funktsional bo’linmalar o’rtasida ish yuzasidan nizolarning mavjudligi;
boshqaruv apparatida ishga byurokratik munosabatda bo’lish hollarining
mavjudligi kabilarni bartaraf etish uchun chiziqli-funktsional (aralash)
turdagi boshqaruv strukturasi tuziladi.
Chiziqli-funktsional boshqaruv strukturasida
asosiy boshqaruv chiziqli
boshqaruv bo’lib hisoblanadi. Hamma boshqaruv bosqichlarida va mustaqil
uchastkalarni boshqarish faoliyatida chiziqli rahbarlar ajratiladi. Ularga ishlab-
chiqarishi-xo’jalik faoliyatini yakkaboshchilik boshqarish huquqi berilgan bo’lib, u
olingan natijalarga tqliq javob beradi.
Boshqaruvning chiziqli struktura sharoitida ishlaydigan rahbarlariga
malakali yordam ko’rsatish uchun funktsional va idoraviy
tashkilotlar tashkil
etiladi va bu tashkilotlarning vazifasi boshqaruv qarorlarini tayyorlash va
rahbarlarga malakali yordam berishdan iborat.
Hozirgi zamon korxonalari faoliyatidagi ko’pgina muammolarni hal etish
gorizontal bo’yicha kelishib olish va muvofiqlashni talab etadi. Masalan, korxona
yangi xil mahsulot ishlab chiqarishga kqchadigan bo’lsa:
• materiallarni sarflashning yangi normasini ishlab chiqish;
• mehnat normalarini qayta ko’rib chiqish;
• turli kasblardagi ishchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
• yangi materiallarga ehtiyojlarni aniqlash;
• etkazib beruvchilar bilan aloqa o’rnatish;
• yangi texnologiya va texnikani joriy etish va hokazolar talab qilinadi.
Bu funktsiyalarni turli xizmatlar bajaradi, ularni
mazmuni va muddatlariga
ko’ra kelishib olish, ishlab chiqarishning ko’pgina unsurlarini tutashtirish lozim.
Goho funktsionl xizmatlar o’rtasidagi bu gorizontal aloqalar juda cho’zilib ketadi,
ular bahs va nizolar bilan amalga oshiriladi. Chiziqli struktura rahbari esa
ko’psonli bo’linmalar ishini muvofiqlashtirishga juda qiynaladi.
Bu muammolarni yangi tashkiliy boshqaruv strukturalarini tuzish yo’li bilan,
aniqrog’i chiziqli-funktsional boshqaruv strukturalariga tuzatishlar kiritishi yo’li
bilan hal etiladi. Bunday struktura dasturli-maqsadli struktura deb ataladi. U
quyidagi ko’rinishga ega.
Bunday struktura quyidagi uch ko’rinishda bo’ladi:
• loyiha bo’yicha boshqaruv;
• mahsulotga ko’ra boshqaruv;
• matritsaviy struktura.
Dostları ilə paylaş: