O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

 
Хulosa 
Boshqaruv hisobining nazariy asoslari o‘z tarkibida boshqaruv hisobining 
mazmuni haqida, uning predmeti va boshqaruv hisobi tomonidan amalga 
oshirilayotgan obyektlar, fazifalarni aks ettiruvchi vositalar haqida, prinsiplar va 
tashkillashtirishning tizimlari haqidagi tushunchani birlashtirishdir.
 
Nazorat va muhokama uchun savollar 


185 
1.
Boshqaruv hisobi qayerda va qachon mustaqil fan sifatida shakllangan? 
2.
Boshqaruv hisobini yuritishdan asosiy maqsad nima? 
3.
Boshqaruv hisobi va moliyaviy hisobning umumiyligi hamda bir-biridan 
farqini ayting? 
4.
Boshqaruv hisobining konseptual asoslarining yoriting? 
5.
Boshqaruv hisobini tartibga soluvchi me‘yoriy hujjatlarni ayting? 
6.
Boshqaruv hisobining predmetining tasniflang? 
7.
Boshqaruv hisobining uslubi va uning elementlarini ayting? 
8.
Boshqaruv hisobining obyektlari nimadan iborat? 
9.
Boshqaruv hisobining tarkibiy tuzilishini yoritib bering? 
10.
Boshqaruv hisobi qaysi hisob tizimiga kiradi? 
 
Тavsiya etilayotgan adabiyotlar 
1.
И.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида 
уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари.-Т.: Ўзбекистон.2009. 
2.Бобожонов О, Жуманиѐзов К. Бошқарув ҳисоби.-Т.Адабиѐт жамғармаси. 2005 
3.Карпова Т.П. Управленческий учет. -М. ЮНИТИ. 2002. 
4.Вахрушина М.А. «Бухгалтерский управленческий учѐт». Учебник. -М.: 
«Финcтатинформ». 2000 г 
Internet saytlari 
http:// www. gaap. ru 
http:// www. glavbukh. ru 


186 
9-BOB. BUDJETLASHTIRISH VA XARAJATLARNI NAZORAT QILISH 
9.1. Boshqaruv hisobining tizimini rejalashtirish 
Хo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quvvati va ishlab chiqarishning 
haqiqiy hajmi boshqaruv hisobi tizimini qo‘llashni belgilaydi. Boshqaruv hisobining 
tizimi ma‘lumotning hajmi, uning oldiga qo‘yilgan maqsadlari, kriteriyalar va 
maqsadga erishish vositalari, elementlarning tarkibi va ularning o‘zaro harakati bilan 
tavsiflanadi. 
Boshqaruv 
hisobi 
tizimlarining 
turkumlanishi 
quyidagi 
9.1-chizmada 
ko‘rsatilgan. 
 
9.1-chizma. Boshqaruv hisobi tizimining turkumlanishi 
Faoliyat turlarini, subyektning tashkiliy tizimini, mahsulotni ma‘lumot bilan 
qamrab olish kengligi bo‘yicha tizimli va muammoli hisob jamlamidan va ularning 
asosli qismlarining maqsadli to‘plami tizimidan tarkib topgan to‘liq tizimlar 
farqlanadi. 
Хarajatlarning tizimli hisobi - buxgalterlarning tarkibi bo‘yicha qayd qilish 
usuli, identifikatsiya va guruhlashtirishi, hisobotda ko‘rsatilishi bo‘yicha 
reglamentatsiya bilan ishlab chiqarishga bo‘lgan xarajatlarning moliyaviy hisobidan 
tashkil topgan. Тizimli hisobning elementlari quyidagilardan tashkil topgan: 
1.
ishlab chiqarish zaxiralarini sotib olish bo‘yicha xarajatlarning o‘lchovi va 
baholanishi; 
Boshqaruv hisobi tizimi 
Tizimli hisob 
Muammoli hisob 
Moliyaviy va boshqaruv hisobning 
o‗zaro aloqadorligi darajasi 
Monistik 
Avtonom 
Tеzkorlik 
Haqiqiy xarajatlarni 
(o‗tgan tarixiy) 
Standart xarajatlarni 
(mе'yorlashtirilgan) 
Tannarxga kiritishning to‗laligi 
To‗liq xarajatlar 
Qisman xarajatlar 
Ma'lumotni qamrash kеngligi 


187 
2.
natural o‘lchovlarda ta‘minot, ishlab chiqarish, sotish jarayonlarini nazorat 
qilish; 
3.
xarajatlarni sarflarning moddalari va eyelementlari bo‘yicha, vujudga kelish 
joylari bo‘yicha, mahsulot, ish va xizmatlarning turlari bo‘yicha guruhlashtirish, 
bunga xarajatlarni tannarxga kiritish tartibi ham kiradi; 
4.
o‘z foydalanuvchilarini muddati, mazmuni va namoyish etish tezligi bo‘yicha 
qondiruvchi ichki va tashqi hisobotlar. 
Muammoli hisob ishlab chiqarishni iqtisodiy, texnologiya, konstruktorlik va 
tashkiliy tayyorgarligi haqida; mahsulotning narxlari va sotishsi haqida; ishlab 
chiqarish zaxiralarini boshqarish va ishlab chiqarish resurslarining sarflarini 
muqobillashtirish haqidagi ma‘lumotni shakllantiradi. 
Muammoli hisob masalalari dasturlash, me‘yorlashtirish, rejalashtirish, 
prognozlash, tizimli iqtisodiy tahlil qilish, nazorat qilish va ishlab chiqarish hisobi va 
statistikaning haqiqiy ma‘lumotlariga asosan tartibga solish uslublari yordamida 
yechiladi. 
"Muammoli hisob" tushunchasining mazmuni bu hisobning ma‘lumotlari 
subyektning bo‘lajak iqtisodiy va ishlab chiqarish muammolarini yechishda 
ishlatilishini ko‘rsatmoqda. 
Muammoli hisob ma‘lumotlari quyidagi hollarda ishlatiladi: 

xarajat va daromadlarni rejalashtirish va bashorat qilishda, smetalarni 
me‘yorlashtirish va tuzishda; 

sarflar tahlilida va normativlardan chetga chiqishda va mahsulot ishlab 
chiqarishni daromadliligining tahlilida; 

ishlab chiqarish va sotish jarayonida xarajatlar va olinadigan daromadlarning 
qiymati kriteriyasi bo‘yicha tizimli bo‘linmalar va subyektning faoliyatini 
baholashda; 

ishlab chiqarish va sotish, kooperatsiyalash, import va eksport, mahsulot 
assortimenti va boshqa sohada yaqin va keyingi perspektivalarga ko‘p variantli 
boshqaruv qarorlarni qabul qilishda; 

xarajatlar va daromadlarning optimizatsiyasini ta‘minlovchi zaxira va 
xarajatlarni boshqarish modulini tuzishda. 
Moliyaviy va boshqaruv hisobi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik darajasi bo‘yicha 
xorijiy mamlakatlarning amaliyotida ikki tizim qo‘llaniladi: monistik va avtonom. 
Monistik- buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘g‘ri va teskari aloqalar asosida 
tizimli va muammoli hisobni qo‘shuvchi integratsion tizimdir. Buxgalteriya hisobi 
schyotlarida ishlab chiqarish xarajatlarini, tayyor mahsulot va uning sotishsini aks 
ettirish yo‘li bilan tuzilgan tizimli hisob subyektning faoliyati, uning moliyaviy 
holatini baholashga imkon beradi. Moliyaviy ma‘lumotlarga ichki hisobot 
ma‘lumotlarini qo‘shib ma‘muriyat ishlab chiqarishni turli bo‘linmada tashkil 
etishning ratsionalligini baholashi mumkin. Тezkor ma‘lumotlar va moddiy-javobgar 
shaxslarning hisobotidan, mavjud standartlardan ijobiy va salbiy bo‘lgan chiqib 
ketishlar aniqlanadi. Shuning bilan xarajatlar va daromadlarni nazorat qiluvchi 
harakatdagi tizimni yaratish savollari tug‘iladi. 


188 
Ishlab chiqarishning hajmi katta bo‘lmagan subyektlar yoki o‘z tarkibi bo‘yicha 
bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi subyektlar hisobning integratsiyalashgan 
tizimini qo‘llaydilar deb o‘ylaymiz. 
Avtonom tizim- tizimli va muammoli hisobning umumlashgan yaratilishi 
moliyaviy va boshqaruv hisoblari o‘rtasidagi aloqa bir nomlanishdagi juftli nazorat 
schyotlari yordamida amalga oshiriladi. 
Хarajatlarning tezkorligi bo‘yicha tizimlar quyidagicha farqlanadi: haqiqiy 
xarajatlarni hisoblash tizimi va standart xarajatlarni hisoblash tizimi. Хarajatlarning 
tezkorligi- samaradorlikni oshirishga qaratilgan tizimni harakatchanligining 
kriteriyalaridan biri hisoblanadi. 
Haqiqiy xarajatlarni hisoblash tizimi sotish qilingan mahsulot va foydani, 
tannarxni hisoblash, haqiqiy tannarxni aniqlash va aniq nomdagi tayyor mahsulot 
birligining sotishsidan olingan daromadni aniqlash uchun ma‘lumotni 
shakllantirishdan iborat. 
Standart xarajatlarni hisobga olish tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
materiallar, asosiy fondlar, mehnatga bo‘lgan xarajatlar, ustama sarflarini, sotib olish 
va ishlatishga ketgan xarajatlarga standartlarni ishlab chiqish; me‘yoriy xarajatlar 
bo‘yicha tannarx kalkulatsiyasini tuzish, me‘yorlar va smetalardan chetga 
chiqishlarni belgilab haqiqiy xarajatlarni hisobga olishlarni mujassamlashtiradi. 
Jahon amaliyotida bunday tizim "standart-kost" deb ataladi. U tannarxning 
shakllanishi jarayonini nazorat qilishning tezkorligiga va uning jarayonini kerak 
bo‘lganda tartibga solishga qaratilgan.
Хarajatlarni tannarxga kiritishning to‘liqligi- amaliyotda qo‘llanilayotgan hisob 
tizimlarini turkumlashning belgilaridan biri hisoblanadi. Тo‘liq xarajatlarning hisobi 
tizimi va qisman xarajatlarning hisobi tizimi mavjud boshqaruv hisobining har xil 
maqsadlariga javob beruvchi ikki tizimdir. 
Тo‘liq xarajatlar hisobi tizimi odatdagi ishlab chiqarishga bo‘lgan xarajatlarni va 
tannarx kalkulatsiyasining hisobi bilan ko‘rsatilgan xarajatlarni guruhlashning 
asosiysi bu ularni to‘g‘ri va bilvositaga bo‘linishidir. 
Qisman xarajatlar tizimi deganda to‘g‘ri tavsifga ega va alohida turdagi 
mahsulotlarning tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlarning alohida elementlarini 
tanlashga bo‘lgan yondashish tushuniladi. Bu tizimda xarajatlar ishlab chiqarish 
hajmiga bog‘liq va shuning uchun ular o‘zgaruvchan deyiladi. Cheklangan xarajatlar 
kalkulatsiyasi faqat kalkulatsiya qilinayotgan mahsulotni ishlab chiqarish bilan 
bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish sarflarini o‘z ichiga oladi. Bilvosita tavsifga ega 
xarajatlarning bir qismi butun mahsulotga aloqador bo‘ladi. Bunday turdagi xarajatlar 
tushgan mablag‘ning umumiy summasidan qoplanadi. Chet el amaliyotida hisobning 
bu varianti "direkt-kosting" deyiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin