173
tushishiga qarab mazkur davr uchun foyda hisoblash uchun realizatsiya qilingan
mahsulot tannarxiga kiritilishi kerak bo‘lgan xarajatlar aniqlanadi. Shu yerda vaqti
o‘tmagan xarajatlarning miqdori, ya‘ni tugallanmagan va buyurtmachiga
topshirilmagan ishlarning tannarxi aniqlanadi.
Shartnoma bo‘yicha kalkulatsiya tizimi qo‘llanilganda
bu tizim uchun
o‘rnatilgan prinsiplarga rioya qilish tavsiya etiladi, ya‘ni:
shartnoma bajarilishining erta davrlarida foydani hisoblamaslik- bu daromad
va xarajatlarni baholashning past ishonchliligi;
ziyrak bo‘lish- hisobot davrida aniqlangan zararlar shu davrda realizatsiya
qilingan ishlarning tannarxiga kiritilishi kerak. agar zararlar kutiladigan bo‘lsa, unda
ularning summasi realizatsiya qilingan mahsulotning tannarxiga zararlar ehtimoli
aniqlangandan so‘ng kiritiladi. Masalan, ta‘til summalarini to‘lash bilan bog‘liq
ishchilar ta‘tili va qo‘shimchalarni to‘lash uchun zaxira yaratiladi.
35-85% atrofida bajarilgan shartnomaga ketgan anchagina xarajatlarga ziyrak
bo‘lish kerak. Hisobot sanasiga bo‘lgan foyda quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Foyda
=
Ko‘zda
tutilgan
foydaning 2/3
qismi
x
Buyurtmachidan olingan summalar
Тopshirilgan ishlarning qiymati
Ko‘zda
tutilgan
foyda
= Тopshirilgan
ishlarning
qiymati
-
Тopshirilgan
ishlarning
tannarxi
- Ko‘zda
tutilmagan
xarajatlarning zaxirasi
Misol. «Zenit» korxonasi buyurtmalar bo‘yicha chang yutkich va kir yuvish
mashinasi ishlab chiqaradi. Buyurtmachilar tomonidan korxonaga 6ta
chang yutkich
va 8ta kir yuvish mashinasiga buyurtma bеrilgan. Buyurtmalar bajarib bo‘lingan. Bir
dona buyurtmaning haqiqiy tannarxini aniqlash zarur.
Buyurtmalar to‘g‘risida quyidagi ma'lumotlar mavjud:
1) Moddiy xarajatlar amalga oshirildi:
chang yutkich uchun - 288000 so‘m;
kir yuvish mashinasi uchun - 768000 so‘m.
2) Xodimlarga mеhnat haqi to‘landi:
chang yutkich uchun - 153600 so‘m;
kir yuvish mashinasi uchun - 409600 so‘m.
3) Buyurtmalar b‘oyicha umumishlab chiqarish xarajatlari hisoblandi.
chang yutkich uchun - 38400 so‘m;
kir yuvish mashinasi uchun - 102400 so‘m.
Ishlab chiqarish jarayoniga sarflangan jami xarajatlar:
chang yutkich uchun – 288000+153600+38400=480000 so‘m;
kir yuvish mashinasi uchun – 768000+409600+102400=1280000 s‘om.
Ushbu ma'lumotlar b‘oyicha bir dona buyurtmaning tannarxi quyidagicha
bo‘ladi:
chang yutkich uchun - 480000 / 6 = 80000 so‘m;
kir yuvish mashinasi uchun – 1280000 / 8 = 160000 so‘m.
Shunday qilib, tannarxni buyurtma bo‘yicha hisoblash va kalkulatsiya qilish
tizimi quyidagicha tavsiflanadi:
174
- sarflar haqidagi ma‘lumotlar mahsulotning turlariga yoki tayyor mahsulotning
alohida seriyalariga o‘tkazish bilan;
- xarajatlar hajmining oraliq vaqtda emas har bir tugallangan guruh (partiya)
bo‘yicha o‘zgarishi bilan;
- bosh kitobda debet qoldig‘ida tugallanmagan ishlab chiqarishning hajmi
ko‘rsatiladigan "Asosiy ishlab chiqarish" schyotini yuritish bilan.
Dostları ilə paylaş: