O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

Omillar 
Yangi foyda, 
so‘m 
Foydaning o‘sishi 
So‘m 

A. Sotuv narxining ko‘tarilishi 
90000 
+30000 
+50 
B. 
Mahsulot 
birligiga 
bo‘lgan 
o‘zgaruvchan xarajatlarning pasayishi 
80000 
+20000 
+33 
V. Doimiy xarajatlarning pasayishi 
64000 
+4000 
+7 
G. Ishlab chiqarish hajmining oshishi 
70000 
+10000 
+17 
Mazkur hisoblar omillar bir-biriga bog‘lanmagan holda harakat qiladigan 
sharoitda amalga oshiriladi. Lekin amaliy holat bu omillarning to‘liq bir-biriga 
aloqadorligini va boshqalarning ta‘sir ko‘rsatishini chiqarib tashlamaydi, shuningdek, 
sotib oluvchilarning talablarini, raqiblarga yo‘naltirilgan tezkor narx siyosatini va 
boshqalarni. Undan tashqari, maxsus buyurtmalarga narx o‘rnatishda ozod ishlab 
chiqarish quvvatlarini hisoblashda yoki ularning yetishmasligidan qiyinchiliklar sodir 
bo‘ladi. Bunday holatlarda narxning shakllanishi nafaqat bozor bilan, qo‘shimcha 
sarmoyalar bilan ham bog‘liq bo‘ladi. 
Yangi mahsulotni ishlab chiqarish konsepsiyasini ishlab chiqish olib 
boriladigan siyosat, reja va ish tajribasini aniq tahlil qilishni talab qiladi. Bunda- 
nihoyatda yangi mahsulot yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotning modifikatsiyasi 
muhimdir.
Yangi deb, yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan va mavjud bo‘lgan assortimentga 
qo‘shiladigan mahsulotga aytiladi. Buyumlar absolut yangi bo‘lishi mumkin yoki 
mahsulotni o‘zi o‘zgartirilmasdan yangi uskunalar va mexanizmlarning 
kombinatsiyasidan tashkil topishi mumkin. 
Absolut yangi mahsulotni ishlab chiqarish qo‘shimcha sarmoyalarni talab etadi. 
Shuning uchun yangi mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish 
investitsiyalar bo‘yicha qaror qabul qilish jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi, 
subyekt boshqaruvining yuqori darajasida amalga oshiriladi. 
Sarmoyalarni boshqarishning maqsadi- quyidagi sohalarda asosiy strategik 
yo‘nalishlarni aniqlash: yangi mahsulotni ishlab chiqish va tatbiq etish; ishlab 
chiqariladigan mahsulotni modernizatsiya qilish va takomillashtirish; odatdagi 
mahsulotni ishlab chiqarishni keyinchalik rivojlantirish; eskirgan mahsulotni ishlab 
chiqarishdan olib tashlash hisoblanadi. Ammo yangi turdagi mahsulotni ishlab 
chiqarish boshqa hamma yo‘nalishlarni aniqlovchi subyektning strategiyasida 


202 
prioritet yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Innovatsion menejmentini tuzish quyidagi 
formulani taklif etadi: 
"Fan Ishlab chiqarish Mahsulot" 
Yangi mahsulotni ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiya siyosatini qaror qabul 
qilishda kerak bo‘lgan ko‘rinish, hajm va ma‘lumot mazmunini topshiradi. 
Innovatsiya jarayonini 6ta bosqichga bo‘lish mumkin: 
1. 
Bozordagi texnologik yangi o‘zgarishlar, ilmiy-izlanish va tajriba-
konstruktorlik ishlab chiqish bo‘limlaridan (IIТKI), marketing bo‘linmalaridan, sotuv 
bo‘limi appartidan, savdo dallollaridan, xaridorlardan tushadigan ma‘lumotlarni 
yig‘ish va tizimlash; subyektni yangi mahsulotni ishlab chiqarish va tatbiq etish
tavakkalchilik darajasi va miqdorini aniqlashda mavjud imkoniyatlari haqidagi 
maqsadli bozorlar va ularning rivojlanish tendensiyalari haqidagi ma‘lumotni yig‘ish 
va tizimlash. 
Ma‘lumotni yig‘ish va tizimlashning bu bosqichida mahsulotga bo‘lgan talabga 
ta‘luqli omillar aniqlanishi kerak. Qiyinchiligi shundaki, bir xil mahsulotlar talabni 
qondirish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, boshqalari esa talab va bozorni rag‘batlantirish 
uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Izlanish ishining eng boshida bozorni tahlil qilish 
mahsulotning standartlarga to‘g‘ri kelishini, uning xaridorlar uchun ko‘zga 
tashlanishini, katta va kichik guruhlarda sotish hajmlarini o‘rnatishga imkon beradi. 
2. 
Yangi mahsulot g‘oyasiga ta‘lluqli ma‘lumotni tanlash, g‘oyalarning 
imkoniyatlari va amaliy sotishsini aniqlash; yangi va eski mahsulotlarning 
texnologiyasida o‘xshashliklar va farqlarni aniqlash; yangi mahsulot subyektning 
ixtisosligiga to‘g‘ri kelishi; bo‘lajak buyumning patent tozaligini aniqlash. 
3. 
Yangi mahsulotning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish marketing
dasturini ishlab chiqish bilan birga amalga oshiriladi: mahsulotning loyihasini texnik 
ishlab chiqish; mahsulotning texnik-iqtisodiy tavsifini tanlash, uning sifati va 
iste‘mol xususiyatlarini baholash; sotuv talabi va hajmini baholash; yaratish va 
o‘zlashtirishga ketgan sarflarni aniqlash, sarflarining qoplanish muddatlari; ishlab 
chiqarish uchun zarur resurslarning mavjudligi- mashina, uskuna, xomashyo
materiallar, ishchi kuchi va moliya; mahsulotni o‘zlashtirish va u bilan birga bozorga 
chiqish muddatlari; ishlab chiqarishning foydaliligini tahlil qilish va baholash. 
4. 
Yangi mahsulotni ishlab chiqarishni tashkil etish- yangi buyumni ishlab 
chiqarishda band bo‘lgan har bir ishlab chiqarish bo‘linmasi uchun ishlab chiqarish 
hajmini rejalashtirish; namunani yaratish va ekologik jihatdan, xavfsizlik jihatdan 
texnik sinashlarni o‘tkazish va boshqalar; tovarning nomlanishini, uning tovar 
belgisini, bezatish, qadoqlash va markirovka qilishni ishlab chiqish. 
5. 
Cheklangan bozorda mahsulotga bo‘lgan narxga va boshqa tijorat shartlarga 
nisbatan uch oydan kam bo‘lmagan muddatda izlanishlar olib borish; sotish qilishni 
muqobil kanallarini tanlash; reklama vositalari va usullarini tanlash. 
6. 
Sotuv hajmi, mahsulotning rentabelligi, talab va taklifni qondirish darajasi, 
xaridorlar bilan bo‘lgan aloqaning bir maromliligini; ishlab chiqarish quvvatlari, 
resurslari, xodimlarning malakaviy tarkibini; ishlab chiqarish va sotuvga sarflangan 
umumiy summasini, moliyalashtirish manbalari, hisoblash davriga bo‘lgan foyda va 
zarar bo‘yicha ko‘zlanayotgan natijalarni hisoblash asosida yangi mahsulotni ishlab 
chiqarishga kiritish haqida qaror qabul qilish. 


203 
Yangi mahsulot ustidan izlanish olib borish va yaratish bosqichlarida muhim 
masala bo‘lib bu maqsad va sotish hajmiga bo‘lgan sarflarning nisbatini, ishlab 
chiqarish sarflari va yalpi foyda (marjinal daromad)ning nisbatini aniqlash turadi. 
Qaror qabul qilishda muhim xususiyat bo‘lib butun subyekt bo‘yicha sotish 
hajmiga va boshqa buyumlar sotishsining hajmiga yangi mahsulotni tatbiq etish 
ta‘sirini baholash qo‘llaniladi, shuningdek yaratishga, ishlab chiqarishga, sotishga, 
reklamaga ketgan xarajatlarning qoplanish vaqtini baholash qo‘llaniladi. 
Yangi mahsulotni yaratishning samaradorligini baholashning turli usullari 
mavjud: ekspert baholash; foydaning kutilayotgan me‘yori; ehtimolli yondashish; 
kutilayotgan foydaning dinamikasini baholash; baholash kriteriyalarining ko‘p 
o‘lchamligi; tarmoqni jalb qilish qobiliyati, raqiblarning unga ta‘siri va kirishi; 
hozirda ishlab chiqarilayotgan tovarlarni takomillashtirish uchun yangi yaratmalarni 
qo‘llash imkoniyatlari; yangi mahsulot ishlab chiqarish va sotuvini subyektning 
moliyaviy faoliyatiga ta‘siri. 
Mahsulotning muvaffaqqiyatligi ko‘p jihatdan mahsulotga narx o‘rnatish bilan 
kafolatlangan. Mahsulotga bo‘lgan narxni belgilashning asosiy kriteriyasi eski yoki 
shunga o‘xshash mahsulotning narxi xizmat qiladi.
Bozorning talabi va undagi mahsulotlar doim o‘zgarib turganligi sababli yangi 
mahsulotning paydo bo‘lishi boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun ma‘lum bo‘ladi. 
Shundan, reklama kompaniyasini kengaytirish, reklama qilinayotgan mahsulotning 
funksional roli, o‘xshagan parallel mahsulotni ishlab chiqarish, bunday mahsulot 
uchun "o‘zining" bozorini yaratish yoki talab qayishqoqligini hisobga olgan holda 
uncha ko‘rimsiz bo‘lgan mahsulotlarga narxni belgilash. 
Тurli holda yangi mahsulotga narxni o‘rnatish va hisoblash uchun sarflar va 
foyda koeffitsiyentlari, sotish nuqtasi va mahsulotning zararsizlik grafigi ishlatiladi. 
Qator loyihalarning mavjudligida yirik subyektlar birdaniga bir nechasiga sarmoya 
kiritadi, keynchalik esa, qaror qabul qilingandan, mahsulot tekshirilgandan so‘ng 
ularni tanlashni boshlaydi. Ayrim hollarda o‘tmishdagi "omadsiz" mahsulot kelajakda 
"omadli" bo‘lib ketadi. Mahsulot narxining va qiymatining to‘g‘ri kelishini o‘rnatish 
uchun bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisobotlar tuzish tizimi tez va samarali bo‘lishi 
kerak, buxgalteriya hisobotlariga qo‘shimcha qilib buxgalterlar yangi mahsulotning 
hulqini tavsiflovchi alohida jadvallar tuzishlari kerak. 
Mahsulot ishlab chiqarilgandan so‘ng uning sotishsini tekshirish jarayoni 
o‘tkaziladi. Yangi mahsulot sotishsining tezligi va sotish qiymatiga ta‘sir 
ko‘rsatuvchi omillar haqidagi ma‘lumot buxgalteriya hisobotida ro‘yxatga olinadi. 
Undan tashqari, yangi mahsulotning bozordagi hulqini o‘rganishning boshqa usullari 
ham qo‘llaniladi. Bu- pochtali korrespondensiya, savolnoma yoki telefon yordamida 
xususiy shaxslarni savol-javob qilish. Yangi mahsulotni baholashdan tashqari xaridor 
tomonidan mazkur mahsulot sotib olingan sharoitlar o‘rganiladi, bu esa narxni 
aniqlashda, bo‘lajak mahsulotlarni baholashda va reklamada muhim o‘rin tutadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin