O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami toshkent 2003


Klassiklar metodologiyasidan farqi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə86/110
tarix16.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#183848
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim-fayllar.org

Klassiklar metodologiyasidan farqi. 

J.M.Keynsning «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» asarida


haddan tashqari tejamkorlik va jamg’armaning maqsadga muvofiq emasligi va,
aksincha, vasitalalarning har tomonlama sarflanishi (ishlatilishi)ning foydasi
to’g’risida fikr aytiladi, negaki olimning ta’kidlashicha, birinchi vaziyatda vositalar
samarasiz likvidlik (pul) shaklini oladi, ikkinchisida esa talab va ish bilan bandlikni
oshirishgsha yo’naltirilishi mumkin. U shuningdek J.B.Seyning «Bozor qonuni»ning
dogmatik qoidalari tarafdorlarini keskin va dalillar asosida tanqid qildi.
Bu borada u shunday yozadi: «Sey va Rikardo davridan boshlab iqtisodchi –
klassiklar o’rgatdilar: taklif o’zi talabni keltirib chiqaradi… mahsulotning barcha
qiymati bevosita yoki bilvosita mahsulot sotib olishga sarflangan bo’lishi kerak».
J.M.Keyns klassiklarning bu tezisini tanqid qilib, u faqat natural ayirboshlash
(Milldagi kabi) sharoitida amal qilishi mumkinligini va unda iqtisodiy hayotda pul
hech qanday mustaqil rol o’ynamasligini ko’rsatib berdi. Shuning uchun, uning
ta’kidlashicha, «Sey qonuni… to’la ish bilan bandlikka erishishda hech qanday to’siq
yo’q degan taxmin bilan bir narsadir».


Jamg’arma va investitsiyalarning tenglashuvi mexanizmi. 

Jamg’arma va investitsiyalar to’g’risidagi qarorlar turli guruh kishilari


tomonidan qabul qilinadi, uning ustiga ular har xil, bir-biriga mos bo’lmagan
138 


motivlarga asoslanadi. Investitsiyalarning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni


tadqiqot qilish shu narsani ko’rsattiki, ular eng avvalo ko’riladigan foydaga va ssuda
foizi normasiga bog’liq bo’ladi (kutiladigan daromad qancha yuqori va foiz stavkasi
qancha past bo’lsa, kredit olish va investitsiya hajmini ko’paytirish shuncha foydali).
Bundan tashqari, investitsiyalar o’z tabiatiga ko’ra barqaror bo’lmaydi, negaki
tadbirkorlar bo’lajak kon’yukturani oldindan ko’rib bilishga qodir emas va qaror
qabul qilishda taxminiy axborotlarga qarab mo’ljal qiladilar. Ishlab chikarishning har
bir darajasiga uning o’z iste’mol va jamg’arma darajasi muvofiq keladi. Bundan
tashqari, milliy daromad miqdori qancha ko’p bo’lsa, uning jamg’ariladigan qismi
ham mutlaq ham nisbiy ifodasi jihatdan shuncha ko’p bo’ladi. Lekin barcha mahsulot
realizatsiya qilinishi uchun, jamiyatning jami xarajatlari milliy daromadga teng
bo’lishi kerak, boshqacha aytganda – barcha jamg’arma investitsiyalarga aylanishi
kerak. Demak, to’la ish bilan bandlikni ta’minlovchi yuqori ishlab chiqarish darajasi
juda katta miqdorda kapital qo’yilmasini talab qiladi.
J.M.Keynsning «investitsiyalar o’z jamg’armalarini hosil qiladi», degan
mashhur qoidasiga muvofiq, agar investitsiyalar hajmi jamg’armalar hajmidan ortiq
bo’lsa, u holda yalpi talab taklifdan ortiqdir va milliy daromad o’sish tamoyiliga ega
bo’ladi. Agar investitsiyalar jamg’armalardan kam bo’lsa, u holda yalpi talab
taklifdan kamdir va daromad kamaya boradi. Va nihoyat, agar investitsiyalar
jamg’armalarga teng bo’lsa, yalpi talab taklifga teng va milliy daromad darajasi
o’zgarmay qoladi (Pezenti A.Ocherki politicheskoy ekonomii kapitalizma. V 2-x t.:
Per. s italyanskogo. M.: «Progress», 1976, 628-629 s.).
J.M.Keyns bo’yicha, jamg’arma va investitsiyalar, yangi klassiklar
hisoblaganlaridek, moliya bozorida avtomatik tarzda tenglashmaydi. Shunday
vaziyatlar yuzaga keladiki, jamg’armalar ko’payganda investorlar investitsion
xarajatlarni amalga oshirishni xohlamasliklari mumkin. Bunday sharoitda jamg’arma
va investitsiyalar o’rtasida tenglik o’rnatiladi, lekin ancha past darajada. Moliya
bozorida muvozanat nuqtasi to’la ish bilan bandlikka muvofiq keladigan nuqtaga mos
tushmasligi mumkin. Shunday qilib, S va I tenglashuvi milliy daromadning tebranishi
orqali yuz beradi. J.M.Keyns modelida investitsiyalar daromad darajasiga
moslashmaydi, balki daromad va jamg’armalar darajasi investitsiya hajmiga
moslashadi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin