O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” kafedrasi


Naqd pul aylanishining tarkibiy qismlari



Yüklə 182,64 Kb.
səhifə3/11
tarix16.12.2023
ölçüsü182,64 Kb.
#182647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
NAQD PUL AYLANMASI

Naqd pul aylanishining tarkibiy qismlari .

Naqd pul aylanishi pulning muomala vositasi vazifasidan kelib chiqadi.


Naqd pul aylanishi deganda, ma’lum davrda naqd pullar vositasida amalga oshirilgan barcha to‘lovlar yig‘indisi tushuniladi. Bu to‘lovlar banknot yoki tangalar orqali amalga oshiriladi.
Naqd pullar harakati bankdan boshlanadi, ular bankdan chiqib korxona va tashkilotlarning kassalariga kelib tushadi. Korxona va tashkilotlar esa bu pullarni ish xaqi, stipendiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar sifatida kishilarga to‘laydilar. Kishilar o‘z navbatida bu pullarga tovarlar sotib oladilar, o‘zlariga ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘laydilar. Bu pullar yana savdo va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar kassalariga kelib tushadi. Ular esa naqd pul tushumlarini o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi bankka topshiradilar. Naqd pullar harakati ana shu tarzda yakunlanadi va yangidan boshlanadi. Bu hol to‘xtovsiz takrorlanaveradi, ya’ni:

Naqd pul aylanishi quyidagi hollarda ro‘y beradi:

  • Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar bilan aholi o‘rtasida ish haqi, mukofotlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash, tovarlar sotib olish, hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash jarayonida:





korxona








aholi




  • Davlat muassasalari bilan aholi o‘rtasida pensiya, nafaqa, stipendiya, yutuqlar, soliqlar va boshqalarni to‘lash jarayonida:





davlat








aholi




  • Bank tizimi bilan aholi o‘rtasida qarz olish va uni qaytarish, qarz foizini to‘lash, omonatlar qo‘yish va olish jarayonida:





bank








aholi




  • Aholining turli qatlamlari o‘rtasida bozorda turli mahsulotlar sotib olish, ko‘rsatilgan xizmatlarga haq to‘lash jarayonida:





aholi








aholi



Naqd pul aylanishi pul aylanishi ishtirokchilaridan biri albatta, aholi vakili bo‘lishini taqozo etadi.
Naqd pullar cheklangan miqdorda muomalaga chiqariladi va buning ustidan banklar nazorat olib boradilar. Bankka topshirilgan naqd pul osonlikcha pul topshiruvchining hisob–raqamidagi yozuvga aylanadi. Hisob raqamidagi yozuvlar esa o‘z navbatida naqd pulga aylanishi mumkin. Mamlakat Markaziy banki muomaladagi naqd pul massasini quyidagicha aniqlaydi va boshqarib boradi:

Aholi qo‘lidagi naqd pullar




Korxonalar kassa qoldiplari Muomaladagi
Banklararo kassalardagi naqd pullar naqd pullar
Muomaladagi naqd pul massasining asosiy qismini aholi qo‘lidagi pul tashkil etadi. Ularni hisoblash va tartibga solish nihoyatda qiyin jarayondir. Ana shu sababli aholi qo‘lida haddan tashqari ko‘p miqdorda naqd pul to‘planib qolishi salbiy oqibatlarga olib keladi.
Aholi qo‘lidagi naqd pullarni quyidagicha tartibga solish mumkin:

  • aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun sifatli tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish;

  • tovarlar va xizmatlarga xaq to‘lashda cheklar, kredit va plastik kartochkalar hamda boshqalarni joriy etish;

  • aholi mablag‘larini turli - tuman omonatlar va jamg‘armalar sifatida banklarga jalb qilish;

  • aholiga qiymatli qog‘ozlarni sotish, ularning mablag‘larini iqtisodiyotni rivojlantirishga sarflash va boshqalar.

Mustaqillik yillarida pul muomalasini tartibga solish mexanizmlari takomilashtirildi, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatidan tushadigan naqd pul tushumini to‘liq inkassatsiya qilish hamda korxonalar va aholining naqd pulga bo‘lgan talabini ularning birinchi murojatiga ko‘ra ta’minlash borasidagi qonunchilik talablari kuchaytirildi. Ushbu jarayonlarni monitoring qilish agar muammo yuzaga kelganda uni tezkor hal qilishning samarali tizimi shakillantirildi.
Xususan, pul muomalasini boshqarishning bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lmagan usullari va mexanizmlari bekor qilindi.
Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida inflyatsiya darajasining keskin pasayishiga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizomi mamlakatimiz bank va xo‘jalik amaliyotida naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan foydalanish tartibini belgilab beradi. Mazkur Nizom “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar hamda O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan.
Nizomda naqd pulsiz hisob-kitoblarning quyidagi mustaqil shakllaridan foydalanishga ruxsat etilgan:

  • to‘lov talabnomalari;

  • to‘lov topshiriqnomalari;

  • cheklar;

  • hujjatlashtirilgan akkreditivlar; – inkasso.

To‘lov talabnomalari orqali yetkazib berilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar undiriladi. Bunda to‘lovni amalga oshirishga asos bo‘lib, mol yetkazib beruvchi va to‘lovchi o‘rtasidagi qarzdorlikni tasdiqlovchi solishtirish dalolatnomasining mavjudligi hisoblanadi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning to‘lov talabnomasi shaklidan keng ko‘lamda foydalanish xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik miqdorini oshishiga xizmat qiladi. Chunki ushbu shakl vositasida to‘lovi amalga oshirilmasdan olingan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Xalqaro amaliyotda haqi to‘lanmasdan olingan tovarlar kreditga sotilgan hisoblanadi va ular tijorat veksellari bilan rasmiylashtiriladi. Respublikamiz amaliyotida veksellar muomalasi mavjud emas. Buning ustiga, haqi to‘lanmasdan olingan tovarlar kreditga sotilgan deb hisoblanmaydi.
To‘lov topshiriqnomasi - bu sotib oluvchining yetkazib berilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan to‘lovlarni amalga oshirish to‘g‘risida o‘z bankiga bergan yozma topshirig‘idir.


Yüklə 182,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin