O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” kafedrasi



Yüklə 182,64 Kb.
səhifə2/11
tarix16.12.2023
ölçüsü182,64 Kb.
#182647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
NAQD PUL AYLANMASI

Pul aylanishi va uning mohiyati


Naqd pulsiz va naqd pul o‘tqazish yo‘li bilan amalga oshiriladigan to‘lovlarning yig‘indisi pul aylanishni tashkil qiladi.
Xalq xo‘jaligi tarmoqlarida yaratilgan tovarlarning barchasi pul yordamida ayirbosh qilinadi. Pul aylanishiga tovar aylanishning pul shaklidagi ko‘rinishi deb qarab bo‘lmaydi. Chunki pul aylanishi tovar aylanishidan kengroq bo‘lib, u tovarning sotilishi va sotib olinishidan tashqari, har xil sohalarda mehnatga haq to‘lash jarayonini ham o‘z ichiga oladi.
Pul aylanishining sodda chizmasida faqat aholi va korxona, tashkilotlar o‘rtasidagi pul harakati tasvirlanadi (1 – chizma). Bunda pul aylanishining asosiy ikki omili: bir tomondan – tovar va resurslar harakati bilan; - ikkinchi tomondan – pul harakati ko‘rsatilgan. Bunda davlat tashkilotlari, moliyaviy bozor, pul bozorlari, eksport va import va boshqa iqtisodiy munosabatlar aks etmagan. Aholi va korxonalar hech kanday vositalarsiz, to‘g‘ridan – to‘g‘ri iqtisodiy munosabatda
bo‘ladilar. 1 – chizma

Iqtisodiy tizimda tovar pul aylanishining sodda ko‘rinishi



Tovarlarning ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan resurslar
I s h lab chiqarish uchun zarur bo‘lgan resurslari va tovarlar harakati soat millari harakati buyichadir. Bu ko‘rinishda rusurslarning barchasi faqatgina axolining o‘ziga tegishli deb qaralgan va bu resurslar korxonalarning tovar va boshqa mahsulotlariga ayirbosh qilinadi. Bu jarayonning amalga oshishida pul kabi vositachi ishtirok qilmaydi. Ayirboshlash jarayoni pulsiz muvozanat tariqasida namoyon buladi. Ayirboshlashning oddiy shakli, mazmun jihatidan sodda bo‘lsa – da, amalga oshirish jarayonida ma’lum qiyinchiliklar mavjud.
Shuning uchun tomonlar o‘rtisidagi oldi – sotdi jarayonini tezroq va samaraliroq amalga oshiruvchi vositachi zarur. Bu jarayonning kechishi, ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari shu resurslar uchun to‘lovlar – ish haqi, renta to‘lovlari, foiz daromadlari bilan bog‘langan holda tovar va pul massasini tenglashtiruvchi mustaqil aylanishni yuzaga keltiradi.
Tovar bozori va resurslar bozorining yuzaga kelishi, mahsulot va milliy daromadning yuzaga kelishiga olib keladi. Milliy daromadning bir qismi aholi tomonidan jamg‘arilib moliyaviy bozorlar orqali investitsiya shaklida korxona, tashkilotlar ixtiyoriga kelib tushadi, bir qismi esa davlat zayomlari orqali byudjet defitsitini qoplashga yo‘naltiriladi. Natijada pul oqimi o‘zining asosiy yo‘nalishlari orqali korxona, tashkilot, aholi, tovarlar bozori va resurslar bozoridan o‘tib moliya bozori va davlatgacha yetib keladi, ya’ni, aholiga kelib tushadigan daromadning bir qismi soliqlar sifatida davlat ixtiyoriga kelib tushadi. Shuning uchun ham pul aylanishining salmoqli qismini milliy daromadni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar tashkil qiladi. Milliy daromadni yaratishda pul aylanishi jamiyat a’zolari bilan korxonalar o‘rtisidagi to‘lovda namoyon bo‘ladi.
Pul aylanishing quyidagi guruhlarini ifodalash mumkin:

  • ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlar (ishlab chiqarish vositalarini sotib olish, ish haqi to‘lash va b.);

  • harajatlarni qoplash uchun kelib tushadigan tushumlar va jamg‘armalarni tashkil qilish;

  • turli xil moliyaviy majburiyat va daromadlardan to‘lovlarni amalga oshirish va boshqa to‘lovlar. Korxonalar oladigan daromadlardan byudjetga to‘lovlar, ya’ni soliqlar va boshqa to‘lovlarning amalga oshirilishi ham pul aylanishining bir qismini tashkil qiladi.

Pul aylanishi moliyaviy resurslardan foydalanish jarayonini ham o‘z ichiga oladi. Kapital mablag‘lardan foydalanish va ba’zi sohalarda harajatlarni moliyalashtirish, banklar tomonidan kreditlash jarayonining amalga oshirilishi ham pul oborotining yuzaga kelishi uchun zarur shartlardan hisoblanadi. Kreditlash uchun zarur bo‘lgan kredit resurslarni pulning uzluksiz aylanishi natijasida vujudga keladi. Korxona, tashkilotlar tomonidan moddiy boyliklar, materiallar, yoqilg‘i va boshqalarni sotib olish uchun muljallangan pul mablag‘lari oldindan avanslashtiriladi. Qiymat pul shaklidan tovar shakliga utadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot sotiladi va mol yetkazib beruvchining hisob varag‘iga pul mablaglari kelib tushadi. Shu tariqa korxonalarning puli uzluksiz aylanib turadi. Tovarlar uchun to‘lovlar naqd pulsiz amalga oshirilgani uchun korxona hisob varag‘iga kelib tushgan pul, uni ishlatishga zarurat tug‘ilgunga qadar banklarda saqlanadi.
Korxona tashkilotlarining vaqtincha bo‘sh turgan pullari ularning roziligiga asosan bank tomonidan kredit resurslari sifatida ishlatilishi mumkin. Korxona, tashkilotlarining bo‘sh pul mablag‘laridan tashkari, banklar jamoat tashkilotlarining, byudjet, sug‘urta tashkilotlarining, aholining banklardagi pul mablag‘laridan o‘z resurslari sifatida foydalanib, xalq xo‘jaligi tarmoqlariga kreditlar berishi mumkin. Shunday qilib, banklar tomonidan pul mablag‘larining yig‘ilish jarayoni pul aylanishida namoyon buladi.
Korxona tashkilotlarning kreditlashda pul mablag‘lari vaqtincha foydalanishga beriladi. Kredit berish va kredit hisobidan tovar moddiy boyliklarni sotib olish, ularni boshqa ishlab chiqarish harajatlari uchun sarflash va keyinchalik kreditni to‘lash ssuda hisobiga mablag‘ o‘tkazish jarayoni pul aylanishining unsurlaridan biri hisoblanadi.
Pul oboroti investitsiya bilan bog‘lik harajatlarni, sug‘urta jarayonlarini amalga oshirishni, mulkni, hayotni, transport vositalarini, bog‘larni, boshqa buyumlarni sug‘urta qilish va uni to‘lashni o‘z ichiga oladi.
Pul aylanishi aholi tomonidan uy – joy, kommunal xizmatlar, gaz, elektro energiyasi, aloqa xizmatlari uchun to‘lovlar, madaniy – maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalariga to‘lovlar, transport uchun va boshqa tulovlarni, a’zolik badallari va paylarni to‘lashni o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, pulning ayrim yo‘nalishlarda harakatini ko‘rib chiqqan holda, pul aylanishining mohiyatini quyidagicha ta’riflash mumkin. Pul aylanishi, bu naqd pullik va pul o‘tkazish yo‘li bilan olib boriladigan hisob – kitoblarning yig‘indisidir.
Pul aylanishini ikki asosiy belgiga: birinchidan, jami ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish va ikkinchidan, pulning funksiyalariga ko‘ra tarkibiy qismlarga bo‘lish mumkin. Jami ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq holda pul aylanishi: tovarlarni ishlab chiqarish va sotish, kapital qurilish bilan bog‘liq aylanishga bo‘linadi.
Pul aylanishining birinchi turiga, ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur jami resurslar – mehnat qurollari, mehnat vositalari, ish kuchi sotib olish va aksincha, aholi tomonidan davlat, kooperativ – savdo tashkilotlaridan, kolxoz bozorlaridan, fuqarolardan iste’mol uchun zarur tovarlarni sotib olish va aholining yuqoridagi sub’ektlarga tovarlar sotish, kapital qurilish va ta’minlash sohasidagi hisob – kitoblar va boshqalar kiradi.
Pul aylanishining ikkinchi turiga ishchi xizmatchilarga ish haqi to‘lash, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog‘liq to‘lovlar, kreditlash jarayoni bilan bog‘lik to‘lovlar va boshqa tovar harakati bilan bog‘lik bo‘lmagan to‘lovlar kiradi.
Pul funksiyalari va to‘lov turiga ko‘ra pul aylanishi naqd pullik va naqd pulsiz aylanishga bo‘linadi.
Pul aylanishining asosiy qismini naqd pulsiz aylanish, ya’ni korxona, tashkilotlar o‘rtasidagi, ularning davlat byudjeti, kredit tashkilotlari bilan naqd pulsiz bir hisob raqamidan ikkinchi hisob raqamiga mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladigan aylanish tashkil qiladi.
Pul aylanishi tarkibida naqd pulsiz aylanish salmog‘ining yuqori bo‘lishining sababi, avvalambor korxona, tashkilotlar o‘rtasida iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishni yuksaltirish zarurligi, ba’zi bir tarmoqlarning ixtisoslashuvi, kredit tizimining takomillashuvi va boshqalardir.
Tovarlarni sotish jarayonidagi hisoblar moddiy boyliklar aylanishi bilan bog‘lik bo‘lib, ular asosan korxona, tashkilotlar o‘rtasida olib boriladi.
Notovar tavsifdagi hisob – kitoblarga milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash bilan bog‘lik bo‘lgan tovarlar, daromaddan to‘lovlar, har xil badallari soliqlari, kreditlarni to‘lash, uy – joy, har xil xizmatlar uchun to‘lovlar va boshqalar kiradi.
Tovarlar harakati bilan bog‘lik bo‘lgan hisob – kitoblarning naqd pulsiz o‘tkazilishi, moddiy boyliklarni yetkazib berish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov muddatini yaqinlashtirishga yordam beradi. Tovar moddiy boyliklar va xizmatlar uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida o‘tkazilmasligi korxonalar mablag‘larining xo‘jalik aylanishidan chiqib ketishga, ko‘zlagan rejalarni bajarishga mablag‘larning yetishmasligiga olib keladi. To‘lovning tovarlarni olishdan oldin amalga oshirilishi mol sotib oluvchi korxona mablag‘larining xo‘jalik aylanishidan chiqib ketishiga olib keladi. Shuning uchun tovarlar harakati va to‘lovlar bir – biriga mos kelishi katta ahamiyatga ega.
Naqd pullik aylanish – bu naqd pul yordamida amalga oshiriladigan to‘lovlar yig‘indisidir. Bu aylanish pul o‘zining to‘lov va muomala vositasi funksiyalarini bajarishida yuzaga keladi.
N a qd pullar muomala vositasi sifatida aholi bilan korxona, tashkilotlar o‘rtasida, aholi bilan aholi o‘rtasidagi tovarlar sotib olishda va sotishda qo‘llaniladi.
P ul to‘lov vositasi sifatida ish haqi, nafaqalar, mukofotlar, yakka tartibdagi qurilish uchun beriladigan kreditlar, sug‘urta to‘lovlarni to‘lashda namoyon bo‘ladi.
Undan tashqari naqd pullik aylanishga:

  • kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar;

  • maishiy xizmatlar uchun to‘lovlar;

  • sug‘urta tashkilotlariga paylarni to‘lash; - bank kreditini to‘lash;

  • matbuot tashkilotlariga paylarni to‘lash;

  • a ksionerlik jamiyatlari bilan a’zolari o‘rtasidagi to‘lovlar va boshqa to‘lovlar kiradi.

Korxona, tashkilotlarning bankdagi hisob raqamidagi pul mablag‘lari quyidagi yo‘llar bilan naqd pulga aylanadi:

  • ishchi xizmatchilarga ish haqi berish;

  • ko‘rsatilgan xizmatlar, mehnat uchun to‘lovlar;

  • nafakalar to‘lash;

  • har xil mukofotlar;

  • aholidan qishloq xo‘jalik mahsulotlari, tovarlar sotib olishda;

  • davlat zayomlari va lotoreya biletlari buyicha to‘lovlar;

  • aholi banklardan jamg‘armalarini olganda;

  • aholiga sug‘urta to‘lovlarini to‘laganda va xokazo.

Naqd pullar cheklangan miqdorda muomalaga chiqariladi.
Naqd pullarni muomalaga chiqarilishi ustidan bank nazorat olib boradi.
Pulning naqd pulsiz aylanishiga o‘tganidan naqd pullik aylanishga ko‘proq o‘tishi pul muomalasi uchun xatarliroq hisoblanadi. Shuning uchun ham pulning naqd pullik aylanishga o‘tish jarayoni davlatning Markaziy banki tomonidan nazorat qilib borilishi kerak.
Pul aylanishi bo‘limlari o‘rtasida yuzaga keladigan nomutanosiblik iqtisodiy choralar ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan yo‘kotilishi kerak.
Buning uchun muomalaga xalq ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqish va sotish, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va muassasalar sonini va xizmat turlarini yaxshilash naqd pullarning naqd pulsiz aylanishga o‘tish jarayonini tezlashtiradi. Bu o‘z navbatida mazkur mablag‘lar hisobidan ishlab chiqarish jarayonini kengaytirishga imkon beradi.
Ba’zi adabiyotlarda naqd pul aylanishi va pul muomalasi tushunchalari bir xil mohiyatga ega degan xato fikrlarni ham uchratish mumkin. Pul muomalasining uziga xos xususiyati shundaki, bir pul belgisi bir necha marta to‘lovlarni amalga oshirishda ishlatilishi mumkin. Muomalada bo‘lgan naqd pul massasi ma’lum bir davrda (oy, uch oy, yil) da o‘zgarmas bo‘lib turgan holda, naqd pul oboroti pul birligining aylanish tezligiga ko‘ra muomaladagi naqd pul miqdoridan bir necha marta ko‘p bo‘lishi mumkin va aksincha.

  1. Yüklə 182,64 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin