O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” kafedrasi


-rasm. To‘lov topshiriqnomasi vositasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblar dinamikasi, mln.so‘m



Yüklə 182,64 Kb.
səhifə7/11
tarix16.12.2023
ölçüsü182,64 Kb.
#182647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
NAQD PUL AYLANMASI

4-rasm. To‘lov topshiriqnomasi vositasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblar dinamikasi, mln.so‘m4.
4-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2004-2008 yillarda to‘lov topshiriqnomalari vositasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblar miqdori o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Bu esa, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazishni ta’minlash, tovarlarni o‘z vaqtida va sifatli qilib yetkazib berish jihatidan salbiy holat hisoblanadi. Chunki to‘lov topshiriqnomalari vositasida hisoblashilganda sifatsiz tovarlar tekazib berish, tovarlar yetkazib berishni kechiktirish yoki yetkazib bermaslik xavfi saqlanib qoladi. Buning ustiga, to‘lov topshiriqnomalarida yetkazib berilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan amalga oshiriladigan to‘lovlar kafolatlanmagan. Taraqqiy etgan mamlakatlarda, jumladan, Markaziy va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining bank amaliyotida yetkazib beriladigan tovarlarning sifati bo‘yicha tijorat banklari tomonidan beriladigan kafolatlardan foydalaniladi. Bunda sifatsiz tovar mol yetkazib beruvchi tomonidan yetkazib berilgan taqdirda, kafolat

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining statistik ma’lumotlari asosida hisoblandi
bergan bank oldi-sotdi shartnomaisda ko‘zda tutilgan jarima summasini to‘lovchiga to‘lab beradi va oldindan to‘langan summani qaytarib beradi. Lekin O‘zbekiston Respublikasi amaliyotida tovarlarning sifati yuzasidan bank kafolatlarini berish qo‘llanilmaydi. Fikrimizcha, bank kafolatining mazkur turini qo‘llash zaruriyati mamlakatimizning xo‘jalik amaliyotida mavjud. Chunki xorijiy mamlakatlardan import qilingan ayrim asbob-uskunalarning moddiy va ma’naviy jihatdan eskirganligi va buning natijasida investitsion loyihalarning samaradorligini ta’minlada muammolarning yuzaga kelganligi kuzatildi. Agar ushbu sifatsiz uskunalarning sifati bo‘yicha xorijiy banklarning sifat yuzasidan berilgan kafolatlari mavjud bo‘lganda edi, tashqi savdo shartnomasida ko‘rsatilgan jarima summalarini xorijiy banklardan undirish, oldindan to‘langan valyuta mablag‘larini qaytarib olish imkoni yuzaga kelgan bo‘lar edi.


  1. Yüklə 182,64 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin