bilish mumkin. Bularni tashkilot xodimlari sinchkovlik bilan kuzatadilar. Shu
sababli strategiyani amalga oshirishda mukofotlash tizimsi muhim o’rin to’tadi.
Odatda menejerning chora-tadbirlari salbiy elementlarga nisbatan ijobiy
elementlarni o’zida ko’proq mujassam etadi,
chunki insonlar boshliqning
buyruqlariga nisbatan ijobiy rag’batlantirishga xayrihohlik bilan qaraydilar. Lekin
rag’batlantirishning hajmi va sifati vazifani murakkabligiga bog’liq. Rahbariyat
motivlash usullarni samaradorligini oshirish uchun ham moddiy, ham ma’naviy
rag’batlantirishlardan foydalanadi. Menejer ijrochilarning
ehtiyojlarini qanchalik
yaxshi bilsa, rag’batlantirish shunchalik ta’sirli bo’ladi. Ushbu hol kompaniya
strategiyasini amalga oshirishga shunchalik ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Rag’batlantirish va mukofotlash tizimidan foydalanish menedjerning
xodimlarning strategik rejani bajarishdan manfaatdorligini
oshirishdagi asosiy
quroli hisoblanadi. Ish haqini oshirish, mukofotlar to’lash, xizmat bo’yicha
ko’tarilish, asosiy lavozimlarga tayinlanish, ma’naviy rag’batlantirish
usullari
(maqtov va hamma tomonidan tan olinish) to’g’risidagi qarorlar menejer
siyosatining asosiy vositalari hisoblanadi. Rag’batlantirish xodimlarni strategik
vazifalar rejasida aks ettirilgan natijalarga erishi uchun zarur barcha narsani o’zi
amalga oshirishga undaydi.
Dostları ilə paylaş: