O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Mahsulotni ishlab chiqarish hajmi va uning sotish assortimentini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

 
9.4. Mahsulotni ishlab chiqarish hajmi va uning sotish assortimentini 
rejalashtirish 
Ishlab chiqarish hajmi va mahsulot assortimentiga nisbatan boshqaruv qarorlari 
moliyaviy hisobot asosida qabul qilinadi. Shu holda subyektlar turli yo‘llar bilan 
sotiladigan mahsulotlarni keng assortimentda ishlab chiqaradilar; katta va kichik 
hajmda, ulgurji va chakana savdo yordamida, turli geografik hududda joylashgan 
iste‘molchilarga yetkazib berish yo‘li bilan va hokazo. Bunday amaliyot 
mahsulotning turlari va bozorlarning segmentlari bo‘yicha olinadigan daromadlar 
to‘g‘risida alohida hisobotlarni talab qiladi. 
Buxgalter tomonidan subyektning moliyaviy-sotuv faoliyati haqidagi to‘liq 
moliyaviy ma‘lumotni ishlatish subyekt ishining unumdorligini oshirishga qaratilgan 
nazoratning amaldagi tizimini yaratishga imkon beradi. 
Alohida segmentlar bo‘yicha moliyaviy hisobotlarga umumiy summalarni 
kiritish kerak va subyektning umumiy moliyaviy hisobotiga ham ushbu summalar 
umumlashtirilgan holda kiritilishi kerak. Masalan, har bir mahsulot yoki 
mahsulotning assortimentini ishlab chiqarishdan olingan foyda yalpi foydaning bir 
qismi bo‘lishi kerak, ishlab chiqarish hajmi esa o‘zgaruvchan xarajatlarning hajmi 
bilan o‘zaro bog‘liqlikni saqlashi kerak. Bir ishlab chiqarish bo‘linmalarining 
xarajatlari butun subyekt darajasida ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi 
hisoblanadi va ishlab chiqarishning samaradorligini, mahsulot turi, ish vaqtidan to‘liq 
foydalanganlikni hisobga olgan holda nazorat qilinishi lozim. Mahsulotning 
assortimenti bilan alohida ishlab chiqarish bo‘linmlarida ishlab chiqarish 
quvvatlarining to‘ldirilganligi o‘rtasida aloqa mavjud. 
Тadbirkorlik faoliyatining har bir segmentini baholash ishlab chiqarish 
xarajatlarini hisoblovchi buxgalterga muammo tug‘diradi. Uning yechimi ko‘proq 
rentabelli mahsulotni va subyektning yalpi foydasining ishlab chiqarish hajmini va 


196 
assortimentini nazorat qilish tizimini tuzish jarayonida ro‘yobga chiqadi. Bir subyekt 
uchun nazorat tizimining o‘ziga xosligiga qaramay u quyidagi namunaviy 
muolajalarni o‘z ichiga olishi lozim: har bir mahsulotning rentabelligini kuzatish;
har bir mahsulotdan olingan yalpi foydani nazorat qilish; haqiqiy foydaning 
kutilayotganidan chetga chiqishini aniqlash; xarajatlar tizimini hisoblab chiqish, o‘ta 
yashirin xarajatlarni chiqarib tashlash; alohida mahsulotga to‘g‘ri keladigan ustama 
sarflarni hisoblab chiqish; subyektda qo‘llaniladigan talabning elastikligiga va boshqa 
nazorat muolajalariga narx o‘zgarishining ta‘sirini aniqlash. 
Nazorat muolajalaridan foydalanish kutilayotgan foydani ta‘minlash uchun 
ishlab chiqarish hajmining qancha bo‘lishini, foydaning aniq hajmini olish uchun 
sotishda qanday narx qo‘yish kerakligini, subyekt ishining zararsizlik chegarasining, 
xavfsizlik hududining va sotilgan mahsulot tizimining qandayligini aniqlashga imkon 
beradi. 
Mahsulot birligining miqdorini hisoblash zararsizlik nuqtasini hisobga olmasdan 
quyidagi tenglamaga asoslanadi: 
Kutilgan foydani olish uchun 
sotilgan mahsulot birligining 
miqdori 

Doimiy xarajatlar + Kutilgan foyda 
Birlik mahsulotning narxi 
Oldingi misolning ma‘lumotlari bo‘yicha: (40000 + 146000) : 150 = 1240 dona 
ya‘ni, ishlab chiqarishning hajmini 760 donagacha (2000-1240) tushirish kerak. 
Hisobning to‘g‘ri usuli deb yalpi foyda usuliga aytiladi, uning asosida quyidagi 
tenglama yotadi: 
Yalpi foyda (yoki 
marjinal daromad) 

Mahsulotni sotishdan tushgan 
daromad 

O’zgaruvchan sarflar 
Bizning misol uchun yalpi foydaning chizmasini tuzish quyidagi rasmda 
ko‘rsatilgan (9.4-chizmaga qarang). 
Sarflar 
va 
daromad, m.s.
400000 
Ishlab chiqarish hajmining qulay diapazoni(maydoni) 
350000 

300000 
250000 
Zararsizlik nuqtaasi
200000 
Foyda xududi
D
150000 
Zararlar xududi
K
100000 

50000 

200 
400 
600 
800 
1000 
1200 
1400 
1600 
1800 
2000 
2200 
2400 
Mahsulotning birligi, dona
9.4-chizma. Yalpi foydaning chizmasi (marjinal daromad) 
O‘zgaruvchan sarflar chizig‘i (OK) ishlab chiqarish hajmi birligiga 2000 dona 
buyum va 100000 so‘m hisobidan tuziladi. Doimiy xarajatlar (KD) yalpi (AD) va 
o‘zgaruvchan (OK) xarajatlarning o‘rtasidagi farqqa teng. 


197 
Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmining butun maydoni (diapazoni) uchun 
doimiy qiymat hisoblanadi. 40000000 so‘mdagi doimiy xarajatlarning summasi 
o‘zgaruvchan xarajatlarga qo‘shiladi, natijada yalpi xarajatlar chizig‘i o‘zgaruvchan 
xarajatlar chizig‘iga parallel bo‘ladi. Marjinal daromad grafikda sotishdan olingan 
daromad chizig‘i (OS) va o‘zgaruvchan xarajatlar chizig‘i o‘rtasida ko‘rsatilgan. 
Mahsulotlarning qulay maydoni (diapazoni) - mahsulotning 600dan 2000 donagacha 
bo‘lgan birligi darajasida joylashgan. 
Shunga e‘tibor qaratish lozimki, ishlab chiqarishning belgilangan maydoni 
(diapazoni) chegarasida qarorlar qulay bo‘ladi. Bu maydon (diapazon)dan tashqarida 
mahsulot birligiga bo‘lgan sotish narxi va o‘zgaruvchan sarflar boshqacha bo‘ladi. 
Ayrim hollarda tahlil uchun xavfsizlik hududi, shuningdek xavfsizlik chegarasining 
koeffitsiyenti hisoblab chiqiladi: 
Хavfsizlik hududi 

Rejalashtirilayotgan sotish 
hajmi 

Zarasizlik nuqtasidagi sotish 
hajmi 
Хavfsizlik 
chegarasining 
koeffitsiyenti 

Rejalashtirilayotgan sotish 
hajmi 

Zararsizlik nuqtasidagi sotish 
hajmi 
Rejalashtirilayotgan sotish hajmi 

Zararsizlik nuqtasi xavfsizlikning chegarasini ko‘rsatmoqda. U subyektning 
zarar ko‘rishidan oldin sotish hajmi qanchaga qisqartirilishi mumkinligini 
ko‘rsatmoqda. 
Mahsulotning 
rentabelligi 

Mahsulot birligiga ta‘luqli marjinal daromad 
Mahsulot birligining narxi 

100 
Umumiy tahlildan so‘ng har bir mahsulot yoki mahsulotning assortimenti 
tomonidan foydaga qilingan individual qo‘yilmalarning jadvali tuziladi (9.3-jadvalga 
qarang). 
9.3-jadval 
Mahsulotning assortimenti tomonidan foydaga qilingan individual qo‘yilma 
Mahsulot 
Mahsulotning 
rentabelligi, % 
Marjinal daromad, 
so‘m 
Mahsulotning 
assortimenti tizimi, % 

62 
10000000 
20 

60 
20000000 
40 

50 
20000000 
40 
Yalpi marjinal 
daromad 
50000000 
100 
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, V mahsuloti eng kam rentabellidir. Shu mahsulotni 
ishlab chiqarish natijasida umumiy rentabellik tushib ketgan. Jadval ma‘lumotlaridan 
ko‘rinib turibdiki, rentabellik foyda bo‘yicha 14,5dan 16 %gacha o‘sgan bir davrda 
marjinal daromad bo‘yicha hisoblanganda esa 61%dan 55,9 %ga tushib ketdi. 
Umumiy yalpi marjinal daromadning 40 %ni egallagan V mahsuloti ushbu 
mahsulotning ishlab chiqarilishi va marketingi haqida ma‘lumot olingan sari 
kamayadigan ma‘lum boshlang‘ich xarajatlarning mavjudligi aniqlandi. V mahsuloti 
boshqa mahsulotga nisbatan yuqori narxga ega. Bu sharoit mahsulotning 


198 
assortimentini o‘zgartirish uchun rahbarlar tomonidan qaror qabul qilishga olib kelsa 
ajab emas. 
Mahsulotning hajmi va assortimentiga yanada keng qarash maqsadida ko‘p 
pog‘onali segment hisobi ma‘lumotlariga asoslangan segment tahlili usuli qo‘llaniladi 
(9.4-jadvalga qarang). 
9.4-jadval 
Mahsulot hajmi va assortimentining segment tahlili 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin