O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” kafedrasi


-rasm. Ta’minlangan hujjatlashtirilgan akkreditivlar orkali hisobkitoblarni amalga oshirish tartibi



Yüklə 182,64 Kb.
səhifə5/11
tarix16.12.2023
ölçüsü182,64 Kb.
#182647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
NAQD PUL AYLANMASI

2-rasm. Ta’minlangan hujjatlashtirilgan akkreditivlar orkali hisobkitoblarni amalga oshirish tartibi Bu yerda:

  1. – oldi-sotdi shartnomasini imzolash;

  2. – sotib oluvchi akkreditiv ochish to‘g‘risida o‘z bankiga ariza beradi;

  3. – sotib oluvchining banki sotib oluvchining joriy schyotidan to‘lov summasini olib, uni alohida schyotda (22602-schyotda) deponentlaydi;

  4. – sotib oluvchining banki mol yetkazib beruvchining bankini akkreditiv ochilganligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi;

  5. – mol yetkazib beruvchining banki mol yetkazib beruvchiga

hujjatlashtirilgan akkreditiv ochilganligi to‘g‘risidagi xabarni yetkazadi;

  1. – mol yetkazib beruvchi tovarlarni jo‘natadi;

  2. – mol yetkazib beruvchi tovarlar bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni o‘zining bankiga uzatadi;

  3. – mol yetkazib beruvchining banki tovarlar bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni tekshiradi va qabul qilib oladi (agar hujjatlarda xatoliklar mavjud bo‘lsa, u holda hujjatlar to‘g‘rilash uchun mol yetkazib beruvchiga qaytariladi);

  4. – mol yetkazib beruvchining banki tovarlar bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni sotib oluvchining bankiga jo‘natadi;

  5. – sotib oluvchining banki deponent schyotidagi mablag‘lar hisobidan to‘lovni amalga oshiradi;

  6. – sotib oluvchining banki tovarlar bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni sotib oluvchiga beradi;

  7. – mol yetkazib beruvchining bankiga to‘lovni amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi xabar yetkaziladi;

  8. – mol yetkazib beruvchining banki to‘lov summasini mol yetkazib beruvchining joriy schyotiga o‘tkazadi;

  9. – mol yetkazib beruvchining joriy schyotidan ko‘chirma.

2.2-rasmdan ko‘rinadiki, ta’minlangan hujjatlashtirilgan akkreditivlarda yetkazib berilgan tovarlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar to‘liq kafolatlangan. Bu esa, o‘z navbatida, to‘lovsizlik muammosini hal qilish, xo‘jaik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik hajmini qisqartirish nuqtai-nazaridan ijobiy holat hisoblanadi.
Ayni vaqtda, ta’minlangan hujjatlashtirilgan akkreditivlarga xos bo‘lgan qator kamchiliklar mavjud deb hisoblaymiz. Fikrimizcha, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar pul mablag‘larining ma’lum qismi ularning xo‘jalik aylanmasidan chiqib qoladi. Deponentlangan pul mablag‘laridan sotib oluvchi o‘zining xo‘jalik faoliyatida foydalana olmaydi, tijorat banki esa deponentlangan mablag‘ga foiz hisoblamaydi.

  2. Ta’minlangan hujjatlashtirilgan akkreditivlarda to‘lovni amalga oshirish davri cho‘zilib ketadi, hujjatlar nisbatan uzoq aylanadi. Natijada tovarlarni sotish jarayoni ham cho‘zilib ketadi.

  3. Ta’minlangan hujjatlashtirilgan akkreditivlarda deponent qilingan pul mablag‘larining real qiymatini pasayish xavfi saqlanib qoladi. Mazkur xavf inflyatsiya va vayutalarning almashuv kurslarini o‘zgarishi bilan bog‘liq. Inflyatsiyaning kuchayishi natijasida milliy valyutada deponent qilingan mablag‘larning real qiymati pasayadi, valyuta riski ta’sirida esa, milliy va xorijiy valyutalarda deponent qilingan mablag‘larning real qiymati pasayishi mumkin.

Quyidagi rasm ma’lumotlari orqali hujjatli inkasso vositasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarni amaga oshirish tartibini ko‘ramiz.

( 1 3) ( 3) (7) (8)
(10) (2)


Yüklə 182,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin