Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə47/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

5.4. Kompaniya siyosatiga munosabat 
Menejer kompaniya siyosatidan xabardor bo’lmasa va siyosiy manevrlarning
mohiyatini tushunmasa, u strategiyani samarali shakllantirishi va amalga oshirishi
mumkin emas. Siyosat strategiyani shakllantirishda deyarli har doim birinchi
o’ringa chiqib oladi. Noordinar shaxslar va guruhlar koalistiya tuzadi va har bir
guruh o’z g’oya va manfaatlarini himoya qiladi. Siyosat qaysi vazifalar asosiy
bo’lishi va resurslarni taqsimlashda kompaniya biznesining qaysi rivojlanish
yo’nilishlari ustuvor bo’lishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ichki siyosat strategik
vazifalarni chegaralashga xizmat qiladi.
Odatda siyosat strategiyani amalga oshirishda ko’proq ta’sirga ega bo’ladi.
Ichki siyosatga doir bahs-munozaralar tashkilotchilik tuzilmasi (kimning faoliyat
sohasi qayta ko’rib chiqilishi, kim kimga hisob berishi, kimning qanchalik
vakolatga egaligi va hokazo), kadrlar bo’yicha qarorlar (kimlar asosiy lavozimlarni
egallashi va strategik ahamiyatli faoliyatni boshqarishi) va mablag’larni
taqsimlashga (qaysi bo’linma ko’proq moliyalashtiriladi) taalluqli bo’ladi.
Masalan, Djeyms Brayan Kvinn misol tariqasida keltirgan vaziyatga ko’ra doimo
bir-biriga qarshi chiqqan uchta menejer tashkilotni qayta tuzishga qarshi koalistiya
tuzib, ular o’rtasida ziddiyatlarga sabab bo’luvchi muammolarni bartaraf etishga
harakat qilgan.



Kompaniya siyosati strategik liderlarga o’ziga xos chaqiruv bilan murojaat


qilib, ularni strategiya va uni amalga oshirish o’rtasidan mutanosiblikni
ta’minlashga chaqiradi.
Qisqacha qilib aytganda, siyosiy munozaralar hamda individual va guruh
uyushmalarining shakllanishi strategik rejani qo’llab-quvvatlash tizimining
tarkibiy qismi bo’lib, uni kompaniya miqyosda amalga oshirishga xizmat qiladi.
Siyosiy xususiyatlar bu butun strategik jarayoni boshqarishda menejerga xos
bo’lishi lozim bo’lgan zarur sifatlardir.
Strategiya bo’yicha menejer tashkilotning rahbariyati qanday ishlashi,
mansabdor shaxslardan qaysilari katta ta’sirga ega ekanligi, qaysi shaxs va
guruhlar yangi g’oyalarni taklif qilishi va tashabbuskorligi, kim hamma narsaning
avvalgiday qolishini, kim esa asosiy qarorlar uchun kurashda yordam berishni
istash va siyosiy ahvol qaysi yo’nalishda ekanligini tushunishi kerak. Asosiy
qarorlarni qabul qilish payti kelganda strategiya bo’yicha menejer koalistiyalarni
boshqarish va konsensusga erishishga alohida e’tibor qaratishi lozim.
Britaniyaning eng yirik korporastiyalaridan biri boshqaruvi raisining aytganidek:
“Men hech qachon jiddiy qarorlarni o’z hamkasblarim bilan maslahatlashmasdan
qabul qilmaganman. Hattoki buni qanday amalga oshirgan bo’lishimni tasavvur
ham qila olmayman. Birinchidan, ko’p hollarda ular menga yanada to’g’ri qaror
qabul qilishga yordam beradilar. Ikkinchidan, agar ular bu qarorlarga rozi bo’lsalar
ularni qo’llab-quvvatlaydilar. Aks holda ular bunga ochiqdan-ochiq bo’lmasadan,
qarshilik ko’rsatishlari mumkin”.
Srategiya sohasidagi siyosat asosan imkoniyatlarni rag’batlantirish, kuchli
takliflarni qo’llab-quvvatlash va zaif takliflarni yo’qotish, muayyan masalalar
bo’yicha koalistiyalar tuzish va konsensusga erishishdan iborat bo’ladi. To’qqizta
yirik korporastiyalarda yaqinda o’tkazilgan strategik boshqaruv tadqiqotlarining
ko’rsatishicha, muvaffaqiyatga erishayotgan mansabdor shaxslar quyidagi
taktikaga amal qiladilar:
- zaif g’oyalarga minimal yordam ko’rsatish yoki umuman qo’llab-
quvvatlamaslik yo’li bilan ularning halok bo’lishiga yo’l qo’yadi;



- qo’llab-quvvatlanayotgan, biroq nuqtai nazaridan qabul qilinmaydigan


g’oyalarga qo’shimcha tekshiruv va to’siqlar yaratadi, chunki bunday holatda
ularga ochiqdan-ochiq qarshilik ko’rsatmagan ma’qul;
- nuqtai nazaridan qabul qilinmaydigan g’oyalarga sust siyosiy qiziqishni
qo’llab-quvvatlaydi, nuqtai nazaridan qabul qilinmaydigan g’oyalar;
- eng salbiy qarorlar kollegial ravishda qabul qilinishiga yo’l qo’yadi va
o’zining veto huquqini eng kritik vaziyatgacha oxirigacha saqlab turadi;
- strategiyani boshqaradi, biroq o’z hukmini o’tkazmaydi –buyruq va
ko’rsatmalarni kamroq berib, norasmiy so’rovlarga tayanadi, konsensusga
erishguncha muammoning mohiyatini aniqlash va tushunishga harakat qiladi;
- keraksiz yo’nalishdagi xatti-harakatlarning boshlanib ketishiga sababchi
bo’lmaslik uchun ramziy harakatlar va murojjatalrga ehtiyotkorlik bilan
munosbatada bo’ladi;
- tashkilot doirasida barcha boshqaruv vositalari korporativ rahbariyatga borib
taqalishiga ishonch hosil qiladi;
- butun kompaniga qarshi qo’yilgan ayrim xatti-harakatlarni bartaraf etish
uchun ko’pchilk o’zgarishlar bo’yicha qaror qabul qilish jarayonlariga yangi
odamlar va yangi g’oyalarni jalb qiladi;
- oppozistiya o’z maqsadida foydalanishi mumkin bo’lgan hollarda jiddiy
muammolar bo’yicha o’z qarashlarini namoyish etishni cheklab qo’yadilar.
Yangi strategiyani joriy qilish siyosatini amalga oshirish ayniqsa, eski
strategiyaning ommaviyligi katta bo’lgan hollarda juda qiyin kechadi. Eski
strategiyaning kamchiliklari yaqqol ko’zga tashlanib turmasa, unga qarshi barcha
xatti-harakatlar
kutilayotgan
samarani
bermaydi.
bu
eski
strategiyani
shakllantirgan va amalga oshirgan shaxslarga tajovuz sifatida qabul qilinishi
mumkin.
Bundan tashqari, yangi strategiya va rejaning ustunliklari boshqalar uchun
ochiq ko’zga ko’rinmasligi mumkin, shu sababli ular bu yangiliklarning maqsadga
muvofiqligidan shubhalanib qolaveradilar. Muqobil nuqtai nazar foydasiga dalilar



ham bo’lishi mumkin, ularni asoslanmagan holda tanqid qilish xatti-harakatlarni


birlashtirish o’rniga tarqoqlikka sabab bo’lishi mumkin.
Strategiyani har bir ijrochiga etkazish uchun strategiya bo’yicha menejer
yangi strategiyani qo’llab-quvvatlash va unga qarshilik ko’rsatish markazlarini
ilg’ay olishi va ulardan fodalanishni bilishi zarur. U tashkilotning asosiy
mansabdor shaxslari tomonidan qo’llab-quvvatlanish, qarshilikni yo’qotishga
erishishi, befarqlik hududlarini aniqlashi va o’z xatti-harakatlarining iloji boricha
ko’proq ma’qullanishini ta’minlashi lozim.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin