ko’zga ko’ringan iqtisodiy fikrlar muallifi deb, odatda,
Italiya monaxi
Foma Akvinskiy (Akvinat) (1225-1274)
tan olinadi. U IV asrning
oxiri - V asrning boshida iqtisodiy muammolarga diniy-etnik
yondashuvning nomuqobil dogmatik printsiplarni kiritgan, dastlabki
kanonizm maktabi asoschilaridan
biri hisob-langan
Avgustin
Blajenniyga (Avliyo Avgustin) (353-430)
muxoliflik qildi va uning
g’oyalarini ijodiy davom ettirdi. V-XI asrlar davomida bu printsiplarga
amal qilib kelindi.
Akvinatning iqtisodiy qarashlari bilan tanishib chiqishdan oldin,
dastlabki va keyingi kanonizmning o’ziga xos xususiyatlari-ni ko’rib
chiqamiz.
O’rta asrning dastlabki davrida hukmronlik qilgan dastlab-ki
kanonistlar g’oyasi savdo foydasini va sudxo’rlik foizini qat’iy qoraladi.
Ular noto’g’ri ayirboshlash va birovning mehnatini o’zlashtirish
natijasi
sifatida tavsiflanib, gunoh sanaldi. Faqat
«Odil narx»
o’rnatilgan
sharoitdagina ekviva-lentli va proportsional ayirboshlash bo’lishi
mumkinligi uq-tirildi (“Odil narx” – mehnat va moddiy sarflar bilan
ifodalanadigan narx). Shuningdek,
cherkov qonunlari mual-liflari, antik
dunyo qarashlariga xos bo’lgan jismoniy mehnatga nisbatan nafratli
munosabatlarga, ko’pchilik aholining zarar ko’rishi hisobiga ayrim
shaxslarning boylik orttirish huquqiga qarshi chiqdilar. Yirik savdo,
ssuda
operatsiyalari, gunohli ish sifatida, umuman man etilgan.
Ammo jamiyatning tabaqalashuvi kuchaygan, shaharlarning soni
va iqtisodiy qudrati oshgan, unda
dehqonchilik bilan birga
hunarmandchilik, savdo va sudxo’rlik rivojlana boshlagan, ya’ni tovar-
pul munosabatlari jamiyat va davlat taqdiri uchun muhim ahamiyatga
aylangan O’rta asrning oxirgi davriga kelib,
keyingi kanonistlar
iqtisodiy muammo va ijtimoiy tengsizlik sabab-larini tushuntiruvchi
«dalillar» doirasini ancha kengaytirdilar. Bu erda shu narsa nazarda
tutiladiki, dastlabki kanonistlar asoslangan metodologik baza, eng
avvalo, avtoritarli isbotlash (diniy kitob va cherkov nazariyachilari
asarlaridan dalil (izoh) keltirish vositasi orqali)
va iqtisodiy
kategoriyalarning ahlo-qiy-etnik tavsifi (shu jumladan «odil narx»
to’g’risidagi qoida ham) bo’lgan. Bu printsiplarga keyingi kanonistlar
izohlash, aniq-lash, qo’shimcha qilish yo’li bilan o’rganilayotgan
konkret xo’jalik hodisalarning va iqtisodiy kategoriyalarning avvalgi
tadqiqot ma’nosini o’zgartirish va hatto qarama-qarshi ma’no keltirib
chiqarish imkonini beruvchi yana ikkiyoqlama
baholash printsipini
qo’shdi. Akvinat undan foydalangan holda boylik, qiymat (qim-mat),
32
pul, savdo foydasi, sudxo’rlik foizi singari boshqa iqtisodiy
kategoriyalarni tadqiq qildi. Ularni quyidagi tartib-da ko’rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: