Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə58/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

Konstitutsiyaviy sud qonun chiqaruvchchi va ijro etuvchi hokimiyatlar-
ning hujjatlari. Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko’radi.
Oliy sud fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sudlov ishlarini yuritish borasida sud
hokimiyatining oliy organi hisoblanadi.
Oliy xo’jalik sudi xo’jalik sudlov sohasida sud hokimiyatining eng yuqori
organi hisoblanadi. Mulchilikning turli shakillariga asoslangan korxonalar
muassasalar, tashkilotlar o’rtasidagi, shuningdek tadbirkorlar o’rtasidagi
iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan xo’jalik
nizomlarini hal etish Oliy xo’jalik sudi va xo’jalik sudlari tomonidan ularning
vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. Sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha
davlat organlari, jamoat birlash-malari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,
mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Ma’lumki, iqtisodiy islohatlarning pirovard natijalari uni amalga oshirish
ob’ektidan qat’iy nazar (Respublika, tarmoq, korxona), mujas-samlangan holda
xududiy birlik (viloyat, tuman, shahar)lar darajasida namoyon bo’ladi. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida boshqarishining tarmoq tizimidan funktsional tizimiga
o’tishi mahalliy boshqarish organlari mavqeini yanada oshirishni taqozo etadi.
1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyaning XXI bobi-“Mahalliy
davlat hokimiyati asoslari” -deb ataladi. Shu bobga binoan 1993 yil 2 sentyabrda
O’zbekiston Oliy Majlisi “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida” va
“Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarishi organlari to’g’risida” ikki muhim qonunni



qabul qildi. Shu hujjatlar asosida mamlakatimizda oldin amal qilib kelgan uch 


bo’g’inli mahalliy boshqarish organlari tizimi o’rniga.Respublikada tumanlarning
ikki turi:
• viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar;
• shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar;
Shaharlarning esa uch turi:
• tumanga bqysinuvchi shaharlar;
• viloyatga bqysinuvchi shaharlar;
• respublikaga bqysinuvchi shaharlar mavjud.
Mahalliy vakillik organlari ikki bo’g’inli tizimining o’rnatilishi bilan
cheklanilmay, mavjud xududiy tuzimilarning ham ba’zilarida mahalliy vakillik
organlari tuzilmaydigan bo’ldi. Xususan, Konstitutsiya va qonun shahar tarkibiga
kiruvchi tumanlarda va tumanga bqysinuvchi shaharlarda vakillik organlarining
tuzilishini nazarda tutmaydi.
Mahalliy vakillik organlarining ikki bo’g’inli tizimi bag’rida mahalliy
bashqarishning ikkita tutash organi faoliyat ko’rsatadi.
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bqysinadigan shaharlardan,
shuningdek shaharlar turkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputat-lari
Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlari bo’lib hisoblanadilar.
Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman va shaharning oliy mansab-dor
shaxsi bo’lib ayni bir vaqtda tegishli xududdagi vakillik va ijroiya hokimiyatini
boshqaradi.
Konstitutsiyamizning 100 moddasiga binoan mahalliy hokimiyat organ-lari
ixtiyoriga quyidagilar kiradi:
*
qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavf-sizligini
ta’minlash;
*
xududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
*
mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar,
yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish;
*
mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish;



*
atrof-muhitni muhofaza qilish;


*
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;
*
normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O’zbekiston Respublikasi
qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bozor islohotlarining birinchi bosqichida
markaziy boshqaruv organlarining mavqei yuqori bo’lgan bo’lsa, ikkinchi
bosqichda islohotlarning asosiy yuki mahalliy boshqaruv organlari zimmasiga
tushmoqda. Shuning uchun ham iqtisodiy islohotlarning chuqur-lashuvi va ulardan
kutilgan amaliy natijalarga erishuvi ko’p jihatdan kichik xududiy birliklar va ishlab
chiqaruvchilarga bog’liq bo’lib qolmoqda.
Chunki bozor iqtisodi infrastrukturasining shakllanishi natijasida tarmoq,
vazirliklar boshqaruv tizimining mavqei birmuncha pasayib, mahal-liy, xududiy
boshqaruv tizimining ahamiyati ortmoqda.
1997
yilda
qabul
qilingan
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tuzilmasini
takomillashtirish to’g’risida”gi (15.0.97) va “Shaharlar va tumanlar hokimliklari
apparati tuzilmasini takomillashtirish to’g’ri-sida”gi (30.09.97) qarorlari ham ana
shu yo’nalishdagi muhim hujjatlardan bo’lib, xududlar ijtimoiy va iqtisodiy
rivojlanishni boshqarishni tako-millashtirish, mahalliy hokimiyatlarning iqtisodiy-
ijtimoiy islohotlarni chuqurlashtirish bilan bog’liq faoliyatlari samaradorligini
yanada oshirishni nazarda tutadi.
Mazkur
qarorlar
mahalliy-xududiy
boshqaruv
faoliyatini
tubdan
o’zgartirishga, tumanlar va shaharlardagi iqtisodiy islohotlarni tahlil qilishga va
ularni zamonaviy usullar bilan boshqarishga qaratilgan.
Qarorlarning tub mohiyati, eng avvalo, boshqarishning tarmoq tizimidan
funktsional tizimga o’tishni joriy etishdan iborat.
Ma’lumki, bozor munosabatlarining tqlaqonli shakllanishi sharoitida gorizantal xo’jalik
aloqalarining kengayishi natijasida markaziy boshqaruv organlarining vakolatlari kamayib
boradi. Saqlanib qolgan tarmoq boshqaruv organlari esa mamlakatimizning strategik iqtisodiy
siyosatidan jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda:



*
tarmoq rivojlanishi umumiy yo’nalishlarini;


*
ilmiy-texnikaviy siyosatni;
*
chet el investitsiyalarni olib kelish;
*
ekologik muammolarni hal qilish kabi masalalar bilan shug’ul-lanadi.
Makroiqtisodiy rivojlanish masalalari bilan shug’ullanuvchi vazirliklarning
ahamiyati ortadi.
Xududiy boshqaruvni takomillashtirishdan asosiy maqsad mahalliy-xududiy
o’zini-o’zi boshqaruvni davlat boshqaruvi bilan uyg’un va muvofiq ravishda olib
borish, boshqacha qilib aytganda, mahalliy boshqaruv or-ganlarining mustaqilligini
kuchaytirgan holda ular faoliyatini markaziy davlat boshqaruv organlari tomonidan
bilvosita nazorat qilishdir.
Yuqoridagi
qarorlarda
hokimliklar
zimmasiga
iqtisodiy-tabiiy
salohiyatlardan to’g’ri va oqilona foydalanib, ulardagi mavjud muammolarni hal
qilishda vazirliklar markaziy boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda sotsial-
iqtisodiy rivojlantirishni rejalashtirish, shu maqsadda dasturlar majmuini ishlab
chiqish vazifasi yuklatilgan.
Eng muhim masalalardan yana biri - bu hokimliklarga ular xududida
joylashgan vazirliklar, respublika tashkilotlarining xududiy bo’linmalari ishini
muvofiqlashtirish huquqlari berilganligidir.
Demak, hokimliklar ushbu xududda joylashgan barcha xo’jalik va
korxonalar faoliyatini mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqqan haolda
muvofiqlashtiradilar. Bu - xududlar ijtimoiy holatini yaxshilashga, eng avvalo,
band bo’lmagan aholini ish bilan ta’minlash, tabiiy boyliklardan oqilona
foydalanishga keng yo’l ochadi.
O’zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi
(06.09.1993) qonuning 24 moddasiga binoan xalq deputatlari viloyat tuman, shahar
Kengashining asosiy vakolatlariga quyidagilar kiradi.
* hokimning taqdimiga binoan mahalliy byudjet va uning ijrosiga doir hisobotni,
xududni rivojlantirishning istiqbolga mo’ljallangan dasturlarini, tuman,



shaharning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlash;


* amaldagi qonunlarga muvofiq mahalliy soliqlar, yig’imlar, boj miqdorini
belgilash, mahalliy byudjetga tushadigan mahalliy soliqlar, yig’imlar va
to’lovlar bo’yicha imtiyozlar berish;
* hokimni va uning o’rinbosarlarini lavozimga tasdiqlash hokimni va uning
o’rinbosarlarini lavozimdan ozod etish, ularning faoliyatiga doir hisobotlarni
tinglash;
* ushbu qonunda nazarda tutilgan hollarda hokim qarorlarini tasdiqlash;
* xalq deputatlari Kengashining ish tartibini, xalq deputatlari Kengashi doimiy va
boshqa komissiyalari to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash, ularga o’zgartirishlar
va qo’shimchalar kiritish;
* xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalarini, boshqa
organlarini tuzish, saylash va tugatish: ularning tarkibini o’zgartirish, ular ishiga
doir hisobotlarni tinglash;
* qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda xalq deputatlarining vakolatlarini
e’tirof etish va muddatidan oldin tqxtatish, ularni javobgarlikka tortish uchun
rozilik berish;
* ijroiya
hokimiyati
bo’limlari,
boshqarmalari,
boshqa
strukturaviy
bo’linmalarning hisobotlarini tinglash;
* xalq deputatlarining so’rovlarini qarab chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul
qilish;
* hokimning va qyishi Kengashning O’zbekiston Respublikasi qonunlariga mos
kelmaydigan qarorlarini bekor qilish;
* hokimning taqdimiga binoan hokimlik strukturasini, uning xodimlari shtatlari
va ish haqi fondini tasdiqlash kiradi.
Bulardan, tashqari xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari
fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni
ta’minlashga, atrof-muhitni muhofaza qilishga doir o’z vakolatlariga berilgan



masalalrni, tashkiliy masalalr va O’zbekiston Respublikasining qonunlariga


muvofiq nazorat etishga doir masalalarni hal etadi.
Xududlarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni takomil-lashtirish
va markaziy boshqaruv organlari vakolatlarining bir qismini asta-sekin mahalliy
boshqaruv organlariga berish, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining
samaradorligini
yanada
oshirish
maqsadida,
O’zbekiston Respublikasi
konstitutsiyasining XXI bobi va “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi
qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 30 sentyabr 1997 yiligi “Shaharlar va
tumanlar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish to’g’risida”gi qarori
bilan:
Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparati boshqaruvining tarmoq
tizimidan funktsional tizimiga o’tish maqsadga muvofiq deb hisoblandi.
Qarorda ko’zda tutilgan o’ziga xos jihatlardan biri hokimliklarda tarmoqlar
boshqaruv tizimi o’rniga kotibiyatlar tashkil etilganligidir. Bundan maqsad
xududlarda
ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlarni
chuqurlashtirishni
ta’minlash,
boshqaruvda yaxlitlikka erishish, qabul qilinayotgan qaror va hujjatlar saviyasini
oshirish, ularning quyi boshqaruv organlarida izchil bajarilishini nazorat qilishga
qaratilgan.
Qarorga binoan shahar va tumanlar hokimliklari apparati zimmasiga
quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklangan:
*
xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan kompreks
dasturlarni ishlab chiqish hamda xalq xo’jaligi tarmoqlarida islohotlarni
chuqurlashtirish va xalq farovonligini oshirishni ta’minlash yuzasidan
hukumat va xududlar dasturlarini amalga oshirish;
*
mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish
va ularga rahbarlik qilish;
*
xo’jalik yuritish shakllarini takomillashtirish, mahalliy xususiyatlarni
hisobga olgan holda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni tarkibiy qayta
o’zgartirish bo’yicha takliflar tayyorlash;



*
fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, tabiiy va mehnat


resurslaridan oqilona foydalanish hamda atrof muhitni muhofaza qilish
bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish;
*
qonunlar, Oliy Majlis qarorlari, O’zbekiston Respublikasi prezidenti
farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, xalq deputatlari
viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari va ularning hokimliklarining
qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlash;
*
moliya va to’lov intizomini mustahkamlash, o’zaro hisob-kitoblarni
takomillashtirish;
*
tadbirkorlik va xususiy tashabbusni qo’llab-quvvatlash va sog’lom
raqobot muhitini yaratish.
Xulosa qilib aytganda, qabul qilingan mazkur qaror mahalliy-xududiy
boshqaruv tizimi vakolatlarini oshiradi, xududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini
tezkor tahlil qilish, markaziy davlat organlari qabul qilingan qonun va qarorlarning
bajarilishini o’z vaqtida ta’minlash uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Eng muhimi, yuqori boshqaruv organlariga taaluqli vakolatlarning bir
qismini mahalliy boshqaruv tizimiga beradi va ularning javobgarliklarini oshiradi.
1992 yil 4 yanvarda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasida mahalliy
hokimiyat organlarini qayta tuzish to’g’risida”gi qonun bilan Respublikamizda
mahalliy hokimiyat organlari tizimida butunlay yangi organ - hokimlik va hokim
lavozimi ta’sis etildi va uning vakillik organlariga ham boshchilik qilishi belgilab
qo’yildi.
Mazkur qonunda birinchi marta qonun me’yorlari darajasida mahalliy davlat
organlari vakillik hokimiyati va ijro hokimiyatiga bo’linishi mustahkamlandi.
1991 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyaning 102 moddasida esa
quyidagilar ta’kidlandi:
• vakillik va ijroiya hokimiyatini tegishliligiga qarab viloyat, tuman va
shahar hokimlari boshqaradi;



• viloyat hokimlari va Toshkent shahri hokimi Prezident tomonidan


tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari
Kengash tomonidan tasdiqlanadi;
• tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan
tayinlanadi va lavozmidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari
Kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
• shaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar
Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Konstitutsiyaning moddasida esa, “Hokim o’ziga berilgan vakolatlar
doirasida tegishli xududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,
birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi
majburiy bo’lgan qarorlar qabul qiladi”, deb ko’rsatilgan.
Hokimlarning aniq vakolatlari O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy
davlat hokimiyati to’g’risida”gi qonunning (06.09.93) 25 moddasida yanada
batafsilroq keltirilgan.
Viloyat, tuman va shahar hokimi:
• qonunlar va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlari
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari,
yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlarining
ijrosini tashkil etadi;
• jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning
xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini
muhofaza etish bilan bog’liq chora-tadbirlar ko’radi, tabiiy ofatlar,
epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;
• Viloyat, tuman va shaharni iqtimodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy
yo’nalishlarini, viloyat, tuman, shahar byudjetining asosiy ko’rsatkichlarini
va ularning ijrosiga doir hisobotlarni xalq deputatalari Kengashining
tasdig’iga taqlim etadi;



• o’z o’rinbosarlari va ijroiya hokimiyati struktura bo’limalarining rahbarlarini


lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to’g’risidagi qarorlarni xalq
deputatlari kengashi tasdig’iga taqdim etadi;
• hokimlik devoni bo’linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va
lavozimdan ozod qiladi;
• quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlarga va O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining boshqa hujjatlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti,
Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlarga, shuningdek yuqori turuvchi
xalq deputatlari kengashi va hokimning qarorlariga zid bo’lsa bekor qiladi va
xalq deputatalri Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining
hujjatlarini bekor qilish to’g’risida taqdimnoma kiritadi;
• rahbarlari tegishli xalq deputatalri Kengashlari tomonidan lavozimga
tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati struktura
bo’linmalarining ishini nazorat qiladi;
• xalq deputatalri Kengashi va hokim qabul qilgan va chaqargan hujjatlarni
bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka
tortish to’g’risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;
• davlat mukofatlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va
takliflar kiritadi;
• respublika va xorijda viloyat, tuman hamda shaharning rasmiy vakili sifatida
ish ko’radi;
aholini qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolarning imkoniyatlari, arizalari va
takliflarini qarab chiqadi.
Bulardan tashqari, hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob,
viloyat, tuman, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo’jaligi,
er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish,
transport, yo’l xo’jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy
xizmat ko’rsatish, aholini sotsial himoya qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va



xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish


sohasida qonun hujjatlarni ham hal etadi.
Respublikamizda mustaqil tarmoqlarning soni ___tadan, korxona-larning
soni esa 100 mingtadan ortadi, Ularning har birini rivojlantirish, bir-birlari bilan
o’zaro muvofiqlashtirish, mamlakat xududida joy-lashtirish va mahsulot
(xizmat)ga bo’lgan talabni aniqlash tarmoq boshqaruvi tizimi oldida turgan juda
murakkab keng qamrovli masalalardir.
Bu masalalarni samarali hal qilish uchun boshqarishning quyidagi tarmoq
organlari mavjud:
*
Vazirliklar;
*
Davlat qqmitalari;
*
Kontsernlar;
*
Korporatsiyalar;
*
Konortsiumlar;
*
Assotsiatsiyalar;
*
Kompaniyalar;
*
Korxonalar;
*
Firmalar va boshqalar.
Bu organlar umumdavlat va mahalliy organlardan farqli qlaroq boshqaruv
tizimida shunchaki ishrochi sifatidagina emas, balki boshqaruvchi tizimning
ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi.
Boshqarishning tarmoq organlari odatla umumdavlat va mahalliy
organlardan o’z faoliyatining hajmi (miqyosi) bilan farq qiladi. Bu hol ularning
huquqiy nizomlarida aks etgan bo’ladi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin