O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Хarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

 
8.4. Хarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya 
qilish tizimini turkumlash 
Mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish 
bo‗yicha 2009—2012 yillarga mo‗ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar


170 
dasturi O‗zbekistonni 2009 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor 
yo‗nalishi bo‗lib qoladi. 
 
Inqirozga qarshi choralar dasturining konkret bo‗limlari — belgilangan 
kompleks chora-tadbirlar quyidagi asosiy vazifani hal etishga qaratilgan. 
Qat‘iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot 
tannarxini kamaytirishni rag‗batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatdoshligini 
oshirish. Shu maqsadda 2008 yili xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlarning 
iqtisodiyotimizdagi yetakchi tarmoq va sohalarda mahsulot tannarxini kamida 20 foiz 
tushirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish borasidagi takliflari 
ma‘qullanganini qayd etish lozim.
37
Shuningdek, tannarxni kamaytirish bo‗yicha belgilangan parametrlarga erishish 
uchun rahbar va mas‘ul xodimlarni rag‗batlantirishning ta‘sirchan mexanizmini 
ishlab chiqish ko‗zda tutilmoqda. Shu bilan birga, Inqirozga qarshi choralar dasturida 
2009 yilda barcha turdagi energiya manbalari va kommunal xizmatlarning asosiy 
turlari bo‗yicha narxlarning ko‗tarilishini cheklash, ya‘ni ularni 6—8 foizdan 
oshirmaslik mexanizmi ishlab chiqilgan. Ayni vaqtda bu sohalarning ishlab chiqarish 
rentabelligini so‗zsiz ta‘minlashi kerak. 
Хo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatida sodir bo‘lgan xarajatlarni 
guruhlashtirish u yoki bu boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yo‘naltirilgan. Lekin 
xo‘jalik faoliyatida ro‘yobga chiqadigan holatlar ishlab chiqarilgan namunaviy 
tizimlarga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z 
menedjerlarining talabidan kelib chiqqan holda va ularning talabini qondirish uchun 
ayrim olingan hisob tizimining loyihasini ishlab chiqadilar. Shu bilan bir qatorda 
ushbu hisob tizimlarining xilma-xilligidan qat‘iy nazar subyektlar faoliyatining 
nazariyasi va amaliyoti tomonidan xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning 
tannarxini kalkulatsiya qilishni tashkil qilishning umumiy tartibi ishlab chiqilgan. 
Хo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish faoliyatida xarajatlarning 
boshqaruv hisobi tizimini tashkil qiladigan va o‘zaro bog‘langan uchta element 
mavjud: ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish; tayyor 
mahsulotlarning hisobini yuritish va ushbu tayyor mahsulotlarning tannarxini 
kalkulatsiya qilish. 
Ushbu o‘zaro bog‘langan tizim elementlarining talabidan kelib chiqqan holda 
ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish tizimi ushbu xarajatlarning 
turlari, tarkibi, mazmuni, yo‘nalishi, sodir bo‘lgan joylari va mas‘uliyat markazlari, 
mahsulot yoki ishlarning turlari va ularning bir xil guruhlari, buyumlarning qismi va 
yarimfabrikatlar bo‘yicha guruhlashtirishda qo‘llaniladigan usullarning o‘zaro 
aloqalarini aks ettirishi lozim va amal qilinayotgan me‘yorlar bilan rejalashtirilgan 
samaradorlikni taqqoslash natijasida ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishni 
nazorat qilish usullaridir.
Ularning tarmoqlar bo‘yicha xususiyatidan qat‘iy nazar har bir xo‘jalik 
yurituvchi subyektda xarajatlarni hisobga olish tizimi xo‘jalik faoliyatining 
natijalarini ishonchli va xolisona aniqlash va ishlab chiqarish faoliyatining borishi 
37
И.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари 
ва чоралари.-Т.: Ўзбекистон.2009. 


171 
ustidan nazorat o‘rnatish imkoniyatini yaratib beradigan tashkiliy modulni talab 
qiladi. 
Shu bilan bir vaqtda ishlab chiqarishning texnologiya va tashkiliy xususiyatlari, 
ishlab chiqarish jarayonining davom qilish muddati, mahsulotlarning miqdor va sifat 
tasnifi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotning tannarxini 
kalkulatsiya qilishning har xil usullari va uslublarini qo‘llashni talab qiladi. Хo‘jalik 
yurituvchi subyektning amaliyotida qo‘llanilayotgan ushbu tizimlar quyidagi tartibda 
turkumlashtiriladi: 
A. Guruhlashtiriladigan obyektlar 
Buyurtma tizimi 
Jarayon tizimi 
V. Me‘yorlashtirish darajasi 
Haqiqiy sarflarning tizimi
Me‘yoriy sarflarning tizimi 
S. Хarajatlarni qamrashning to‘laligi 
Тo‘liq sarflarning tizimi 
Qisman sarflarning tizimi 
8.1- chizma . Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish tizimining 
turkumlanishi 
Хarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish tizimidan 
foydalanishda o‘zbilarmonchilikka yo‘l qo‘yish mumkin emas. Chunki uni 
qo‘llashning maqsadi boshqarish va xarajatlarni hisobga olish obyektlari bilan 
chambarchas bog‘langan holda yig‘ilgan.
Bizning mamlakatimizda buxgalteriya hisobi va korxonalarning iqtisodiyotiga 
bag‘ishlab chop qilingan adabiyotlarda, 1999-yil 5-fevralda Vazirlar Mahkamasining 
qarori bilan tasdiqlangan "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlarning tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi 
nizom, buxgalteriya hisobining standartlari va xalqaro standartlarga ko‘ra xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan 
xizmatlarning xarajatini hisobga olish va tannarxini kalkulatsiya qilishning uchta 
usuli me‘yoriy, ishlov berish (jarayonlar bo‘yicha) va buyurtma usullari mavjud. 
Ushbu usullarning qaysi birini qo‘llash har bir xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab 
chiqarilgan mahsulotning turlari, texnologiya jarayoni, tarmoqning xususiyati, ishlab 
chiqarishni tashkil qilish usuli va uning turlaridan kelib chiqqan holda o‘zida ishlab 
chiqilgan hisob siyosatida ko‘rsatadi va rahbarning buyrug‘i bilan mastahkamlaydi. 
Shu bilan bir qatorda yuqorida keltirilgan turkumlarning hech biri ayrim olgan holda 
xo‘jalik yurituvchi subyektning ichidagi o‘ziga xos xususiyatlarini to‘liq va har 
tomonlama yoritishga da‘vogar bo‘la olmaydi.
Ushbu yuqorida keltirilgan xarajatlarni hisobga olish va kalkulatsiya qilish 
belgilari xarajatlarni hisobga olish tizimini muvaffaqiyatli tashkil qilishga va bir 
usulni ikkinchisidan ajratishga yordam beradi va osonlashtiradi. 


172 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin