Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə54/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org


Á 
 

ø 
ø 
A
1

A
2

Масла?атчилар,


рефе-
рентлар,
юридик
хизмат
булими ва бошкаруви
Маркетинг тадкикоти буйича
маркетологлар
гурухи,
мехнатни мухофаза килиш
хизмати, аудит гурухи ва
бошкарув
3.2-sxema. Boshqarishning chiziqli-shtabli strukturasi.



Shtablarning vazifasi har xil muammolarni o’rganish orqali rahbarlarga


qaror qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning
paydo bo’lishiga asosiy sabab - bu tashkilotlardagi funktsiyalarning
murakkablashuvidir. Bu erda mehnat taqsimoti ikki turdagi maqsad va vazifalar
bilan belgilanadi.
Chiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo’lidagi birlamchi
vazifalarning bajarishiga javobgar bo’lsalar, shtabdagilar esa birlamchi vazifalarga
tob’e bo’lgan ikkilamchi vazifalarni bajarilishga javobgardirlar. Ular maslahat
berish funktsiyasini bajaradilar. Chiziqli raxbarlarning asosiy vazifasi taklif etilgan
ijobiy va salbiy maslahatlar ichidan maqsadga muvofiqligini aniqlash va uni uzil -
kesil qabul qilishdan iborat.
Shtablarning tashkil qilinishi va bunday yordamchilarga ega bo’lgan uchun
korxona faoliyati bir tomondan engillashadi, boshqa tomondan esa olinadigan
maslahatlar qarama - qarshi bo’lganligi sababli murakkablashadi.
Shunday hollarda har ikkala tomon o’zinikini maqullashga, o’z obrqlarini
saqlashga harakat qiladi. Natijada o’rtada nizo chiqadi.
Shtabdagi menejerlar o’zlarini mutaxasis, o’z sohalarining bilimdoni
ekanligini isbotlamoqchi bo’lsalar, chiziqli rahbarlar esa yakka rahbar ekanliklarini
pesh qiladilar. G’arb menejmentidagi ayrim nazariyotchilar bu ikki turdagi
menejerlar korpusini yaxlit tashkilot tarkibidagi qarama - qarshi sotsial guruh deb
atashadi. Bu erda shtabdagilar o’zlarini elita darajasida his etadilar. Yirik
korporatsiyalardagi shtablar ko’p hollarda mazkur korxonaning asosiy markaziy
organlariga aylanib qoladilar va chiziqli organlar faoliyatini murakkablashtirishga
urinadilar. Bunday vaziyatdan qutilish uchun korxonalar boshqarish strukturasiga
o’zgartirishlar kritib shtablar sonini yoki ularning xodimlarini qisqartirishga
erishadilar.
Bu strukturaning afzalligi shundan iboratki chiziqli rahbarlar o’z diqqatlarini
ilmiy - tadqiqiy ishlarga emas, balki asosan korxonaning joriy faoliyatiga
qaratadilar.Kamchiligi esa boshqaruv tizimiga ortiqcha bo’g’inlarning paydo



bo’lishi, natijada boshqarish tezkorligini susayishi, boshqarish xarajatlarining


qsishidadir.
Bu boshqaruv strukturasi rahbarlar va struktura bo’g’inlarini har xil
vazifalarga va aniq bo’linmalarda boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga
qaratilgandir. Bunda har bir boshqaruv bo’g’iniga muayyan funktsiyalar biriktirib
qo’yiladi. Masalan, biri marketingni ikkinchisi ishlab chiqarishni, uchunchisi esa
moliyani boshqarish bilan shug’ullanadi.
Boshqarish apparatini funktsional ixtisoslashtirish uning sama-radorligini
ancha oshiradi. Boshqarishning hamma funktsiyalarni bajarishi lozim bo’lgan
universal rahbarlar o’rniga o’z sohasini puxt biladigan, o’z shtatiga ega bo’lgan,
o’ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxasislar apparati
paydo bo’ladi.
Albatta, funktsional xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari:
• o’z sohasini chuqur va puxta biladigan;
• jarayonlar va hodisalarni tahlil qilish va baholash qobiliyatiga ega
bo’lgan;
• o’z xulosa va tavsiyalarini himoya qila oladigan;
• chiziqli struktura rahbarlarini shu tavsiyalarni amalga oshirish maqsadga
muvofiqligiga ishontira oladigan kishilar bo’lishi kerak.
Funktsional bo’linmalar bevosita barcha quyi struktura bo’linmalarining
(A1, A2, A3, B1, B2, B3) faoliyatini boshqaradi (punktr chiziqlarga e’tibor
bering). Funktsional boshqarish u yoki bu funktsiya kompetentsiyasiga ta’luqli tor
doiradagi masalalar bo’yicha quyi bosqichning organlari va bo’linmalari
faoliyatiga rahbarlikni ta’minlaydi. Masalan, korxonaning reja bo’limi tsexlarning
reja byurolariga rahbrlik qiladi.
Bunda ham funktsional bo’limlar rahbarlarining vertikal bo’yicha ierarxiyasi
va bqysinishi mavjud. Ammo chiziqli strukturadan farqli qlaroq, bunday bqysinishi
ma’muriy emas, bulki sof uslubiy maslahatli bqysinishdir. Masalan, korxona reja
bo’limining boshlig’i tsex reja byurosi boshlig’iga hatto aynan shu vazifaga doir
masala bo’yicha ham buyruq berish huquqiga ega emas. Biror ma’muriy buyruqni



korxona direktori tsex boshlig’iga berish mumkin, tsex boshlig’i esa tsex reja


byurosi boshlig’iga shunday bera oladi.
Funktsional struktura ham o’zining ijobiy sa salbiy tomonlariga ega.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin