hisoblanadi. Strategiyaga yoki uning tadbiq etilishiga nisbatan yangi sharoitga
reaktsiya odatda tezkor harakatlarni taqozo etadi. Krizis vaziyatlarda boshqaruvga
tipik yondashuv shundan iboratki, qarorni shakllantirish uchun etarli axborotni
to’plash maqsadida ishonchli xodimlar jalb etiladi. Taklif etiladigan tadbir-choralar
muhokama etilishini shaxsan boshqarish va mansabdor shaxslar tor doirasida
kelishuvga tezkorlik bilan erishish tavsiya etiladi.
Agar kelishuvga erishib
bo’lmasa, tayanch xodimlar o’rtasida tarqoqlik mavjud bo’lsa, qaror qabul qilish
majburiyati va qo’llab-quvvatlashni ta’minlash strategik menejer zimmasiga
tushadi.
Agar vaqt etarli bo’lsa, menejerlar strategiyani har tomonlama baholab, uni
qo’llab-quvvatlashga erishishni istaydilar.
Ushbu yondashuv rahbarning
quyidagicha harakat qilishini nazarda tutadi:
1. Moslashuvchanlikni namoyish etadi va bir necha variantlarni ko’radi.
2. Ko’plab savollar beradi.
3. Mutaxassislardan mukammal axborot oladi.
4. Alternativ qarorlarni yaratishga ijrochilarni undaydi.
5. Qarorlarni muvaffaqiyat keltirishini chamalaydi va ko’plab har xil
insonlarning reaktsiyasini aniqlaydi.
6. Qarorni oxirgi variantini asta sekin yaratib borishi bilan birga uning
tarafdorlarini ham oshirib borishga harakat qiladi.
Bunda rahbarlar yakuniy qarorlarni qabul qilishni orqaga suradilar. Bundan
maqsad:
• kerakli axborotni to’plash;
• nima qilish kerakligini bilish uchun vaziyatni oydinlashtirish;
• tashkilotdagi har xil siyosiy kuchlar va guruhlar bilan qarorni kelishish.
Strategik muvofiqlashtirish faqat o’tgan voqea
va hodisalarga munosabatni
bildirishdan iborat bo’lishi kerak emas.
Muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatuvchi menejerlar turli-tuman ogohlantiruvchi
tadbir-choralarni yaratadilar:
1. Muvofiqlashtirishni talab etuvchi muammolarni mukammal o’rganish
uchun ilmiy izlanishlarga buyurtma beradilar.
2. Ishonchli hamkasblar bilan muammo muhokama etiladi va sinov yechimlar
taklif etiladi.
3. Har xil mutaxassislardan har xil manfaat va tajribaga ega brigadalar
tuziladi. Ushbu brigada qiziqarli g’oyalarni va yondashuvlarni muhokama etadi.
4. Quyi pog’onalardan keladigan sifatli takliflar rag’batlantiriladi, g’oyalar va
yondashuvlar musobaqasi tashkil etiladi. Ulardan maqsadga muvofiq keladiganlari
tanlab olinadi.
5. Tanlangan yo’nalishni tarafdorlarini hamfikrligini ta’minlash
maqsadida
o’zgarishlar siyosati boshqariladi.
Sardorlarning
muvofiqlashtirish
jarayoniga
tegishli
ogohlantiruvchi
harakatlari odatda o’xshashdir: ular ehtiyojni aniqlaydilar, axborot to’playdilar,
vaziyatni oydinlashtiradilar, sinov takliflarini tadbiq etadilar,
muammoni tahlil
etish jarayonida «tarafdor» va «qarshilar»ni hisoblaydilar, vakolatlar taqsimotini
tashkil etadilar va kelishilgan holda harakat qilish uchun qaror qabul qiladilar.
Stratеgiyaning qanday amalga oshirilayotganidan xabardor bo`lish uchun
mеnеjеrlarga formal va noformal axborot manbalari va kеng muloqot tarmog`i
zarur bo`ladi. Strategiya ijrochilari strategiyani quvvatlovchi muhit va madaniyatni
yaratishda birinchi qatorda bo’lishlari lozim. Asosiy strategik o’zgarishlar ro’y
berganda menejer bu o’zgarishlarga katta e’tibor
qaratishi va ularni shaxsan
boshqarishi, kompaniya madaniyatida zarur o’zgarishlarni amalga oshirishi zarur.
Strategik liderlik oddiy xodimlarning yangi g’oyalarni olg’a surishi va
o’zgaruvchan sharoitlarda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashi lozim. Asosiy
qarorlarni qabul qilish payti kelganda strategiya bo’yicha menejer koalistiyalarni
boshqarish va konsensusga erishishga alohida e’tibor qaratishi lozim. Srategiya
sohasidagi siyosat asosan imkoniyatlarni rag’batlantirish, kuchli takliflarni qo’llab-
quvvatlash va zaif takliflarni yo’qotish, muayyan masalalar bo’yicha koalistiyalar
tuzish va konsensusga erishishdan iborat bo’ladi. Strategiyani
har bir ijrochiga
etkazish uchun strategiya bo’yicha menejer yangi strategiyani qo’llab-quvvatlash
va unga qarshilik ko’rsatish markazlarini ilg’ay olishi va ulardan foydalanishni
bilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: