birinchi chuqur nazariy tushunchani
F.Kene ilgari surdi. Merkantilistlar
kapitalni pul bilan bir narsa deb hisob-lagan bo’lsalar, F.Kene
fikriga
ko’ra, pul unumsiz boylik bo’lib, u hech narsa ishlab chiqarmaydi.
Uning atamasi bo’yicha qishloq xo’jaligi qurollari, qurilishlari, mollari,
hayvonlari va deh-qonchilikda bir necha ishlab chiqarish tsikllarida
foydalanila-digan barcha narsalar
«dastlabki avanslar»
deyiladi (Hozirgi
zamon atamasi bo’yicha – asosiy kapital). Bir ishlab chiqarish tsiklida
ishlatiladigan urug’lik, em-xashak, ishchilarning mehnat haqi va
boshqalarni u
«har yilgi avanslar»
ga kiritdi (Hozirgi zamon atamasi
bo’yicha – aylanma kapital). Ammo F.Kenening
xiz-mati faqat kapitalni
ishlab chiqarishdagi mavqeiga ko’ra asosiy va aylanma kapitallarga
bo’lishdangina iborat emas. Bundan tashqari, u
aylanma kapital bilan
birga asosiy kapital ham harakatda bo’lishini
ishonarli tarzda isbotlab
berdi.
Takror ishlab chiqarish nazariyasi.
Iqtisodiy ta’limotlar-ning
rivojlanishida F.Kenening mashhur «Iqtisodiy jadval» asarining o’rni
beqiyos. Bu asarda
ijtimoiy takror ishlab chiqa-rish jarayoni birinchi
marta makroiqtisodiy darajada tahlil qilindi
. F.Kene jamiyatdagi uchta
ijtimoiy guruhlar-sinflar o’rtasida mahsulot
va pulning ayirboshlanish
jarayonini ko’rsatib berdi. Takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil
qilishda baho-larning o’zgarmasligi asos qilib olinadi. (Bunda almashuv
ekviva-lentlik tamoyili asosida ro’y bermoqda deb faraz qilinadi). Bu
jarayon tashqi bozor ta’sirisiz, ya’ni faqat ichki bozor sharoitida yuz
bermoqda deb qaraladi.
«Jadvaldagi»
takror ishlab chiqarishning boshlang’ich nuqtasi
yaratilgan bir yillik mahsulot hisoblanadi. F.Kene statistik hisob-
kitoblarga asoslangan holda, Frantsiya dehqonchiligidagi yalpi mahsulot
qiymatini 5 mlrd. livrga (livr – o’sha paytdagi Frantsiya pul birligi)
baholadi (oziq-ovqat 4 mlrd. livrni, xom ashyo 1 mlrd. livrni tashkil
etadi). Bu mahsulotdan tashqari fermerlar o’tgan
yilgi hosilni sotishdan
olgan 2 mlrd. livrga ega. Bu pulni ular mulkdorlarga ijara haqi sifatida er
uchun to’lay-dilar. Unumsiz yoki «hosilsiz» sinf 2 mlrd. livrlik sanoat
mahsulotiga ega. Jami ijtimoiy mahsulot, F.Kene hisobi bo’yicha, 7
mlrd. livrni tashkil etadi. Mulkdorlar (er egalari) hosilni yig’ishtirib
olgandan keyin fermerlardan 2 mlrd. livr ijara haqi olganlar.
Bu erda barcha yaratilgan mahsulot realizatsiyasi va aylanish
jarayoni qanday amalga oshadi?
«Iqtisodiy jadval»
ning shart-lariga
ko’ra bu jarayon besh aktdan iborat bo’lib, uning har birida 1 mlrd.
livrga teng mahsulot realizatsiyasi amalaga oshiriladi.
55
1.
Mulkdorlar «unumli sinf» dan 1 mlrd. livrlik oziq-ovqat
mahsulotlarini sotib oladilar. Buning natijasida qishloq xo’jaligi
mahsulotlarining 1/5 qismi realizatsiya qilinadi. Mahsulotning bu qismi
muomala sohasidan iste’mol sohasiga (er egalariga) o’tadi.
2.
Mulkdorlar «unumsiz sinf»dan 1 mlrd. livrlik sanoat
mahsulotlarni sotib oladilar. «Unumsiz sinf» shu bilan o’z mah-
sulotining yarmini realizatsiya qiladi.
3.
«Unumsiz sinf» mulkdorlardan olgan puliga «unumli sinf»dan
iste’mol buyumlarni sotib oladi. Shu bilan qishloq xo’jaligi
mahsulotining yana 1/5 qismi realizatsiya qilinadi.
4.
«Unumli sinf» «unumsiz sinfdan» olgan 1 mlrd.
livrga uning
o’zidan («unumsiz sinf»dan ) shuncha pulga ishlab chiqarish qurollarni
oladi (ular asosiy kapitalning eyilgan, ishdan chiq-qan qismini qayta
tiklashga ishlatiladi). Buning natijasida sanoat mahsulotlarining ikkinchi
yarmi realizatsiya qilinadi.
5.
Aylanish jarayonining beshinchi, yakunlovchi aktida «unum-siz
sinf» «unumli sinf»dan 1 mlrd. livrlik qishloq xo’jaligi xom ashyosini
xarid qiladi.
Oxirida jami ijtimoiy mahsulotning butun aylanish jarayoni
natijasida sinflar o’rtasida 3 mlrd. livrlik qishloq xo’jalik mahsulotlari va
2 mlrd. livrlik sanoat buyumlari reali-zatsiya qilindi. «Unumli sinf»
ixtiyorida qolgan 2 mlrd. livrlik mahsulot barcha sinflar o’rtasidagi
umumiy
aylanishda qatnash-maydi, u faqat o’z sinfi doirasida aylanadi
(jadvalda bunday aylanish berilmagan). Bu mahsulot qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarish jarayonida sarflangan urug’lik va oziq-ovqat mahsulot-
lari o’rnini qoplaydi. «Unumli sinf» tomonidan sotib olingan sanoat
tovarlari asosiy kapitalning eskirgan qismini koplash uchun ishlatiladi.
Naqd pul (2 mlrd.) muomala (aylanish) nati-jasida «unumli sinf» qo’liga
kelib tushadi, ammo keyingi muddat uchun ijara haqi to’lash natijasida
bu pul yana er egalari ixtiyo-riga o’tadi. Shunday qilib, yangi ishlab
chiqarish tsiklini boshlash uchun, ya’ni oldingi hajmdagi ishlab
chiqarishni, oddiy takror ishlab chiqarishni
davom ettirish uchun zarur
shart - sharoitlar yaratiladi.
«Iqtisodiy jadval»da takror ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida
olingan muhim ilmiy xulosa shundaki, unda ayrim oldi-sotdi aktlari
qarab chiqilmaydi, balki juda ko’p bunday yakka muomala aktlari sinflar
o’rtasidagi muomalada mujassamlasha-di. Ana shu sinflar o’rtasidagi
muomala F.Kene tadqiqotining predmeti hisoblanadi. Ayniqsa, uning
muomalani takror ishlab chiqarish jarayonining atigi bir shakli sifatida,
56
pul muomala-sini esa kapitalning faqat aylanish momenti sifatida
ko’rsatib berishga qilgan harakati samarali bo’ldi.
Ammo F.Kenening takror ishlab chiqarish to’g’risidagi ta’li-
motida bir qator kamchiliklar mavjud. «Iqtisodiy jadval»dagi sinflar
tushunchasida
izchillik, ilmiylik etishmaydi. Sanoatchi-larni ishlab
chiqarish vositalaridan mahrum etgan holda (ular o’z mahsulotlarining
hammasini sotib yuboradi), F.Kene ularni ishlab chiqarish jarayonini
qaytadan boshlash imkoniyatidan ham mahrum etadi. Er egalarining
mahsulot realizatsiya qilishda markaziy o’ringa o’tib qolishi noto’g’ri
bo’lgan. Ammo undagi kam-chiliklar mazkur asarning qimmatini
tushirmaydi. Unda iqti-sodiy fikrlar tarixida birinchi marta milliy
iqtisodiyot makro-iqtisodiy darajada tahlil qilindi va undagi g’oyalar
bo’lajak iqtisodiy modellarning kurtagi bo’lib qoldi.
Dostları ilə paylaş: