Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


Strategiyani quvvatlovchi muhit va madaniyat yaratish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə44/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

5.2. Strategiyani quvvatlovchi muhit va madaniyat yaratish 
Strategiya ijrochilari strategiyani quvvatlovchi muhit va madaniyatni
yaratishda birinchi qatorda bo’lishlari lozim. Asosiy strategik o’zgarishlar ro’y
berganda menejer bu o’zgarishlarga katta e’tibor qaratishi va ularni shaxsan



boshqarishi, kompaniya madaniyatida zarur o’zgarishlarni amalga oshirishi zarur.


Tashkilotning madaniy qadriyatlari har 5-25 yilda qayta ko’rib chiqilishi mumkin.
Bunday vaqt ko’rsatkichlarini turli kompaniyalarga atrof-muhit va kompaniyaning
rivojlanishini belgilab beruvchi boshqa omillar turlicha ta’sir ko’rsatishi bilan
izohlash mumkin. Strategiya aniq belgilanishi bilan madaniyat va qadriyatlarni
strategiyaga mos holga keltirishga unchalik ko’p kuch va vaqt talab qilinmaydi.
Biroq menejer kelgusida ham hayotga doimiy takomillashuvlarni kiritishda etakchi
rolni o’ynaydi. Savodli rahbarlar odamlarni tanlangan strategiyaning to’g’riligiga
va uning bajarilishi kompaniyaning rivojlanishi uchun eng yaxshi yo’l ekanligiga
ishontirish uchun majburiyatini anglaydilar.
Madaniyatni yangi sharoitlarga moslashtirish bo’yicha xatti-harakatlarni
ta’minlovchi eng tarqalgan omillardan biri kompaniya rahbariyati vakolati
darajasidir. Menejerlarning madaniyatning asosiy tamoyillarini tanlangan
strategiyaga mos holga keltirish bo’yicha samarali xatti-harakatlari quyidagilarni
nazarda tutadi:
- uzoq muddatli ehtiyojlar va kompaniyada o’tkaziluvchi o’zgarishlarni
moslashtirish uchun kompaniya “kapitali”ni tashkil etuvchi barcha shasxlar
(iste’molchilar, xodimlar, aktsiyadorlar, ta’minotchilar va boshqalar) manfaatlari;
- yangi g’oyalarga nisbatan ochiqlik;
- kompaniya faoliyatini “Biz iste’molchilarga ular haqiqatdan ham muhtoj
bo’lgan narsalarni taklif qilyapmizmi?”, “Xarajatlarni qanday kamaytirish
mumkin?”, “Tovarni ishlab chiqishdan to uni bozorga olib kirilguncha bo’lgan
vaqtni yarmiga qisqartirish mumkinmi (design-to-market cycle)?”, “Kompaniya
o’sishini tezlashtirishning qanday usullari mavjud?”, “Kompaniya tanlangan
strategiyaga amal qilishni davom ettiradigan bo’lsa, 5 yil o’tgandan so’ng u qay
ahvolga tushadi?” kabi savollariga javob yordamida baholash;
- kompaniya a’zolarini vujudga kelayotgan to’siqlarga qaramasdan yangi
faoliyat tamoyillariga rioya qilishga undash;
- yangi g’oyalarni bir necha bor qaytarish, ro’y berayotgan o’zgarishlarni
tushuntirish, skeptiklarni o’zgarishlarning zarurligiga ishontirish;



- yangi madaniyat normalarini belgilayotgan va zarur o’zgarishlarni


muvaffaqiyatli
o’tkazayotgan,
butun
kompaniyannig
o’zgarishiga
ko’maklashayotgan xodimlarni mukofotlash va rag’batlantirish;
- har bir boshqaruvchi kompaniya rahbariyati uning tashkilotchilik kuchi va
zaifliklarini real baholashga qodir bo’lishi uchun jahli chiqqan mijozlarning, norozi
akstiyadorlar va xizmatchilarning fikriga quloq solishi.
Bunday keng miqyosli o’zgarishlarni amalga oshirish uchun korporativ
madaniyat kompaniya rahbariyatigina ega bo’ladigan kuchga zarurat sezadi.
Bundan tashqari, kompaniya xo’jalik faoliyatini yuritishning asosiy usullari,
strategiyasi va qadriyatlari o’rtasidagi o’zaro aloqa shunchalik kuchliki, bironta
omilning o’zgarishi albatta boshqalarning ham o’zgarishiga olib keladi. Odatda
bunday o’zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan vakolatlarga faqat
kompaniyaning rahbariyatigina egalik qiladi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin