Lider uchun foydali yondashuvlardan biri odamlarni o’ziga xos qo’llab-
quvvatlash, yangi g’oyalar uchun kurashish, yangi tovar va xizmatlarni joriy
qilishni istaydigan, o’z g’oyalarini yangi bo’linma, korxona va hattoki tarmoqqa
aylantirish imkoniyatidan foydalanishga intilayotgan odamlarni tarbiyalash va
rag’batlantirish hisoblanadi. Texas Instruments kompaniyasida 50 ta omadli va
omadsiz tovar yangiliklarini ko’rib chiqishda bitta omil ham bir omadsizlikka
hamroh bo’lgan: “Biz shuni aniqladikki, ishlanmalar tashabbuskorlari yetarli
bo’lmagan. Bunday vazifani o’z zimmasiga olishga ko’ndira olgan shaxslar
mavjud edi, xolos”. Ehtimol, bironta yangilik g’oyasi o’z tarafdorlarini topishi yoki
yo’qolib ketishi zarurdir. G’oya uchun kurashchi tirishqoqli, raqobatbardosh,
manfaatdor, javobgar bo’lishi, boshqacha qilib aytganda o’z g’oyasining ashaddiy
tarfdori balishi va uning muvaffaqiyatini ta’minlashi zarur.
Dostları ilə paylaş: