O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

№ 
Ko‘rsatkichlar
Summa, 
ming so‘m 
1. 
Realizatsiya qilingan mahsulotning hajmi 
5700 
2. 
O‘zgaruvchan xarajatlar 
3300 
3. 
Marjinal foyda (1qator-2qator)
2400 
4. 
Doimiy sarflar 
1370 
5. 
Sof foyda (yoki zarar) (3qator-4qator) 
1030 
Keltirilgan hisobda ikki pog‘ona mavjud: yuqori- marjinal daromad; pastki- 
hisobda bosqichlar bo‘yicha jarayonda to‘ldiriladigan sof foyda. Agar o‘zgaruvchan 
xarajatlarni ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga bo‘lsak mazkur hisobot uch 
bosqichda tuziladi. Birinchi bosqichda marjinal foyda mahsulot realizatsiyasidan 
tushgan pul bilan o‘zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi farq sifatida 


184 
hisoblanadi. Uchinchi bosqichda jamlama marjinal foyda bilan doimiy xarajatlar 
summasini taqqoslash yo‘li bilan sof foyda (yoki sof zarar) hisoblanadi. Keyin 
hisobotning pog‘onaliligini doimiy xarajatlarni shartli-doimiy va shartli-
o‘zgaruvchanlarga bo‘lish bilan ko‘paytirsa bo‘ladi. Ayrim hollarda pog‘onalar 
xarajatlar va foydalarni guruhlashning boshqa belgilarini ko‘zda tutishi mumkin. 
Masalan, aniq buyumlar yoki buyumlar guruhiga to‘g‘ri munosabatga ega bo‘lgan 
doimiy xarajatlarning guruhlanishi; doimiy xarajatlarning hududlar, sotuv 
segmentlari yoki taqsimlash kanallari bo‘yicha bo‘linmalarini nazarda tutadi.
O‘zgaruvchan xarajatlar bo‘yicha tannarxni kalkulatsiya qilish doimiy xarajatlar, 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir turiga foyda olish uchun qo‘yilmalar, 
mahsulot chiqarishning assortimentiga rioya qilish ustidan nazorat o‘rnatishni 
ta‘minlaydi. Bunday kalkulatsiyalar mas‘uliyat markazlari tomonidan nazorat 
qilinmaydigan xarajatlarni, daromadli va daromadsiz muomalalar o‘rtasidagi farqni, 
me‘yorlarga nisbatan xarajatlarning hulqini aniqlaydi. Nazoratning asosiy prinsipi 
bog‘liqlik bo‘ladi: material - jonli mehnat - ustama sarflar. 
Bunday maqsadlarda xarajatlarning nazorat koeffitsiyentini hisoblashning oddiy 
ko‘rinishidan foydalaniladi: 
Тo‘g‘ri yoki o‘zgaruvchan (olib borilgan-olib borilmagan) ustama sarflari 
Asosiy materiallar Jonli mehnat sarflari (birlamchi xarajatlar) 
Mahsulot tannarxini o‘zgaruvchan xarajatlar bo‘yicha kalkulatsiya qilishning 
boshqa muhim momenti bo‘lib kalkulatsiyani hajm va daromadning muqobil 
nisbatini hisoblash uchun ma‘lumotni shakllantiruvchi ishlab chiqarishning 
zararsizlik tahlili bilan aloqasi hisoblanadi. 
O‘zgaruvchan xarajatlar bo‘yicha kalkulatsiya qilish prinsipi tanlovining 
ustunliklariga uning buyumlarga narx o‘rnatishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sirini, 
biznesning turli segmentlarining ishlab chiqaruvchanligini rag‘batlantirishni kiritish 
lozim. 
Direkt-kosting tizimi boshqaruv tizimining takomillashuviga muvofiq 
rivojlanadi. Rejalashtirish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishning qayishqoqligi 
direkt-kosting tizimiga budjetalr (smetalar) va topshiriqlarni, ulardan foydalanish 
tahlilini kiritishni talab qildi. Zamonaviy direkt-kosting tizimining xususiyati bo‘lib 
standartlarni nafaqat o‘zgaruvchan xarajatlar bo‘yicha, balki doimiy xarajatlar 
bo‘yicha ham, qisman doimiy ustama sarflarning o‘zgaruvchan qismi bo‘yicha 
ishlatish hisoblanadi. Standart direkt-kosting- bu subyektning yakuniy maqsadi- sof 
foyda olishga erishish vositasidir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin