• boshqarish funktsiyalari va vazifalari;
• xizmat qilinadigan regionlar va iste’molchilar guruhi;
• ish vaqti rejimi va intervali va boshq.
Struktaraga
ta’sir
qiluvchi omillar
•
tashqi muhit;
• texnologiya;
• korxonaning katta-kichikligi;
•
biznes strategiyasi;
• xodimlar soni;
• qabul qilinadigan qarorlar tizimi;
• shakllangan struktura va boshq.
Struktarani
optimallashtiruvchi
belgilar
• yuqori malakali xodimlarga ega bo’lgan, uncha katta
bo’lmagan bo’limlar va bo’g’inlar;
• ko’p bo’lmagan boshqaruv bo’g’inlari;
• o’zgarishlarga nisbatan sezgirlik va
hozirjavob-lik;
• yuqori darajadagi unumdorlik;
• past darajadagi xarajatlar;
• ish grafigining bevosita iste’mochilarga
moslash-
ganligi va boshqa.
Ko’rib turibmizki, boshqarish maqsadi, funktsiyalari va vazifalari
boshqarish strukturasini aniqlovchi eng dastlabki belgilardan hisoblanadi.
Shu o’rinda shuni ta’kidlash lozimki, ko’pgina hollarda yangi korxona yoki
muassasalarni tuzish paytida avval boshqarish bosqichlari va bo’g’inlarining tarkibi,
boshqarish
apparati shtatlari belgilanadi, so’ngra ular o’rtasida funktsiyalar taqsimlanadi.
Holbuki, bu jarayon aksincha bo’lishi kerak, ya’ni dastlab maqsadga binoan
funktsiyalar soni aniqlanishi, shundan so’ng boshqarish
strukturasini tashkil
etishga kirishish kerak. Masalan, agar funktsiya miqyosi uncha katta bo’lmasa, u
holda mazkur korxonada biron - bir bo’linmani tashkil qilishga yoki qo’shimcha
lavozimni kiritishga hojat bo’lmaydi.
Boshqarishning tashkiliy strukturasi boshqarish oldida turgan vazifalarni
muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradigan qilib tuzilishi kerak. Shu nuo’tai
nazardan bu struktura quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Dostları ilə paylaş: