yaxshiroq tushunadi va kompaniya manfaatlari yo’lida bor kuchini ayamay
birgalikda kelishgan holda mehnat qiladi.
Quyida menejerlarning etika bo’yicha liderligini amalga oshirishga yordam
beruvchi bir nechta maslahatlar keltirilgan. Birinchidan, ular o’z xulq-atvori bilan
namuna bo’lishi va umumiy an’anasini yaratishi lozim. Kompaniya tomonidan
qabul qilinuvchi qarorlar etika nuqtai nazaridan ko’rib chiqilishi lohim - “amal
so’zga qaraganda kuchliroq gapiradi”. Ikkinchidan, menejer va xizmatchilar nima
etikaga to’g’ri kelishi, nimalar esa to’g’ri kelmasligidan xabardor bo’lishlari kerak.
Etika masalalarini ko’taruvchi va muhokama qiluvchi har bir shaxsni
rag’batlantirish lozim. Uchinchidan, rahbariyat murakkab masalalr bo’yicha
so’nggi hakam vazifasini bajarishga tayyor turishi kerak. Bu xodimlar etika
kodeksi qoidalarini buzgan hollarda ularni egallab turgan lavozimlaridan chetlatish
va ularning faoliyatini cheklab qo’yishni anglatadi. Bunday vaziyatlarda tez va
qat’iy harakat qila olmaslik real javobgarlikning yo’qligi sifatida qabul qilinadi.
Axloqiy standartlariga mos kelishni ta’minlash bo’yicha yaxshi ishlab
chiqilgan dastur quyidagilardan biorat bo’lishi lozim:
• chetdan kelgan direktorlardan tarkib topgan direktorlar Kengashi kuzatuv
komissiyasini (muammolar komissiyasi) tuzish;
• qarama-qarshiliklarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga
oshiruvchi xo’jalik bo’linmalari rahbarlari qo’mitasini tuzish;
• yiliga bir marta har bir menejerning etika normalarining bajarilishini
kuzatish va nazorat qilish bo’yicha xatti-harakatlarini va qoidabuzarliklar bo’yicha
chora-tadbirlar hisobotini tekshirish;
• xodimlarning kompaniya etika standartlariga rozi ekanligini tasdiqlash
uchun vaqti-vaqti bilan hujjatalrni imzolash talabi.
Dostları ilə paylaş: