Qig’sli ustunlik nazariyasi.
D.Rikardo birinchilardan bo’lib ayrim tovarlarni ishlab chiqarishdagina emas,
balki mamlakatlar o’rtasida ham xalqaro mehnat taqsimoti
va ixtisoslashuvning
foydaliligini isbotlab berdi. Xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan holda, u qig’sli
ustunlik nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaning asosiy qoidasi shundan iboratki, har bir
mamlakat o’zining muayyan tovarni ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlari bilan uni
sotib olishga ketadigan xarajatlari o’rtasidagi farqni hisobga olgan holda tashqi
savdodan foyda ko’radi. Muayyan tovarni ishlab chiqarish
bir mamlakat uchun
boshqa mamlakatlarga nisbatan qulayroq bo’lishi mumkin. Shu boisdan, qig’sli
ustunlik nazariyasiga binoan, mamlakatlar xarajatlarni hisobga olgan holda u g’ki bu
mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtsoslashishi kerak.
D.Rikardo shunday misol keltiradi. Portugaliyada muayyan miqdordagi vinoni
tayg’rlash uchun 80 kishilik mehnat, gazlama ishlab chiqarish uchun esa 90 kishilik
mehnat talab qilinadi (bir yilga). Angliyada shu miqdordagi
vinoni ishlab chiqarish
uchun 120 kishilik mehnat, gazlamani ishlab chiqarish uchun 100 kishilik mehnat
sarflash zarur. Bu sharoitda Portugaliyaga vinoni gazlamaga ayirboshlash foydali,
garchi olib kelingan gazlama Portugaliyaning o’zida Angliyaga nisbatan kam xarajat
evaziga ishlab chiqarilishi mumkin bo’lsa ham. Gap shundaki,
resurslarni gazlama
ishlab chiqarishdan, Angliyaga nisbatan katta qig’sli ustunlikka ega bo’lgan, vino
tayg’rlash tarmog’iga o’tkazib, Portugaliya vinoni ayirboshlash yo’li bilan 80 kishilik
mehnat sarflari hisobiga, ya’ni 10 kishilik mehnatni tejash evaziga, gazlama olishi
mumkin. Bunday ayirboshlash
Angliya uchun ham foydali, negaki u o’z kuchini
gazlama ishlab chiqarishga sarflab, gazlamani sotish yo’li bilan muayyan miqdordagi
vinoni 120 kishining mehnati hisobiga emas, balki faqat 100 kishilik mehnat evaziga
olishi mumkin (ya’ni 20 kishilik mehnatni tejash hisobiga).
Bu misoldan shu narsa
ko’rinadiki, qig’sli ustunlik mavjud bo’lsa, ixtisoslashuv va ayirboshlash ikkala
mamlakat uchun ham foydalidir. Bundan mamlakatlar o’rtasida mehnat taqsimoti va
ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi zarurligi kelib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: