Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə90/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

Tayanch iboralar: 
Tovar siyosati
• Tovarning hayotiylik jarayoni
• O’sish jarayoni
• Ulg’ayish jarayoni
• Qulash jarayoni
Innovatsion siyosat
• Asosiy raqobatchilar strategiyasi
• Ko’rinishli raqobat
• Bahosiz raqobat
• Raqobatbardoshlikni baholash darajasi.
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar: 



1. Marketingda tovar siyosati deb nimaga aytiladi?


2. Marketing operatsiyalarining predmeti deganda nimalarni tushunasiz?
3. Tovarga qanday asosiy talablar qo’yiladi?
4. Yangi tovar kontseptsiyasi qanday ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi?
5. Ekspertlarning tuzilgan guruhlarida ish qanday tashkillashtiriladi?
6. Istiqbolli g’oya deb nimaga aytiladi?
7. Tovarning raqobatbardoshligi deganda nimani tushunasiz?
8. Tovarning hayotiylik davrida qanday bosqichlar mavjud?
9. Maxsulot assortimenti deganda nimani tushunasiz?
10. Innovatsion siyosat qanday bo’ladi?
11. Strategiyani baholashda qanday savollarga javob berish kerak?





10-MAVZU. KORXONA STRATEGIYASINING SAMARADORLIGI 

Reja: 
1. Boshqaruv samaradorligi to’g’risida tushuncha va uning mezonlari.
2. Boshqaruv samaradorligi ko’rsatkichlari.
3. Boshqaruv tizimi samaradorligini hisoblash usullari.
1. Boshqaruv samaradorligi to’g’risida 
tushuncha va uning mezonlari 

Dastlab “samara” va “samaradorlik” tushunchalari to’g’risida ikki og’iz


so’z. O’zbek tilining izohli lug’atida bu iboralar quyidagicha talqin etilgan.
Samara-bu natija, oqibat, meva. Masalan, ijodiy mehnat samarasi”.
Samaradorlik-bu kutilganicha yoki undan ham ortiq samara beradigan.
Samarali, sermahsul. Masalan, samarali mehnat”
Iqtisodiyotda “samara”-bu yaratilgan:
* yalpi ichki mahsulot (YaIM)
* yalpi milliy daromad (YaMD)
* yalpi sof daromad (YaSM)
* yalpi sof daromad (YaSD) kabilarda o’z aksini topadi. Ammo
birgina samaraning o’zi kishi faoliyatini to’liq ifodalay olmaydi. Eng muhimi shu
samaraga qanday xarajatlar evaziga erishilganini aniqlashdir. Zzero bir xil xarajat
qilib turli samara olinishi mumkin bo’lganidek, bir xil samaraga turli xil mehnat
sarfi tufayli erishish ham mumkin.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning maqsadi ham oz mehnat, moddiy va pul
mablag’lari sarflab ko’proq samaraga erishishdir. Bu degan so’z erishilgan
samarani (S) sarflangan xarajatga (X) bo’lish kerak. Bunday taqqoslash
samaradorlik (SD) nisbiy ko’rsatkichini beradi.
С
СД=------
Х



Kasrning maxraji-bu absolyut miqdorlar bo’lib, ular ishlab chiqarish va


xizmat ko’rsatish jarayonida sarflangan:
* yalpi mehnat (YaM)
* yalpi xomashyo (YaX)
* yalpi fondlar (YaF)
* yalpi investitsiya (YaI)lardir.
Samara va samaradorlik tushunchalariga nisbatan bunday yondoshish
boshqarish ob’ektiga, ya’ni yaxlit ishlab chiqarishga xosdir. Boshqarish
samaradorligini aniqlashda bu tariqa yondoshish, albatta no to’g’ri bo’lardi.
Chunki bu erda asosiy urg’u boshqariluvchi ob’ekt (korxona, firma va h.k.)
samaradorligiga emas, balki ko’proq boshqaruv mehnati samaradorligiga
xususan, boshqaruv funktsiyalarining samaradorligiga beriladi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin