O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Direkt-kosting tizimi bo‘yicha sarflangan xarajatlarni hisobga olish va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

8.9. Direkt-kosting tizimi bo‘yicha sarflangan xarajatlarni hisobga olish va 
mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilish 
Kalkulatsiya qilishning milliy tizimining nazariyasi va amaliyoti rivojlanayotgan 
bozor munosabatlari sharoitlarida bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 
qo‘llanilayotgan boshqaruv hisobining tashkiliy tizimlarini o‘rganishga muhtoj. 
Bunday tizimlardan biri to‘g‘ri xarajatlar bo‘yicha mahsulotning tannarxini 
kalkulatsiya qilish tizimi hisoblanadi. 
O‘zgaruvchan xarajatlarni hisobga olish tizimi AQShda Buyuk depressiya 
davrida vujudga keldi va 50-yillarda keng tarqaldi. Buyuk depressiyadan oldin (1928 
y) tayyor mahsulotning qoldiqlari to‘liq xarajatlar bo‘yicha hisoblangan tannarx 
bo‘yicha baholanadigan edi. Depressiya realizatsiya qilinmagan mahsulotning katta 
zaxiralarini yaratishga olib keldi, to‘liq xarajatlar bo‘yicha baholash esa, o‘sha davr 
tahlilchilarining fikricha foydani sun‘iy buzishga olib kelgan. Ishlab chiqarishning 
hajmi va foydaning miqdoridan holi bo‘lgan doimiy xarajatlarning hisobi 
daromadning qiymatiga ma‘lum darajada ta‘sir ko‘rsatgan. Тahlilchilarning fikricha, 
sarflangan xarajatlarning qaytishini va ishlab chiqarishning hajmini xarajatlar va 
foydalar aloqasi orqali hisoblash lozim. Bu aspektda, o‘xshashlikka ega bo‘lgan 
o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘lish foydasiz deyilgan va egrilar bilan o‘xshashlikka 
ega bo‘lgan doimiy xarajatlarga ajratishga ijozat etilgan. Хarajatlarning yangi tizimi 
"direkt-kosting" nomini oldi. 
Тizimning mazmuni- korxona ishlab chiqarish xarajatlarini kalkulatsiya qilish 
uslubini ko‘rib chiqishda 1936-yilda Djonatan Хarris tomonidan kiritilgan "direkt-
kosting reja" mazmuniga asoslanadi. 
Daromadlar va zararlar to‘g‘risidagi oylik hisobotning mazmunida oddiy ishlab 
chiqarish xarajatlari va egri ustama sarflarni chegaralash boshlandi. Ishlab chiqarish 
sarflarini differensiatsiyalash daromadning hajmini, mahsulot realizatsiyasi hajmining 
bog‘langanligini aniqlashga va tannarxni boshqarishga yordam berdi. Shunday qilib, 
bu tizimning mazmuni quyidagiga olib kelindi: to‘g‘ri xarajatlar tayyor 
mahsulotlarning turlari bo‘yicha umumlashtiriladi, egri xarajatlar esa alohida 
schyotda to‘planadi va ular vujudga kelgan davrning umumiy moliyaviy natijalariga 
olib boriladi. Agar har bir buyum bo‘yicha tushgan daromad summasidan bu buyum 
bo‘yicha sarflangan o‘zgaruvchan xarajatlar chiqarib tashlansa unda buyum bo‘yicha 
brutto-daromad olamiz. Hamma buyumlar bo‘yicha olingan brutto-daromadni jamlab 
doimiy xarajatlarning umumiy summasini qoplash uchun mo‘ljallangan daromadning 
umumiy qiymatini olish mumkin. 
Direkt-kosting tizimidagi amaliy izlanishlar xarajatlar bo‘linishining shartliligini 
ko‘rsatadi. Bir subyektda qabul qilingan yo‘l qo‘yishlar natijalarni hisoblab 


183 
chiqishda hisoblanishi kerak. Direkt-kosting tizimi bo‘yicha tannarxni kalkulatsiya 
qilish ishlab chiqarishning turli hajmida doimiy sarflarning o‘zgarmas qiymatini 
ko‘zlaydi, shuning uchun boshqaruv hisobida asosiy e‘tibor doimiy sarflarga 
qaratiladi. Subyekt va tizimli bo‘linmalarning rahbarlari bu xarajatlarni 
boshqarishning nazorat funksiyalarini kuchaytiradilar. 
Direkt-kosting tizimi bir necha farqlovchi xususiyatlarga ega: birinchisi- ishlab 
chiqarish xarajatlarining o‘zgaruvchan va doimiyga ajratish; ikkinchisi- mahsulot 
tannarxini cheklangan xarajatlar bo‘yicha kalkulatsiya qilish; uchinchisi- foydalar 
haqidagi hisobotlarni tuzishning ko‘p bosqichligi.
Birinchi bosqichda tayyor mahsulotni ishlab chiqarish hajmining to‘g‘ri 
(o‘zgaruvchan) xarajatlar bilan aloqasi o‘rnatiladi, alohida turdagi mahsulotni ishlab 
chiqarishning rentabelligi aks ettiriladi. Ikkinchi bosqichda bitta schyotda 
umumlashtirilgan egri (doimiy) sarflar bir turdagi mahsulot realizatsiyasidan olingan 
qo‘yilma bilan taqqoslanadi. Natijada butun ishlab chiqarish va realizatsiyaning 
rentabelligini aks ettiradi. Shunday qilib, bu tizim realizatsiyaga qaratilgan. 
Realizatsiyaning hajmi qancha ko‘p bo‘lsa subyekt shuncha ko‘p daromad oladi. 
Тayyor mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish faqat o‘zgaruvchan (to‘g‘ri) 
xarajatlar bo‘yicha baholanadi. Baholashning bunday tizimi subyektlarda 
realizatsiyani ko‘paytirishning yangi imkoniyatlarini izlashga qiziqish uyg‘otadi. 
Subyektlarda direkt-kosting hisobi tizimi har-xil tartibda tashkil etilishi mumkin. 
Bu yerda ikkita avtonom va integratsiya yondashish ishlatiladi. Хarris tizimi 
boshqaruv va moliyaviy hisob integratsiyasiga asoslangan. Boshqaruv va moliyaviy 
hisobning umumiy tizimi bosh kitobda hamma ichki oborotlarni aks ettirishni 
ko‘zlaydi. 
Hisob yuritishning monistik (integratsiyalangan) tizimining murakkabligi, hisob 
muomalalarining katta hajmi bilan farq qiladi, ko‘p hollarda qimmat va oddiy 
emasligi bilan ajralib turadi. Ko‘p hollarda integratsiyalashgan tizim boshqaruv 
hisobi prinsipiga, ya‘ni tijorat sirlarini saqlashga rioya qilmaydi (buzadi). 
Foydalar to‘g‘risidagi hisobotni tuzishni ko‘p jarayonlik asosida marjinal 
foydalar haqidagi hisobot yotadi. Direkt-kosting tizimidagi foyda va sarflar haqidagi 
taxminiy hisoboti quyidagi jadvalda keltirilgan. 
Marjinal daromad usuli bo‘yicha daromadlar va sarflar to‘g‘risidagi hisobot 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin