Loyiha bo’yicha boshqarish qisqa muddatda yangi texnika va
texnologiyani joriy qilish zaruriyati tug’ilgan hollarda qo’llaniladi. Bunda maxsus
vaqtinchalik xizmat bo’limi tuzilib, unga resurslar beriladi. Bu bo’lim loyiha tuzadi
va uning joriy etilishini nazorat qiladi. Ish bitgandan keyin loyihalash guruhi
tugatiladi.
Loyiha bo’yicha boshqarish muntazam rahbarlikni aniqlashtiradi, kichik
bo’laklarga ajaratadi yoki tqldiradi. U loyihani bajarish uchun korxonaning barcha
funktsional xizmatlari va bo’linmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ
hisoblanadi. Bu organga tegishli huquqlar beriladi. U vazifalarning bajarilishi
uchun tqla javobgar bo’ladi.
Loyiha bo’yicha boshqarish ko’p nomentklaturali ishlab chiqarishda tuziladi.
Loyiha rahbari maxsus vakolatga ega bo’lib, texnologik opertsiyalarni zvenolar
bilan ishchilar o’rtasida taqsimlaydi, uning bajarilishini o’z loyihasi doirasida
nazorat qilib boradi. Chiziqli rahbarning shu ishlarga oid buyruqlari loyiha rahbari
bilan kelishiladi (18-sxemaga, punktr chiziqlarga e’tibor bering). Bunda bajaruvchi
kishi ikki va undan ortiq rahbarga ega bo’lib, rasmiy jihatdan ularga bqysinadi.
Masalan, texnik topshiriqlarni u tsex boshlig’idan oladi, lekin opera-tsiyalarni
bajarish jarayonida ko’rsatmani mutaxasisdan, loyiha rahbaridan oladi.
Mahsulotga ko’ra boshqarish strukturasining afzalligi axborotlar-ning
kelish yo’llari va oqimining qisqarishida, yakka boshchilik tamoyiliga tqla rioya
qilishida, boshqarishning yuqori bosqichlarini mayda joriy vazifalardan xalos
qilishda namoyon bo’ladi. Bunday struktura bozorda talabning o’zgarishiga tezkor
munosabat bildirishga qodir.
Matritsaviy struktura bqycha boshqarish ancha murakkab bo’lib, u mahsu-
loti nisbatan qisqa “umr” ko’radigan va tez-tez o’zgarib turadigan korxonalar
tomonidan qo’llaniladi. Bu struktura korxonada gorizontal aloqalarni yo’lga
qo’yishga va ulrni zamonaviy kompyuterlar yordamida murakkab buyurtmalarni
bajaruvchi turli xil korxonalar faoliyati bilan bog’lashga, texnika sohasida yuqori
malakali xazmat ko’rsatishga va ekspertizani ta’minlashga qaratilgan.
Ushbu strukturani “To’r” ko’rinishda tasavvur etish mumkin. U ikki turdagi
strukturaning ya’ni:
• funktsional struktura;
• maxsulot bo’yicha strukturalarning kombinatsiyasini ifodalaydi.
Ko’rib turibmizki, gorizontaliga funktsional vazifalar(ishlab chiqarish,
sotish, reklama va hokazo), vertikaliga esa-texnologiya va boshqaruv sohasida
yangiliklarni joriy etish bilan shug’ullanuvchi maxsus guruhlar joylashgan. Mazkur
strukturaga binoan bir vaqtning o’zida to’rtta yangi mahsulot bo’yicha loyiha
tuziladi. Har bir loyiha uchun alohida rahbar javob beradi. Guruhlarning to’rttasi
ham mahsulotni loyihalashdan to sotishgacha bo’lgan barcha jaryonda qatnashadi.
Boshqarishning matritsali strukturasining mohiyati shundaki, unda har bir
xodim ayni bir vaqtning o’zida loyiha bo’yicha boshqarishda, shuningdek, o’zining
funktsional organida xizmatda bo’ladi hamda ikki yoqlama bo’ysinadi. Bu
strukturaning o’ziga yarasha afzalliklari bor. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi:
*
boshqarishi jarayonidagi gorizontal aloqalarning uzunligini keskin
qisqartiradi va tartibga soladi;
*
qarorlar qabul qilishni tezlashtiradi va ularning mazmuni hamda
natijalari uchun mas’uliyatni oshiradi;
*
korxonaning ichki va tashqi sharoitlariga ta’sir etuvchi omillarning
o’zgarishiga tezda kqnikma hosil qiladi va shunga muvofiq ravishda amal qiladi;
*
chiziqli bqysinish vositasida bo’lim ichida byurokratiyaga bo’lgan
moyillikni bir qadar sqndiradi va hokazo.
Shu bilan bir qatorda bu strukturaga ham ayrim kamchiliklar xos. Bu uning
murakkabligi va boshqaruv organlarining real vakolatga ega emasliklarida
namoyon bo’ladi. Bunday tushunmovchilik nafaqat rahbarlarni, shuningdek
ularning qo’l ostidagi kishilarning ham noqulay holatga tushib qolishiga sabab
bo’lishi mumkin.
Shunday qilib, boshqarishning dasturli-maqsadli strukturalari ishlab
chiqarishning o’zgarib turadigan sharoitlariga moslashuvchi dinamik shakllar
bo’lib, boshqaruv jarayonlarini, kadrlar bilan ishlashni ancha engillashtiradi,
belgilangan maqsadlarga tezroq va kam xarajat qilgan holda erishishga yordam
beradi. Bunday strukturalar yirik ishlab chiqarish va boshqa birlashmalarda, ilmiy
tadqiqot institutlarida, shuningdek oliy o’quv yurtlarida juda muvaffaqiyat bilan
qo’llanilishi mumkin.
Boshqarishning tashkiliy strukturalar to’g’risida yakuniy xulosalarni yasar
ekanimiz, quyidagilarga e’tibor berilishini lozim topar edik. Boshqarishning qarab
chiqilgan tashkiliy strukturalaridan birortasini ham rasmiy struktura deb bo’lmaydi.
Shuning uchun har bir korxona(firma) o’z oldidagi maqsad va iqtisodiy muhitning
o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, uning talablarini yuqori darajada
qondiradigan tashkiliy struktura turini tanlashi kerak.
G’arb adabiyotlarida “strukturani takomillashtirish” iborasi umuman
qo’llanilmaydi. Uning o’rniga:
• “strukturaga o’zgartirish” kiritish;
• struturani amlmashtirish;
• strukturani tanlash;
• strukturani integratsiyalash kabi iboralar ishlatiladi. Strukturaga
o’zgartirish kiritish va uni almashtirish-bu jahon amaliyotidagi doimiy jarayon
bo’lib, har qanday tashkilotda menejer faoliyatini ifodalovchi asosiy
ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Bunday o’zgarishlarning bosh omili- bu ilmiy-
texnika tarao’qiyoti va kuchli raqobatdir. AQSh firmalarida, g’arbiy Evropa va
rivojlangan Sharq davlatlarida boshqaruv strukturasi o’rtacha har 3-5 yilda
almashtirilib turiladi.
Boshqarish strukturasini qayta tashkil qilishning usullari, shakillari va yo’llari
turli-tumandir
Amaldagi strukturani
soddalashtirish usuli
• boshqaruv
bo’g’inlari
sonini
qisqartirish
va
boshqaruvning quyi bo’g’iniga huquq va vakolatni
ko’proq berish (demarkazlashuv);
Bunday usul inqilobiy usullar qatoriga kiradi. 20- yillarda
bu usul mashhur Djeneral Motors korporattsiyasida
qo’llanilgan.
shtablar yoki ulardagi xodimlar sonini kamaytirish,
matritsali strukturadan
• chiziqli funktsional strukturaga o’tish;
• boshqaruvchilar sonini har 3-7 kishiga bitta rahbar emas,
balki 10-12 kishiga bitta rahbar to’g’ri kelishiga erishish
lozim.
• Ya’ni boshqaruv normasiga intilish kerak.
Mexanik tarzda tashkil
etilgan strukturani
kqnikma hosil qilingan
struktura bilan
almashtirishi
• Mexanik tarzda tashkil etilgan strukturaga quyidagi
salbiy tomonlar xos:
• gorizontal tabaqalanishdagi keskinlik;
• ierarxik aloqalardagi qat’iylik;
• me’yorlashtirilgan mas’uliyat;
• yuqori darajadagi rasmiyyatchilik;
• qarorlar qabul qilinishidagi o’ta markazlashuv va unda
ko’pchilik boshqaruvchilarning qatnasha ol-masligi.
Bu strukturani kqnikma hosil qilingan, sinovdan o’tib
o’zini oqlagan struktura bilan almashtirish ma’quldir.
Mexanik tarzda tashkil
etilgan struktura ichida
turli shakllardagi uzviy
strukturani tashkil
qilish.
Bu degan so’z korxona tarkibiga;
• venchur va innovatsiya, ya’ni “biznesga tavvakalchilik”
bo’limlari;
• biznes -markazlar;
• ekspert guruhlari;
• ishchi, brigadalar guruhlarini tashkil qilishni bildiradi.
Venchur va innovatsiya bo’limlaridagi tadbirkorlar yangi
texnologiya uchun o’zlarining kapitalini yoki olgan qarz
mablag’larini tavvakal qiladilar. “Venchur” iborasi
tadbirkor, rahbar yoki menejerning tavvakalchilikdagi:
• uddabironligi, epchilligi, serharakatligini;
• quntli, matonatligini;
• dadilligi, jasoratligini;
• jqshqin, biznesga berilib ketishini bildiradi.
•
Konglomerat, modulli
va “atomistik”
strukturani barpo etish.
“Konglomerat”-bu turli strukturalarini birgalikdda qqshib
olib borilishini anglatadi. Bunday strukturani yirik
korporatsiyalarda, ya’ni chiziqli, funktsional, dasturli-
maqsadli strukturalar birgalikda amal qilishida ko’rishimiz
mumkin.
Axborot revolyutsiyasi byurokratiyaga bolta uruvchi
modulli
strukturaning,
to’g’ridan to’g’ri ma’muriy
bqysunchanlikka
chek
qqyuvchi
“atomistik”
strukturalarning tashkil topishini taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |