1 – mavzu. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining predmeti,
uslubi va Qadimgi Dunyodagi iqtisodiy ta’limotlar
R E J A :
1. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining predmeti va uslubi.
2. Qadimgi Sharqdagi iqtisodiy fikrlar.
3. Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy qarashlar.
4. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar.
1. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining predmeti va uslubi
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani iqtisodiy fanlar tizimida alohida
o’rin tutadi. U mustaqil fan sifatida iqtisod-chi mutaxassislarni
tayyorlashda, ularning iqtisodiy bilim, mala-kasini oshirishda katta rol
o’ynaydi.
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanining o’rganish pred-meti –
iqtisodiy jarayonlarga bo’lgan iqtisodiy
qarashlar evolyu-tsiyasi,
iqtisodiy g’oya va nazariyalarning shakllanish, rivojlanish qonuniyatlari
va ularning almashinuvining tarixiy jarayoni hi-soblanadi. Iqtisodiy
ta’limotlarning vujudga kelishi va rivoj-lanishi tahlili yozuv ixtiro
qilingan quldorlik davrdan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning barcha
tarixiy
jarayonlarini, barcha tarixiy davrlarni o’z ichiga oladi.
Iqtisodiy
ta’limotlar
bilan jamiyat iqtisodiyoti bevosita bog’liq.
Jamiyatning rivojlanishida uning ahamiyati juda katta. Iqtisodiy
ta’limotlar iqtisodiy jarayonlarni to’g’ri aks etti-rish, ularga faol ta’sir
ko’rsatish orqali ijtimoiy taraqqiyot-ning tezlashishiga ta’sir ko’rsatadi.
Hammaga ma’lumki, ko’pchilik kontseptsiyalar (masalan, yangi klassik
yoki keynschilik) davlatlar-ning iqtisodiy dasturlari asosi hisoblanib
kelindi.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixiy rivojlanish jarayoniga muvofiq tarzda
o’rganiladi.
Shu bilan birga, shu narsani qayd qi-lib o’tish kerakki,
iqtisodiy ta’limotlar tarixi zamonaviylikka yo’naltirilgan. Bu ko’rib
chiqilayotgan muammolarning hozirgi kun-dagi dolzarbligi bilan
ifodalanadi. O’tgan davr iqtisodiy ta’li-motlari tahlili ehtiyojlarni to’la
qondira olmaydi, qolaversa, bunday tahlillar faqat tarixiy jarayonlarni
o’rganish uchun amalga oshirilmaydi. Albatta, bugungi kunning dolzarb
muammo-larini to’la hal etishda o’tgan davr iqtisodchilaridan tayyor
javob
topish qiyin, ammo o’tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari
hozirda va kelajak to’g’risida to’g’ri xulosa chiqarish va yangi
g’oyalarni yaratish uchun imkon beradi. Zero, tarixiy tajriba shu-nisi
3
bilan ham qimmatlidir. Tarixiy o’tmishni bilish hozirgi davr ibtidosini
yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanini o’rgangach, iqtisodchi
mutaxassislar,
eng avvalo, jahon iqtisodiyoti va milliy iqti-sodiyot
rivojlanishining ob’ektiv qonunlarining mohiyatini ochib berish,
muqobil xo’jalik qarorlarini asoslab berish va keyinchalik ularni amalga
oshirishda ijobiy yondashish uchun zarur bo’lgan o’zlarining tadqiqot
mahoratlarini oshiradilar.
Demak,
iqtisodchi
mutaxassislarni tayyorlashda zarur bo’lgan
fanlarning biri sifatida, iqtisodiy ta’limotlar tarixini o’rganish, bir
tomondan, ularda umuminsoniy
va professional madaniyatni
shakllantirish maqsadida zarur bo’lsa, ikkinchi tomon-dan, turli
davrlardagi nazariy maktab, oqim va iqtisodiy yo’na-lish vakillarining
nazariy meroslarini yaqin zamondagi tarixi-mizga xos bo’lgan noto’g’ri
talqin qilishdan holi bo’lishda sotsio-logiya va politologiya bilan birga
yana tarixiy iqtisodiy bilim-larni egallash uchun ham zarur.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi quyidagi bir qator progres-siv
uslublarga
asoslanadi:
¾
har qanday tadqiqotning asosi uslubi sifatidagi dialek-tika,
induktsiya va deduktsiya, analiz va sintez;
¾
o’tmishdagi iqtisodiy qarashlarni o’rganishda abstrakt va
konkretlikni ajratish;
¾
iqtisodiy nazariya va amaliyot o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik-ning
tahlili, iqtisodiy ta’limotlardagi umumiylik, yagona va alohidalikni
aniqlash.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixini o’rganishda umumiylik, yago-na va
alohidalik uslubini tovar tahlili misolida ko’rish mumkin:
umumiylik
– tovar iste’mol qiymat va almashuv qiymatga ega
ekanligi;
yagona
– tovar konkret foydalikka ega ekanligi;
alohidalik
– tovar ne’matlarning maxsus ko’rinishi ekanligi.
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi”
fani boshqa iqtisodiy fan-lar, ayniqsa,
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani bilan bevosita bog’liq. “Iqtisodiyot
nazariyasi”da, asosan, eng muhim iqtisodiy katego-riyalarning so’nggi
davr uchun tahlili beriladi. “Iqtisodiy ta’li-motlar tarixi” fani kishilik
jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida ilgari surilgan iqtisodiy
qarash, g’oya, nazariya va ta’limotlarni, ularning o’ziga xos
xususiyatlarini va umumiy tomonlarini tarixiy nuqtai nazardan tadqiq
etadi.
4