Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə92/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

Boshqaruv xarajatlari: 
• axborot olish va uni qayta ishlash;
• boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularni amalga oshirish bilan bog’liq
xarajatlar;



ilmiy ishlanmalar, loyihalash, tajriba va seriyali ishlab chiqarishni o’z


ichiga oluvchi bosqichlar xarajati;
• mahsulotlardan foydalanish xarajatidan iboratdir.
Boshqacha qilib aytganda, bunga boshqaruvning barcha funktsiyalarini 
bajarish bilan bog’liq xarajatlar kiradi.
Ko’rsatkich – bu biror narsaning rivoji, o’zgarishini bildiruvchi belgi yoki
narsa. Ko’rsatkichlar mutloq va nisbiy ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Mutloq
ko’rsatkichlar aniq sharoitda sodir bo’lgan voqea va hodisaning miqdorini,
hajmini, qiymatini ifodalaydi. Nisbiy ko’rsatkichchlar esa u yoki bu mezonning
intensivlik darajasini tavsiflaydi.
Boshqarish ob’ekti faoliyatini tavsiflash uchun quyidagi samaradorlik
mezonlari qo’llaniladi:
Umumlashtiruvchi mezonlar: 
• Resurslar samaradorligi
max
• Xarajatlar samaradorligi
max
* Xususiy meezonlar: 
• mahsulot ishlab chiqarishga eng kam jonli mehnat sarflash;
• eng kam moddiy resurslar sarflash;
• eng kam moliyaviy resurslarni sarflash.
* Sifat mezonlari: 
• yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish;
• shartnomalarni muddatida bajarish;
• xodimlarning barqarorligi;
• raqobatbardosh texnologiyaga erishish va h.k.
Binobarin, boshqarish jarayoni samaradorligini oshirish berilgan mezonlar
yoki mezonlar tizimiga muvofiq ravishda boshqaruvchi organ tomonidan muayyan
natijaga erishish maqsadida aniq ob’ektni eng qulay, eng samarali boshqarish
usullarini topishdan iboratdir.
Boshqaruv sub’ekti faoliyatini tavsiflash uchun qo’yidagi samaradorlik
mezonlari qo’llaniladi:



* Boshqarish tizimidagi moliyaviy xarajatlarni tejash.


• boshqarish apparati xarajatlarining kamayishi boshqariluvchi tizim
samaradorligining iqtisodiy mezoni bo’lishi mumkin. Bu o’rinda
boshqaruv apparati shtatlarini oqilona qisqartirish, xizmat
safarlarini kamaytirish kabilar tejamkorlikning muhim omillari
ekanligini ta’kidlash zarur.
* Boshqarish tizimida jonli va buyumlashgan mehnatni tejash.
• Bu mezon kuchlarni eng ko’p darajada tejash va mehnatdan eng
unumli foydalanishni ko’zda tutadi. U sermehnat ishlar va
operatsiyalarni qisqartirishda, moddiy va mehnat vositalarini
tejashda ifodalanadi.
Mehnatni tejashga boshqaruv tarkibi va texnologiyasi
jarayonlarini
ratsionalizatsiyalash,
boshqaruv
apparatidagi
mehnatni kompyuterlashtirish yo’li bilan erishiladi.
* Ayrim operatsiyalarni bajarishga va butun boshqaruv jarayoniga sarf
bo’ladigan vaqt.
• Bu mezonda bosh omil vaqtdir. Axborot to’plash va uni qayta
ishlashga, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularni amalga
oshirishga sarf bo’ladigan vaqtni har tomonlama qisqartirish;
biznes rejani tuzishga ketadtigan vaqtni qisqartirish, tezkor
topshiriqlarni etkazish muddatini tezlashtirish, faoliyat natijalarini
tezkorlik bilan baholash bilan iqtisodiy ko’rsatkichlarni
yaxshilashga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi.
¡ayd qilingan mezonlarning har biri mazkur davr uchun iqtisodiy-siyosatda
belgilangan maqsadlardan, korxona yoki tarmoqning aniq ish sharoitilari e’tiborga
olingani holda boshqaruv faoliyatiga baho berish uchun tanlab olinishi kerak.
Boshqaruv tizimining turli vazifalarini maqsadga muvofiqlashtirish uchun ham
mezon tanlanadi.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin