O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

Ibn Xoldun (1332-1406) 
asirga tushib qoladi. 
Sohibqiron uning olimligini bilgach, u bilan suhbatlashib, izzat-ikrom 
bilan uni qo’yib yuboradi. 
Dehqonlar, 
kasb-hunar 
egalari savdogarlarga o’z ishlarini yuritish 
uchun urug’, asbob, sarmoya berib, sharoit yaratishga e’tibor berilgan. 
Ayniqsa, tashlandiq, qo’riq erlarni ochish, koriz o’tka-zish 
rag’batlantirilgan. Bunday ishlar bilan shug’ullanganlar uch yilgacha 
soliqdan ozod etilgan. 
 
 A.Navoiy 
 
A.Navoiyning iqtisodiy g’oyalari. 
Buyuk mutafakkir Alisher 
Navoiy ijodida iqtisodiy g’oyalar muhim o’rin egallaydi. Unda asosan 
tijorat, savdo muammolari ancha mukammal yoritilgan. Navoiy 
asarlarida savdo faoliyati ma’qullanadi, ammo tovlamachi va 
chayqovchilik qattiq tanqid qilinadi. U mehnatning inson va jamiyatdagi 
o’rniga, do’stlikka yuksak baho bergan. 
Alisher Navoiy (1441-1501)
buyuk shoir va davlat arbobi. U o’z 
davrining siyosiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash, mamlakat-ning 
29


iqtisodiy qudratini barqarorlashtirish uchun kishilarda vatanparvarlik 
his-tuyg’usini uyg’otish zarurligini yaxshi tushun-gan. 
Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan asari 
«Hiloliya»
hisoblanadi. U 
shaxsning tarixdagi o’rniga
katta e’tibor 
berib, mamlakatning iqtisodiy ahvoli mamlakat xukmdorining aql-idroki 
va qobiliyatiga bog’liqligini aytadi. “Agar mamlakat hukmdori fanlarni, 
ayniqsa iqtisodiyot, tarix, falsafa va siyosiy fanlarni mukammal bilsa, 
o’zi boshqarayotgan mamlakat obod va badavlat bo’ladi, agar aksi 
bo’lsa, mamlakat qashshoq va xarob bo’ladi”, – deydi Navoiy. 
Keyinchalik jamiyatning rivojlanishida iqtisodchilarning va davlat 
arbob-larining ahamiyati katta ekanligini ingliz olimi J.M.Keyns ham 
qayd qilib o’tadi. 
Navoiy mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda qishloq xo’jaligi 
ishlab chiqarishiga alohida e’tibor berdi. Uning fik-richa, Markaziy 
Osiyo sharoitida irrigatsiya inshootlarini kengay-tirish – dehqonchilikni 
rivojlantirishga olib keluvchi muhim omillardan hisoblanadi. Shu bois, 
juda ko’p kanal va ariqlar qazildi. Asosiy ishlab chiqarish vositasi 
bo’lgan erni kengay-tirishga, uning unumdorligini oshirishga katta 
e’tibor berildi.
Navoiy boylikni ikki yo’l bilan topish mumkinligini ta’kidlaydi. 
Birinchi yo’l bu – o’z mehnati bilan boylik to’plash, yig’ish va o’ziga 
to’q yashash. Bunday boylikni u qo’llab-quvvatlagan. Navoiy olingan 
boylikni uch qismga bo’lib, ya’ni birinchi qismini ketgan xarajatlarga, 
ikkinchi qismini o’zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini 
esa aholining ijtimoiy manfaat-lariga sarflashni tavsiya etgan. Navoiy 
ko’pgina madrasa, shifo-xona, hammom, ko’prik va boshqalarni o’z 
hisobidan qurdirgan. Boylik topishning ikkinchi yo’li bu – o’g’irlik, 
ta’magirlik va zo’rlik hisobiga boylik orttirishdir. Navoiy bunday boylik 
orttirish nomaqbul usulligini qayd qiladi. 
Navoiy 
o’zining 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin