180
chetga chiqishlarni ajratish bilan haqiqiy xarajatlarning hisobi "standart-kost"
tizimi
nomini oldi.
"Standart"- mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun kerak bo‘lgan moddiy va
mehnat xarajatlarining miqdori yoki mahsulot, xizmat, ish
birligini ishlab chiqarish
uchun oldindan hisoblab chiqilgan moddiy va mehnat xarajatlarini; "kost"- mahsulot
birligini tayyorlash uchun ishlab chiqarish xarajatlarining pul ko‘rinishini aks ettiradi.
Amerika adabiyotida standart-kost tizimiga har-xil tushunchalar beriladi, bu
tushunchaga har-xil mazmun kiritiladi. Lekin hamma hollarda ham bu tizim ishlab
chiqarishning to‘g‘ri xarajatlarini tartibga solishga qaratilgan
nazorat instrumenti
sifatida tavsif qilinadi. Standart-kost tizimining ustunliklari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarish va buyumlarning realizatsiyasi bo‘yicha kutiladigan xarajatlar
haqidagi ma‘lumot bilan ta‘minlash;
mahsulot birligining oldindan hisoblab chiqilgan tannarxi asosida narxni
o‘rnatish;
me‘yorlardan chetga chiqishlar va ularning vujudga kelish sabablarini
ko‘rsatib daromad va sarflar haqidagi hisobotni tuzish.
Kutiladigan xarajatlar firma ichida hisoblab chiqilgan
standartlar asosida
aniqlanadi. Bu standartlar tizim funksiyalanishining asosi bo‘ladi va uning
mazmunini ochadi. Standartlarning butun yig‘imi quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1.
Hisobga olinadigan baholarning darajasiga muvofiq.
Ideal
: materiallar, xizmatlarga bo‘lgan tariflar, mehnatga haq to‘lashga bo‘lgan
stavkalarni va ustama sarflarning smeta stavkalariga bo‘lgan eng ma‘qul narxlarni
ko‘zlaydi.
Dostları ilə paylaş: