6-MAVZU. KORXONA BOSHQARUVI FUNKSIONAL
TUZILMALARINING STRATEGIK AFZALLIKLARI VA
KAMCHILIKLARI
Reja:
6.1.Boshqarish strukturasining mohiyati.
6.2.Boshqarish strukturasining turlari.
6.3.Boshqaruv metodi tushunchasi.
6.4.Boshqaruv metodlari.
6.1.Boshqarish strukturasining mohiyati.
“
Struktura” lotincha so’z bo’lib, narsalar tarkibiy qismlarining o’zaro
bog’liq ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi.
Boshqarish strukturasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi
va funktsiyalarini bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va
bo’g’inlarining majmuasi tushuniladi.
Boshqarishning u yoki bu vazifalarini hal qilish uchun muayyan organlar
tuziladi. Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarining yuqori organlariga
bqysinish va ular o’rtasidagi o’zaro aloqa boshqarish strukturasi tushunchasini
tashkil qiladi. Bunday struktura odatda “
boshqaruv apparati strukturasi” deb
yuritiladi. U biron-bir boshqaruv organining (vazirlikning boshqaruv apparati,
korxonaning boshqaruv apparati va h.k) bo’limlari tarkibini bildiradi.
Boshqarish strukturasi
ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi.
Bunda boshqarishni tashkl etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish
jarayoni bo’lib hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi va xizmat
ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar
o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo’limlari
va ularga xos bo’lgan boshqaruv apparati tuziladi.
Bo’linmalar yig’indisi, ularning tarkibi va o’zaro aloqa shakllari
korxonalarning ishlab chiqarish strukturasini tashkil etadi. Har bir korxona o’ziga
xos ishlab chiqarish strukturasiga egadir.
Shunday qilib, boshqarishning maqsadlari, funktsiyalari, vazifalari,
ob’ektlari va organlari uning tashkiliy strukturasini belgilab beradi.
Tashkiliy strukturalarni hosil qiladigan boshqarish organlari boshqaruv
bo’g’inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: