston Respublikasi
xududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashki-lotlar, mansabdor
shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va
farmoyishlar chiqaradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazrlar Mahkamasi quyidagi strukturaga ega.
Mamlakatni boshqarish tizimida funktsional, tarmoqlararo organlar, ya’ni
Markaziy bank, Davlat soliq qqmitasi, bojxona kabilar butun xalq xo’jaligi
miqyosida aniq boshqaruv funktsiyalarini malaga oshirishga da’vat etilgan.



Konstitutsiyamizning 106-moddasida sud hokimiyati xususida quyidagicha


bayon qilingan:
O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro
etuvchi hokimiyatlardan siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat bir-lashmalaridan
mustaqil holda ish yuritadi.
Sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy
xo’jalik sudlaridan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo’jalik
sudidan, shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi,
tuman, shahar va xo’jalik sudlaridan iborat.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin