Me‘yoriy : iqtisodiy sikl mobaynida o‘rtacha narxlar bo‘yicha hisoblab chiqiladi.
Joriy : ma‘lum hisob davrida kutilayotgan va bu davrda harakatda bo‘lgan
narxlar asosida hisoblashni ko‘zlaydi.
Bazis: yil boshida o‘rnatiladi va yil davomida o‘zgarmay qoladi. Odatda ulardan
narxlar indeksini hisoblash uchun qo‘llaniladi.
2.
Quvvatdan foydalanish darajasiga nisbatan.
Nazariy : ulardan yaxshi yoki ideal foydalanishda subyekt tomonidan erishiladi.
Ular subyektning maqsadi hisoblanadi, quvvatdan to‘liq foydalanish, dam olish
vaqtining me‘yorlangan qiymatiga asoslangan, yaroqsiz, turib qolishlar, buzilishlarga
vaqt sarflashni ko‘zda tutmaydi.
O‘tgan o‘rtacha bajarish : statistik ma‘lumotlar bo‘yicha hisoblanadi va
yaroqsiz, turib qolishlar va buzilishlarga sarflangan vaqtni hisoblaydi, ya‘ni oldingi
davrning hamma kamchiliklarini nazarda tutadi.
Me‘yoriy bajar ish: kelajak davrda me‘yorlarning kutilayotgan o‘rtacha
darajasini ko‘zda tutadi.
3.
Mahsulot chiqarish hajmiga nisbatan. Mahsulotning ishlab chiqarish hajmi
standartlarni ishlab chiqarishga yondashishga birinchi darajada ta‘sir ko‘rsatadi.
Nazariy: subyektning nazariy quvvatiga asoslangan holda oldindan belgilangan.
Ularga yoki erishib bo‘lmaydi, yoki bir martalik tartibda erishiladi.
Amaliy : yaxshi bajarilishda subyekt tomonidan erishiladi, ular o‘z darajasi
bilan yaxshi bajarilishida nazariy standartlarga yaqin, ishlab chiqarishning real
181
erishiladigan darajasiga asoslangan va qochib bo‘lmaydigan yo‘qotishlarga yo‘l
qo‘yadi.
M
e‘yoriy : sikl mobaynida ishlab chiqarishning yuqori va past hajmining
o‘rtacha qiymatidan kelib chiqqan holda mahsulot chiqarishning erishish darajasida
hisoblanadi.