O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarishni axborot bilan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

 
9.2. Ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarishni axborot bilan 
ta‘minlash 
Qanday subyektning olib borayotgan siyosati tadbirkorlik rejalarining 
to‘g‘riligini o‘z vaqtida aniqlash uchun o‘z faoliyatining natijalarini doimiy kuzatish 
va nazorat qilib turishini taqozo qiladi. 


189 
Boshqaruvning asosiy muammolaridan biri yangi subyekt qurilishida, faoliyatini 
kengaytirish va rekonstruksiya qilish, zaxiralarni ko‘paytirish, ishlab chiqarish 
texnologiyasini yangilash, yangi mahsulot ishlab chiqarish, jihozlarni almashtirish, 
investitsiyani jalb qilish va investitsiyadan daromad olishdir. Ayniqsa, investitsiya 
qarori tavakkal hisoblanadi, chunki ishlab chiqarish jarayonida kelgusi davrda 
daromad olish uchun joriy davrdagi resurslarning hisobidan zarur ulushini jalb qiladi. 
Ushbu yechim uzoq muddatli va xuddi shunday tartibda qisqa muddatga aloqador 
bo‘lishi mumkin. 
Qisqa muddatli yechim mahsulot assortimentini boshqarish natijasida birlik 
mahsulotning umumiy foyda jamg‘armasiga, buyurtma hajmiga, talab va sotish 
hajmiga, tannarx va narxga, hamda isrofsiz ishlab chiqarish va sotish, ishlab chiqarish 
va sotib olish va hokazo savollarga tegishlidir. Ular qo‘yilgan kapitalning hajmiga 
ta‘lluqli emas. Qisqa muddatli investitsiya natijasida ushbu mablag‘ qisqa davrda
ya‘ni bir yilgacha pul mablag‘lariga aylanadi. 
Uzoq muddatli investitsiyani amalga oshirish va undan daromad olish orasida 
uzoq davrga mo‘ljallangan kapital qo‘yilmalar haqidagi qarorlar investitsiyaga, 
asosiy fondlarga, ilmiy tekshirishga va tajribaviy konstruktorlik ishlab chiqarishga, 
reklama va omborxona inshootlariga tegishlidir. 
Katta tavakkalchilik oqibatida investitsiyalash bo‘yicha subyekt faoliyatining 
tahlili yechimlariga, vaqt omilini e‘tiborga oluvchi alternativ tanlash yechimiga 
tayanishi kerak. 
Boshqaruv yechimi variantlari qo‘yilgan va rejalashtirilgan daromadning 
hajmiga vaqt ta‘sirini hisobga oladi. Variantlar natijasini taqqoslash banklardagi 
ssuda berishdagi o‘xshashlik uslubida amalga oshiriladi. Axborot ta‘minot tahlili 
boshqaruv yechimini qabul qilish uchun differensiyalangan boshqaruv hisobining 
kirimi va chiqimi tizimini yaratadi. 
Differensiyalangan sarflar deb qaysiki aniqlangan sharoitda boshqa sharoitlarda 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan chiqimlarning kattaligidan a‘lo bo‘lishi mumkin. Ular har 
doim har qanday aniq holatga ta‘lluqlidir. 
Differensiyalangan daromad deb, shunday kirimga aytiladiki, bunda aniqlangan 
sharoitlardagi hajmlar, bo‘lishi mumkin bo‘lgan hajmdan ajralib turadi. 
Alternativ tanlov muammolarning yechimida kapital qo‘yilmadan olingan 
foydani hisoblab aks ettirishdir. Binobarin, qo‘yilmadan olingan foyda qancha ko‘p 
bo‘lsa shuncha yuqori istiqbolli variant hisoblanadi. Bu yerda subyektning maqsadi 
agarda u boshqa maqsadlar bilan muqobillashgan bo‘lsa kapital qo‘yilmadan olingan 
foydani maksimallashtirish hisoblanadi. Investitsiyalash muammosining tahlili besh 
bosqichda olib boriladi: muomalalarni aniqlash; muqobil (alternativ) yechimni 
tanlash; tanlangan yechimning natijasini aniqlash va baholash; miqdordan o‘lchab 
bo‘lmaydigan o‘sha natijani saralash, ularni bir-biriga va boshqa natijalarga nisbatan 
baholash; qarorlarni qabul qilish. 
Boshqaruv hisobi asosan miqdoran o‘lchanadigan ma‘lumotni tayyorlaydi. 
Differensiyalangan sarflar xarajatlarning hisob tizimida doimiy asosda aks 
ettirilmaydi. Ularning tarkibi har qanday aniq muammolarni tahlil qilish uchun 
tanlanadi. Differensiyalangan sarflar turli xil sharoitlarda farqlanadigan tannarxning 


190 
tegishli moddalarini o‘z ichiga oladi. Ularning tarkibi kapital qo‘ylmalar bo‘yicha 
asosan o‘zlashtirilgan sarflarni ayrim olgan holda chiqishga xizmat qiladi. 
Differensiyalangan sarflar har doim kelajakdagi sarflarga olib boriladi va 
aniqlangan modulning ishlatilishida ushbu sarflarning qanday bo‘lishini ko‘rsatadi. 
Ko‘pchilik hajmda ushbu sarflar ehtimoli bo‘lgan sarflarga kiradi.
Differensiyalangan sarflar va daromadlarning aniqlangan shakllarida ularni 
solishtirish uchun har xil variantlari mavjud emas. Binobarin, umumiy holda ikki 
turdagi miqdorlar chiqim bilan daromadni taqqoslashga imkon yaratadi. 
Birinchidan, qachonki boshda taqdim etilgan loyihani amalga oshirish uchun u 
yoki bu variantga mo‘ljallangan mablag‘ bo‘lishi zarur. Pul mablag‘larini qo‘yish har 
xil muddatlarda amalga oshiriladi, lekin analitik hisoblarda bu muddat vaqtning 
nolinchi daqiqasiga olib kelinadi. 
Ikkinchidan, 
har 
xil 
variantlarda 
bir 
necha 
yil 
davomida 
ushbu 
investitsiyalarning natijasi sifatida pul oqimining kelib tushishi kutiladi. 
Pul mablag‘larining bu ikki miqdori- investitsiya va kirim bir va o‘sha vaqtning 
o‘zida hisoblangan tartibga keltirilgan va taqqoslangan ekvivalent miqdorlariga olib 
keladi. Odatda, kelgusidagi daromadlarning oqimi kapital qo‘yilmalarni vaqtning 
nolinchi daqiqasiga olib keladi. 
Odatda, investitsiyaning smetasi axborotlarning manbai bo‘lib xizmat qiladi. 
Ular investitsiyalanadigan loyihalarning ro‘yhatini qabul qilingan qarorlar bo‘yicha 
taqdim qiladi. Investitsiyalash o‘lchami va yo‘nalishi, toza joriy qiymati, kelitirlgan 
sof samarasi, rentabelligi, o‘zini qoplash muddati, investitsiyaning sifati, kapitalning 
qiymati, hisob stavkalari, diskontlangan qiymati va hokazolarga tegishli axborotlarni 
analitik va rejali xususiyatga ega bo‘lgan ko‘pdan ko‘p hisoblar beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin