5. Tovarning joy egallashi
Tovarning sistemada joy egallashi yangi xom ashyoni aniqlashda yordam beradi.
Bozorda aylanib konkurent turgan tovarlar bilan bir qatorda uning xaridorlar
tomonidan talab etilishi, uni afzal tomonlarini aniqlab beradi.
Joy egallash va segmentatsiya bir-biriga uzviy bog’liqdir. Ta’kidlab
o’tganimizdek segmentatsiya-iishlab chiqarilgan tovar bo’lib, bozor tomonidan
belgilab berilgan va xaridorlarning talabi asosida ishlab chiqiladigan xom-
ashyodir.
Xom ashyoning mustahkam joy egallishi uning afzallik tomonlariga bog’liq,
xarajatlariga,
xaridorlarning
talabiga
javob
berishiga,
maxsus
tovarlar
ishlatilashiga, boshqa tovarlar bilan taqqoslanishiga o’zining tovariga asos yaratib
berishiga qarab o’ziga mustahkam poydevor yaratadi.
Joy egallash - har xil marketing turlariga ham bog’liq, xom ashyoli, baholash
servisi va reklamasi.
Xaridor yangi tovarni aniqlab, unga o’zi baho beradi, uning sifat tomonidan
talabga javob berishi va bozordagi tovarni o’rnini bosa olishini aniqlab beradi.
Asosiy raqobatchilarning strategik raqobat deganda ayrim odamlarning bir-
biri bilan bir xil yo’nalishda bir-biridan o’zib ketishi harakati tushuniladi.
Raqobat marketingda 3 xil bo’ladi:
1. Funktsional: Uning kelib chiqishi, har xil talabning qisqa qilib aytganda
har xil usullar bilan qondirsa bo’ladi. Albatta xom-ashyolar shunaqa yo’l bilan
qondirilsa bu funktsional raqobat deyiladi.
2. Ko’rinishli raqobat-deyilganda bir xil maqsadda ishlab chiqarilgan, lekin
boshqacha parametrlari bilan farq qiladi.
3. Xom-ashyoli raqobat-bunda firmalar yagona bo’lgan xom ashyoni ishlab
chiqarishadi, lekin ular sifati bilan farq qiladi yoki sifati ham bir xil bo’ladi.
Bunaqa raqobat ba’zi payt firmalararo raqobat deyiladi. Shuni ham ta’kidlab o’tish
kerakki, ba’zi paytlarda firmalararo deb oldingi ikkalasi ham keladi.
Raqobatni baholi va bahosizga ajratishadi. Baholi raqobat oldin bozor
erkinligi paytida bir xil tovarlarni har xil bahoda taklif qilinishidir. Bahoni
tushirish bilan ishlab chiqaruvchi o’zining xom-ashyosiga xaridorlarni jalb qilgan
va bozordan o’ziga monand joy egallagan Hozirgi zamonda esa tovarning bahosini
qo’yib ko’p ushlab turishga harakat qilishadi, uni bir maqsadda yo’naltirib tovar
tannarxini tushirish va uni marketingdagi sarf-xarajatlarni qisqartirish va foydani
yanada oshishini ta’minlash uchun.
Baholi raqobat asosan monopoliyaga qarshi kurashishda subsayder firmalar
orqali o’zgarib turiladi. Baholi usullar asosan bozorga yangi xom-ashyo bilan kirib
borishda va etkazib berishdagi muammolarni bartaraf qilishda hamda o’z joyini
mustahkam egallashda qo’llaniladi.
To’g’ridan-to’g’ri baholi raqobatda firmalar ishlab chiqilayotgan va
bozordagi xom-ashyoning bahosi tushganligidan xabar berishadi.
Berkitilgan raqobatda firmalar yangi sifati yaxshilangan xaridorlar talabiga
javob beradigan qilib chiqarishadi, bahosini esa asta-sekin ko’tarishadi. Bahosiz
raqobat birinchi navbatda raqobatchilardan ko’ra sifatli, ishonchli, o’ta zamonaviy
va xaridorlar qurbiga qarab bahosi pasaytiriladi. Bahosiz raqobatning ish quroli har
doim reklama bo’lgan, bu yo’l bilan firma o’zining xom ashyosi haqida
xaridorlarga etkazib turadi.
Bahosiz raqobatning noqonuniy metodlariga ishlab chiqarish josusligi,
mutaxassislarni jalb qilish, soxta mollar ishlab chiqarish namunalarini nusxa
ko’chirish maqsadida ishlab chiqarishlar kiradi.
Firmani boshqarishni marketing metodini bahosiz raqobat yo’liga kiritsa
bo’ladi.
Asosiy raqobatchilarning tutgan yo’lini, bozorni izlash yo’li bilan
o’rganiladi. Omadni ta’minlash yo’lida raqobatchilar tomonidan qo’llaniladigan
hamma marketing tashkil qiluvchilarni kiritsa bo’ladi, lekin eng muhimini ajratib
o’tish kerak.
Strategiyani baholashda odatda quyidagi savollarga javob beriladi:
• Begona mollarning raqobatbardoshligi qanday?
• Raqobatdosh firmalarning xom-ashyosini tarqatishdagi amaliyoti
qanaqa?
• Qadoqlashni o’ziga jalb qilish siri nimada ?
• Raqobatchilar mahalliy savdodan foydalanishadimi yoki o’zlarinikidan
foydalanishadimi?
Umumiy qilib aytganda biz quyidagi ma’lumotlarga ega bo’lamiz. Nima
uchun raqobitchilar aynan shunday yo’ldan foydalanishadi. Baholash siyosati va
mollarning assortimenti, yangi bozor tovarlarini chiqarish haqida xabar topamiz.
Aniq qilib aytganda bozor talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarilsa
firmaga uning raqobatchilari orasida eng kata mavqeni egallashda yordam beradi.
Masalan, bozordagi mollar xaridorlarni qanoatlantirmasa va uni taklif qilinayotgani
bilan qanoatlantirsa. Shu bilan birga qulay tomoni ishlab chiqarish texnikasini
yangilasa va sifatini oshirsa bozorda eng yaxshi mavqega erishish mumkin.
Yuqori darajaga erishish uchun har doim o’zining tovarini hamda firmasini
raqobatchiniki bilan taqqoslab turish kerak. Bularni taqqoslagandan keyin yuqori
ma’muriyat past ko’rsatkich bilan ularni quvib o’tsa bo’ladi va qaysi yo’l bilan ular
bilan tenglikda harakatlansa bo’ladi yoki ularga nima bilan yo’l berishni hal qiladi.
Ba’zi paytlardi yuqori narxlarga erishish shunaqa turda bo’ladiki firma o’zi
egallash holatida bo’lmaydi, kuchi etmaydi.
Undan foydalanishdan oldin shuni tekshirish kerakki, buni qo’llashda nima
halaqit beradi, marketingdagi «tashkilot»mi yoki «ichki holat»mi? Firma mavjud
bo’lgan baho holatini o’zgartira oladimi. Agar o’zgartira olsa dastur ishlab chiqish
kerak, agar o’zgartira olmasa boshqa bozorni izlab topish yoki boshqa sektorda
ishlash kerak. Bozorga chiqmagan xohlagan tovar ommani talablariga javob berish
tekshiruvlardan o’tadi.
Tovarni raqobatbardosh ekanligini faqat ularni bir-biri bilan taqqoslab
aniqlab bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda raqobatbardashlik uning sotilish vaqtiga
va bozorga uzviy bog’liq. Raqobatbardoshlik tomoni xom ashyoning texnik
tomonidan ishlab chiqarish turi va murakkabligi hamda talab qilingan aniq bahosi,
izlanish maqsadi va boshqa omillarga bog’liq. Raqobatbardoshlik xaridorligi va
xaridorni qiziqtirib o’ziga jalb qilgan tomoni bilan aniqlanadi. Raqobatbardoshlikni
baholash uchun shuni ham inobatga olish kerakki zamonaviy bozorda firmalar
tovarni ayrim o’zini sotishga emas, balki uni butun tovar tashkil etuvchilari bilan
birga sotishga harakat qilishadi, shuningdek xaridor tovarni yangi tomoni, ya’ni
ishlab chiqaruvchi uchun qiyin bo’lgan tomonidan baho beradi.
Shuni aniq tushunish kerakki bozorga chiqqan har bir tovar birdan u yoki bu
bo’lib o’zini raqobatbardoshlikni yo’qotadi. Shuning uchun yangi raqobatbardosh
tovarlar zamonaviy va sifatli bo’lishi kerak. Asosiy e’tiborni nafaqat xom
ashyoning texnik tomonidan yaxshilanishi balki xaridorlarning bahosi tushib
ketayotganiga e’tibor berish lozim. Xom ashyoning boshlang’ich narxi ancha
baland bo’lgan bo’lsa ham bu narsa uning oxirgi hal qilish nuqtasi bo’lishi
mumkinligi haqida jahon amaliyoti bir necha misol keltirishi mumkin.
Bu yo’ldan ko’pincha aviasozlar foydalanishadi. Ko’pchilik mijozga maxsus
tahlillarni ko’rsatadi. Bunda avia kompaniyada bor bo’lgan texnikalar yo’nalish
marshrutlari yuk jo’natish, avia xabarnomalarini rivojlanib borishi qanday qilib
eski texnikani yangisiga almashtirsa bo’ladi kabilarni ko’rsatishadi.
Raqobatbardoshlikni xarakterlash ikki guruhga bo’linadi: Texnik va iqtisodiy.
Dostları ilə paylaş: |